1-savol Qurʼoni karimning nozil bo’lishi. Javob


-savol: Go’zallik va xunukli estetikasining asosiy kategoriyalari



Download 32,4 Kb.
bet2/3
Sana13.01.2022
Hajmi32,4 Kb.
#355984
1   2   3
Bog'liq
falsafa

2-savol: Go’zallik va xunukli estetikasining asosiy kategoriyalari.

Javob: Estetik mezoniy tushunchalar (kategoriyalar) - estetik bilishning 

muhim omili sifatida. Nafosat -estetikaning keng qamrovli mushtarak 

mezoniy tushunchasi. 

Go‘zallik  mezoniy  tushunchasi.  Go‘zallik  haqidagi  tasavvurning 

o‘zgaruvchanligi,  go‘zallikka  sifatning  ta’siri,  go‘zallik  va  manfaat, 

go‘zallikkning san’atda namoyon bo‘lishi, go‘zallik va xunuklik. 

Ulug‘vorlik  mezoniy  tushunchasi.  Ulug‘vorlikning  favqulodda  salbiy 

hissiyotlarga asoslanishi. Ulug‘vorlikka son va miqyosning ta’siri, tabiatdagi 

ulug‘vorlik,  ulug‘vorlikning  san’atda  namoyon  bo‘lishi,  ulug‘vorlik  va 

tubanlik. 

“G’o’zallik”ning tugal ilmiy ta’rifi haqida biror-bir qat’iy fikr mavjud emas. Biroq, go’zallikning idrok etilishi, tabiatda namoyon bo’lishi, san’atda aks etishi hamda uning jamiyat rivojiga ta’siri haqida bildirilgan fikrlar, ilgari surilgan g’oyalar, yaratilgan ta’limotlar o’zining salmog’i bilan ahamiyatlidir. Inson va uning ruhiy-jismoniy, axloqiy-estetik faoliyati, tabiat va undagi hodisalar, jamiyat va unda ro’y beryotgan ijtimoiy-ma’naviy, siyosiy-iqtisodiy jarayonlar go’zalikka yondoshuvning tarixan tarkib topgan asosiy obyektlaridir.

Shuni alohida ta’kidlash zarurki, go’zallik haqidagi qarashlar va nazariyalar markaziga “Go’zallik nima?” degan savol qo’yiladi-yu, ammo ularning aksariyatida “Nima go’zal?”degan javobini ko’ramiz. Shuning uchun ham odatda, go’zallik ikki omil asosida yuzaga keladi. Bular: inson tafakkuri va mehnatining mahsuli natijasida yaratiladigan go’zallik; inson tafakkuridan tashqarida, insonga bog’liq bo’lmagan holda yuzaga keladigan go’zallik. Birinchisida aql, ruh va hissiyot ustuvor bo’lsa ikkinchisida makon va zamon salmoqli o’rinni egallaydi.

Nafosat falsafasi go’zallikni bilishning mahsuli deb biladi. Chunki, voqelikdagi har qanday narsa-hodisaning go’zalligi uning ishonchlilik, haqqoniylik va realligi bilan belgilanadi. Zero, inson nazari tushgan go’zallikkina qadriyatga aylanadi. Bundan tashqari, inson go’zallik haqidagi dastlabki ma’lumotni 5ta sezgining eng rivojlangan turi bo’lmish ko’rish sezgisi orqali o’zlashtiradi, undan so’ng eshitish, ta’m bilish, hid bilish va tana sezgisi natijasida go’zallik anglanadi hamda his etiladi. Masalan,xarid qilmoqchi bo’lgan kiyimingizni, iste’mol qilmoqchi bo’lgan taomni, turmushingiz uchun zarur bo’lgan jihozni avvalo ko’rasiz, o’rganasiz, tomosha qilasiz, so’ngra sifatiga, qulayligiga ishonch hosil qilganingizdan keyin ehtiyojingiz uchun ishlatasiz… Yarashmagan kiyimni kiyish naqadar kulgili va hunukligini tasavvur qilish qiyin emas. Shunday ekan, go’zallik xususiyatlarining namoyon bo’lishida sezgilarning alohida ahamiyatga ega ekanligini e’tibordan chetda qoldirmaslik zarur. Shuningdek, go’zallik haqidagi qarashlar tahlili shundan dalolat beradiki, mazkur besh sezgi ham go’zallikni to’laqonli aks ettirish uchun yetarli.

Go’zallikning namoyon bo’lishi, shakllanishi va his etishida muayyan unsurlar mezoniy vazifasini o’taydi. Bular- me’yor, maqsadga muvofiqlik, tartiblilik, uyg’unlik, hamohanglik, moslik, yaxlitlik, birlik, muyanosiblik, tenglik va hokazo. Mazkur tushunchalar narsa-hodisalardan bevosita yoki bilvosita ishtirok etib, undagi go’zallikni namoyon ettiradi. Masalan, bahor faslining go’zalligi tabiatning uyg’onishi, ko’klamning yuz ochishi bilan, qish fasli esa oppoq qor bilan o’ziga xos go’zallikni moslik va mutanosiblik unsuri muhim ahamiyat kasb etadi.

Go’zallik sifatlari tug’yoniylik, maftunkorlik, foydalilik, mo’jizaviylik singari tushunchalar orqali izohlanadi. Go’zallikning xususiyatlari esa qulaylik, manfaatdorlik, yoqimlilik, chiroylilik tushunchalari bilan belgilanadi. Unsurlar, sifatlat va xususiyatlar uyg’un bo’lgan narsa-hodisalargina chinakam go’zallikni aks ettirishi mumkin. Zero, chiroyli narsaning sifatli bizning manfaatimiz uchun hamohang bo’lmasa yoki bizning maqsadlarimizga mos kelmasa u har qancha maftunkor bo’lmasin go’zallik sifatida baholanmaydi.

Shu o’rinda go’zallik tushunchasi “chiroyli”, “ko’rkam”,“nafis”, “jozibador”, “maftunkor”, “latofatli” kabi tushunchalarga nisbatan kengqamrovli va ustuvor ekanligini alohida ta’kidlash joiz. Ayniqsa, go’zallik bilan kundalik turmushimizda tez-tez tilga olinadigan “chiroylilik” tushunchasi orasida muayyan tafovutlar mavjud. 




Download 32,4 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish