Mahalliy kuzatuvchilar huquq va majburiyatlarini huquqiy asoslan holda tahlil qiling III. Kuzatuvchining huquq va majburiyatlari 13. Kuzatuvchi:
saylov komissiyalarining majlislarida hozir bo‘lish;
nomzodlar ko‘rsatishga bag‘ishlangan yig‘ilishlarda, nomzodlarning saylovchilar bilan uchrashuvlarida ishtirok etish;
saylov uchastkasida hozir bo‘lish, tayyorgarlik ishlarining borishini, yashirin ovoz berish kabinalarining yoki xonalarining joylashtirilishini va saylov qutilarining muhrlanishini, fuqarolarning ro‘yxatga olinishini, saylov byulletenlarining ularga berilishini kuzatish;
saylov kuni ovoz berish jarayonini kuzatish;
muddatidan oldin ovoz berishni o‘tkazish vaqti va joyi haqida xabardor bo‘lish hamda ushbu jarayonni kuzatish;
saylovchining turgan joyida uning ruxsati bilan ovoz berish jarayonini kuzatish;
ovozlar sanab chiqilayotganda va saylov komissiyasining bayonnomasi tuzilayotganda hozir bo‘lish;
saylov natijalari to‘g‘risidagi hujjatlarning tegishli saylov komissiyasi tomonidan tasdiqlangan ko‘chirma nusxalarini so‘rash va olish;
saylov jarayoni va ovoz berishning yashirinligini buzmasdan foto, video, audio yozuvlarni amalga oshirish (qamoqda saqlash va ozodlikdan mahrum etish joylari, harbiy qismlar, davolash muassasalari bundan mustasno);
kuzatuv natijalari to‘g‘risida ommaviy axborot vositalari vakillariga murojaat qilish;
Oldingi tahrirga qarang. tegishincha okrug, tuman, shahar (bundan Toshkent shahar saylov komissiyasi mustasno) saylov komissiyalari tomonidan uchastka saylov komissiyalaridan ovozlarni sanab chiqish natijalari to‘g‘risidagi bayonnomalarni qabul qilib olish hamda okrug bo‘yicha saylov natijalarini aniqlash jarayonida hozir bo‘lish;
(13-bandning o‘n ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining 2021-yil 16-iyundagi 1073-sonli qarori tahririda) Oldingi tahrirga qarang. harbiy qismlarda, qamoqda saqlash va ozodlikdan mahrum etish joylarida tuzilgan saylov uchastkalariga borishi haqida kamida uch kun oldin tegishli uchastka saylov komissiyasini belgilangan tartibda xabardor qilish;
(13-bandning o‘n uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining 2021-yil 16-iyundagi 1073-sonli qarori tahririda) agar saylov uchastkasida saylov qonunchiligi talablari buzilishiga yo‘l qo‘yilgan deb hisoblash uchun asoslar bo‘lsa, o‘z kuzatuvlari to‘g‘risida ushbu uchastka saylov komissiyasi a’zolariga ularning ishiga aralashmagan holda ma’lum qilish, shuningdek yuqori turuvchi saylov komissiyalariga xabar berish;
saylov to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlari haqida, shuningdek saylovga tayyorgarlik ko‘rish va uning o‘tkazilishi bo‘yicha o‘z fikrini bayon qilish huquqiga ega.
Kuzatuvchi qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlardan ham foydalanadi.
14. Kuzatuvchi:
o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga, Saylov kodeksiga, Markaziy saylov komissiyasining qarorlariga amal qilishi;
barcha darajadagi saylov komissiyalariga, davlat hokimiyati va boshqaruv organlari va boshqa tashkilotlarga tashrif buyurganida unga berilgan mandatni hamda o‘z shaxsini tasdiqlovchi hujjatni yonida olib yurishi hamda mansabdor shaxslar talabiga muvofiq ularni ko‘rsatishi;
o‘z xulosalarini shaxsan o‘tkazilgan kuzatuv va haqiqiy materiallar bilan asoslashi shart.
15. Kuzatuvchiga quyidagilar man etiladi:
saylovchi saylov byulleteniga o‘z belgisini qo‘yayotgan paytda ovoz berish kabinasida yoki xonasida bo‘lish;
saylovchilarga ta’sir o‘tkazish, biron bir tashviqot materiali yoki adabiyotini tarqatish;
saylovchilardan ular kimni yoqlab ovoz berganliklarini surishtirish yoki saylovchilarga byulletenga belgi qo‘yishda biron-bir tarzda yordam ko‘rsatish;
uchastka saylov komissiyasining faoliyatiga, shu jumladan saylov qutilari muhrlanayotgan, ochilayotgan, ovozlar sanab chiqilayotganda aralashish;
saylov kuni va ovoz berish boshlanishidan bir kun oldin jamoatchilik fikri so‘rovlari natijalarini, saylov natijalari prognozlarini, o‘tkazilayotgan saylov bilan bog‘liq boshqa tadqiqotlarni e’lon qilish.
Oldingi tahrirga qarang. 16. Kuzatuvchi O‘zbekiston Respublikasining Saylov kodeksi talablariga va ushbu Nizom qoidalariga rioya etmagan taqdirda, tegishincha okrug saylov komissiyasi, tuman, shahar (bundan Toshkent shahar saylov komissiyasi mustasno) saylov komissiyasi uning vakolatlarini muddatidan ilgari tugatishi mumkin.