1-savol: savol muallifi Madina Isayeva



Download 18,82 Kb.
Sana09.03.2022
Hajmi18,82 Kb.
#486720

1-savol: savol muallifi Madina Isayeva.
Ushbu rasmga diqqat bilan qarang. Men bu rasmlarni ishlov berib kerakli yozuvlarini berkitishga harakat qildim. Ushbu rasmda ko'rib turganlaringizni AQShlik bir guruh yosh vatanparvarlar taklifiga binoan 1996-2001 yillarda "ishlab chiqarish" yo'lga qo'yilgan. Qizig'i shundaki ular hech ishga yaramaydi, va uni sotishdan tushgan daromad ilmiy ishlarga sarf qilinadi. Diqqat savol: rasmlarda aynan nima tasvirlangan?‌‌
1-javob: Antarktida dollari. Izoh: Bu pul birligi faqat numizmatiklar va kolleksionerlarga sotish uchun o'ylab topilgan.‌‌
2- savol. Gʻafur Gʻulomning sheʼrlari arman tiliga tarjima qilinadi va shoir Yerevanga boradi. Taqdimot marosimida u hazillashib, "menga bir tarjimon arman qizini bersangiz, men oʻzim bilan olib ketsam", deb Ularni yodga oladi. Savol: Ular deganda Gʻafur Gʻulom kimlarni nazarda tutgan?‌‌
2-javob: Farhod va Shirinni. Izoh: Shirin Armanistonlik boʻladi.‌‌
3- savol. Quyidagi ro‘yhatga etibor bering!
1.Sinxrofazotron.
2.Fenolftalein.
3.Dixlordifeniltrixloretan.
4.Tetragidrokannabinol.
5. " ..... "
Bu qatordagi so‘zlar bir toifaga kirivchi so‘zlar hisoblanib, 5-raqamdagi so‘zni ko‘pchilik anchagina qiynalib aytsa kerak. Shaxsan men bu so‘zni juda kam ishlataman bu oson kechmaydi. Savol bu so‘zni menga yozib bering?‌‌
3-javob:Kechirim so‘rash edi,‌
4- savol. Yaqin-yaqindan boshlab, Hindistonda ushbu X ga avtomatik ishlaydigan kichik musiqali mexanizm о‘rnatilishni boshladi. Bu mexanizmda faqat bitta musiqa, ya’ni an’anaviy dafn marshi yangraydi. Diqqat savol, faqat dafn marshini chaladigan kichik mexanizm nimaga о‘rnatilmoqda?‌‌
‌‌4- javob. zajigalka,‌‌
5- savol. Malayziya, Turkiya, Eron va yana ayrim musulmon davlatlari ma'lum bir moslama bilan jihozlangan avtomobillarni ishlab chiqarishni boshlashni rejalashtirmoqda. Agar bu amalga oshsa haydovchi ushbu qurilmadan kuniga bir necha marta foydalanishi mumkin bo'ladi. Savol: Ushbu qurilma nima boʻlishi mumkin?
‌‌5- javob: Kompas. Izoh: Uning yordami bilan haydovchi namoz paytida Makkaga yo'nalishni aniqlab olishi mumkin.‌‌

6- savol. A. Linkoln shunday deydi:


"Agar menga daraxtni chopish uchun 6 soat vaqt berilsa, birinchi 4 soatini Bu ish uchun sarflar edim". Savol bu ish birikmasi o'rnidagi so'zlarni topgan bo'lsangiz, Linkolnning yuqoridagi so'zlariga mos keluvchi o'zbek xalq maqolini ayting.?‌‌
6-javob: Ish quroling soz bo'lsa, mashaqqating oz bo'lur.
Izoh: "Bu ish" o'rnidagi so'zlar esa quyidagicha:" ... boltamni o'tkirlash..."‌‌

7- savol. O‘lim jazosi turlari ko‘p:


- osib o‘ldirish;
- otib o‘ldirish
- turli ximikatlar orqali o‘ldirish
- uyqusizlikdan o‘ldirish
- turli yemish (go'sht)ni me‘yordan ortiq istemol qildirish orqali va h.k.z.
Yana bir qatl turi esa
"Shayton Shamoli" deb nomlanadi. Savol ushbu qatl qanday amalga oshiriladi?‌‌
7-javob: Bu qatl jarayonida ayblanuvchini zambarak og'ziga bog'lashgan va undan otilgan o'q qurbonning tanasini bo'laklarga bo'lib sochib yuborgan.(zambarakdan otish javobi ham qabul)‌‌
8- savol. Chelyabinsk shahri gerbida tushirilgan hayvon tasviri SSSR davrida traktor bilan almashtirilgan.
Lekin 2000-yilda bu hayvon yana gerbda qaytadan paydo bo'ldi. Aytishlaricha, Chelyabinsk aholisi bu hayvonni juda qadrlasharkan.
Rossiyadan kelgan elchining aytishicha bu hayvon tasviri O'zbekiston va Rossiya xalqlari hamda tadbirkorlari o'rtasidagi aloqalar uzoq davrlarga borib taqalishidan dalolat berarkan. Diqqat, savol: Qanday hayvon ekanligini toping?‌‌
8- javob. tuya,‌‌
9- savol. Gomerning fikrlariga eʼtibor bering: X ni oʻzidan boshqa hech narsa bilan magʻlub etolmaydi. X tufayli odamzodning boshiga koʻp kulfatlar tushgan va tushadi". Shum bola asarida ham Qoravoy X ni tanamdagi eng sarkash aʼzo deya taʼriflagan edi. Savol: X ni nima ekanligini toping?‌‌
9- javob: Oshqozon (qorin).
Izoh: O‘zim sog‘-salomatman. Qo‘lim ixtiyorimda. Oyog‘im ra’ yim bilan yuradi. Ko‘zim ixtiyorimda. Xunuk narsalarga istamasam qaramayman. Og‘zim, jag‘im, tishim jodudek, istagan xashakni qirqib chiqarishga yaraydi. Ammo badanda bir sarkash a’zo bor, u mening ixtiyorimdan tashqari,
o‘zboshimcharoq. Unga mening hukmim o‘tmaydi. Bilmaganlar bilsin va ogoh bo‘lsinki, u a’zo kamdan-kam kishilarga vafo qilgan – qorin. U badan mulkining hokimligini ba’zan qo‘limdan olib qo‘yadi. Boshqa a’zolar ham uning isyonchi talablariga qo‘shila boshlaydi.‌‌

10- savol. Dastlab X boylikni namoyish etish uchun mo'ljallangan edi. Buddizm ta'siri ostida.Uning uchun zarur bo'lgan ba'zi narsalar g'isht ishlab chiqarish ustalari tomonidan ishlab chiqarila boshlandi. Savol: X ni ikki so'z bilan ayting?‌‌


10-javob: choy marosimi.
Izoh: dastlab, choy marosimi faqat badavlat yaponlarga ruxsat berilgan edi-choyning o'zi qimmat bőlgan chunki u Xitoydan import qilingan, choy marosimlarida chinni Idishlar ishlatilgan. Keyinchalik marosim soddalashtirildi va choy oddiy loydan yasalgan Idishlardan foydalanishadi.‌‌
Download 18,82 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish