Yaratti, ko‘r, evran tuchi evrulur,
Aning birla tezginch yema tezginur.
(Falakni yaratdi, ko‘rgin, doim aylanadi,
Uning bilan charx ham charx uradi).
Yoki boshqa bir o‘rinda ulug‘ Tangrini «doim aylanuvchi bu falakni yaratdi» (to‘rutti bu evran tuchi evrulur) deya alqaydi shoir. Buning bilan falakning aylanishi, Yer kurrasining tinimsiz harakatda ekaniga ishora etiladi.
Yusuf Xos Hojib olamning yaralishini burjlarga bog‘laydi, to‘rt unsur birligini ana shularda ko‘radi: 45-javobi O’rta asr ijtimoiy – falsafiy fikr taraqqiyoti mutafakkir Abu Nasr Forobiy nomi bilan bog’liq bo’lib, uning inson kamoloti haqidagi tahimoti ta’lim – tarbiya sohasida katta ahamiyatga ega. Mashhur Yunon faydasufi Arastudan keyin SHarqda o’z bilimi, fikr doirasining kengligi bilan nom chiqargan Forobiyni yirik mutafakkir – “Muallimiy soniy” - “Ikkinchi muallim” deb ataydilar. Abu Nasr Forobiy (to’liq nomi Abu Nasr Muhammad ibn Muhammad ibn Uzaliq ibn Tarxon al-Forobiy) hijriy 260 yil (milodiy 873 yil)da SHosh – Toshkentga yaqin Forob (O’tror) degan joyda harbiy hizmatchi oilasida tug’ilgan. Forobda boshlang’ich ta’limni olgach, SHoshda, Buxoroda, Samarqanda ta’lim olganligi haqida ma’lumotlar bor. Lekin arab xalifaligining yirik madaniy markazi Bag’dodga xalifalikning turli tomonlaridan kelgan olimlar yig’ilganligi, uning yirik ilmiy markazga aylanganligi tuyfayli Forobiy ham ilm olish istagida Bag’dodga jo’naydi. Bag’dodda Forobiy o’rta asr fanini, turli fan sohalarini o’rganadi. Masalan, unga Yunon tilida Abu Bashar Matta (Matta ibn Yunus), tibbiyot va mantiqdan Yuxanna ibn Haylon (Jilon) ta’lim bergan. Umuman, Forobiy Bag’doda matematika, mantiq, tibbiyot, ilmi nujum, musiqa, tabiiyot, huquq, tilshunoslik, poetika bilan shug’ullandi, turli tillarni o’rgandi. Bahzi manbalarda Forobiy 70 dan oshiq tilni bilganligi haqida gapiriladi. Abu nasr Forobiy qomusiy olim hisoblanadi. Tadqiqotchilar uning 160 dan ortiq ilmiy asarlar yaratganligini qayd etadilar. Forobiy tahminan 941 yillardan boshlab Damashqda yashaydi. SHahar chekkasidagi bog’da qorovul bo’lib ishlaydi va faqirona hayot kechirib, ilmiy ish bilan shug’ullanadi. 943-967 yillarda esa Halabda yashaydi. 949-950 yillarida Misrda ham bo’lgan. So’ng yana Damashqga qaytib, shu yerda 950 yilda vafot etgan. Damashqdagi “Bob as – sag’ir” qabristoniga dafn qilingan. Rivoyatlarga ko’ra Abu Nasrning hikmat falsafani o’qishiga bir kishi sabab bo’lgan ekan. O’sha kishi unga Arastuning bir necha kitobini, shu yerda tura tursin, keyin olib ketaman deb qo’yib ketgani sabab bo’lgan, deyishadi. Ittifoqo, kitoblarga ko’zi tushib, ularning Abu Nasrning ko’ngliga mahqul bo’lib qoladi va o’qishga kirishadi natijada yetuk faylusufga aylanadi. Haqiqatdan ham Abu Nasr Forobiy o’rta asr davri ilm – fani taraqqiyotiga katta hissa qo’shgan olim, Forobiy tabiiy, ilmiy va ijtimoiy bilimlarning barcha sohalarida ilmiy ish olib borgan. Forobiy o’zidan keyin juda boy ilmiy meros qoldirgan. Falsafa, musiqa, filologiya va boshqa tabiiy, ilmiy bilimlarning turli sohalarida asarlar yaratgan. Demak, Forobiy inson baxt – saodatga erishuvi uchun ularni baxtli – saodatli qila oladigan jamoa rahbari bo’lishi kerak deydi. U fozil shaharni boshqaradigan Hokim tabiatdan: 1 – sog’ – salomat bo’lib, o’z vazifasini bajarishda hech qanday qiyinchilik sezmaligi; 2 – tabiati nozik, farosatli; 3 – xotirasi mustahkam, 4 – zehni o’tkir, 5 – o’z fikrini tushuntira oladigan notiq, 6 – bilim-ma’rifatga havasli, 7 – taom yeyishda, ichimlikda, ayollarga yaqinlik qilishda ochofat emas, aksincha, o’zini tiya oladiga bo’lishi (qimor yoki boshqa o’yinlardan) zavq, huzur olishdan uzoq bo’lishi, 8 - haq va haqiqatni, odil va haqgo’y odamlarni sevadigan, yolg’onni va yelg’onchilarni yomon ko’radigan, 9 – o’z qadrini biluvchi va oriyatli bo’lishi, 10 – mol dunyo ketidan quvmaydigan, 11 – adolatparvar, 12 – qatiyatli, sabotli, jurhatli, jasur bo’lishi muhimligini qayd etadi. Forobiy bu fazilatlarni har bir yetuk insonda ko’rishni istaydi. 46-javob Farobiy “Fozil shahar aholisning maslagi” risolasida jamiyat (“inson jamoasi”)ning kelib chiqishi haqida bunday yozadi: “Har bir inson tabiatan shunday tuzulganki, u yashar va oily darajadagi yetuklikka erishmoq uchun ko`p narsalarga muhtoj bo`ladi, u bir o`zi bunday narsalarni qo`lga kirita olmaydi, ularga ega bo`lish uchun insonlar jamoasiga ehtiyoj tug`uladi…Bunday jamoa a’zolrining faoliyati bir butun holda, ularning har biriga yashash va yetuklikka erishuv uchun zarur bo`lgan narsaloarni yetkazib beradi. Shuning uchun inson shaxslari ko`paydilar va yerning aholi yashaydigan qismiga o`rnashdilar, natijada, inson jamoasi vujudga keldi”.
Farobiy talqinicha, insoniyat jamiati turli xalqlardan tashkil topgan bo`lib, ular bir-birlaridan tillari, urf-odatlari, mamlakatlari, xususiyatlari bilan farq qiladilar. Farobiy davlatning vazifasi baxt saodatga olib borishdir. Bu esa ilim va yaxshi axloq yordamida qo`lga kiritiladi deb yozadi. Farobiy davlatlarni:
O`z aholisini baxt-saodatga yetkazuvchi fozil davlat (Al-Madina al-fazila)larga.
boshqa xalqlarni bosib olib, ualrni qul sifatida foydalanadigan, o`z boyligini, farovonligi shu tarzda ta’minlaydiga adolatsiz, johil davlatlar (Al-Madina al-johiliya)larga bo`ladi.
Farobiy davlatni:
Yetuk shaxslar (monarxiya).
Yetuk hislatlarga ega bo`lgan bir necha shaxslar (aristokratiya).
Saylangan shaxslar (demokratiya) yordamida boshqarish shakllarini qayd etadi.
Farobiy “Fozil jamiyat va fozil shaxarlar (davlat) shunday bo`ladiki, shu mamlakatning aholisidan bo`lgan har biro dam kasb-hunar bilan shug`ullanadi. Odamlar chin ma’nosi bilan ozod bo`ladilar… Ular orasida turli yaxshi odatlar, zavq-lazzatlar paydo bo`ladi”, deydi. Farobiy bunday fozil jamoani boshqaruvchi podsho, rahbarlarga ham ma’lum talablar qo`yadi. U xal haqida doim g`amxo`rlik qilishi, boshqalar manfaatini o`z manfaatidan qo`ya bilishi zarur. Bunday jamoani idora etuvchi yoki idora etuvchilar guruhi o`zlarida muhim oltin xislatni ifodalashi kerak, ya’ni:
Adolatli bo`lish.
Dono bo`lish – bilimli bo`lish.
Qonunlarga rioya etishi.
Qonunlar yarat olishi.
Kelgusini oldindan ko`ra bilish.
Boshqalarga jamxo`r bo`lishi kerak.
Forobiy tahminan 941 yillardan boshlab Damashqda yashaydi. Shahar chekkasidagi bog`da qorovul bo`lib ishlaydi va faqirona hayot kechirib, ilmiy ish bilan shug`ullanadi. 943-967 yillarda esa Halabda yashaydi. 949-950 yillarida Misrda ham bo`lgan. So`ng yana Damashqga qaytib, shu yerda 950 yilda vafot etgan. Damashqdagi «Bob as – sag`ir» qabristoniga dafn qilingan. Rivoyatlarga ko`ra Abu Nasrning hikmat falsafani o`qishiga bir kishi sabab bo`lgan ekan. O`sha kishi unga Arastuning bir necha kitobini, shu yerda tura tursin, keyin olib ketaman deb qo`yib ketgani sabab bo`lgan, deyishadi. Ittifoqo, kitoblarga ko`zi tushib, ularning Abu Nasrning ko`ngliga ma`qul bo`lib qoladi va o`qishga kirishadi natijada yetuk faylusufga aylanadi. Haqiqatdan ham Abu Nasr Forobiy o`rta asr davri ilm – fani taraqqiyotiga katta hissa qo`shgan olim, Forobiy tabiiy, ilmiy va ijtimoiy bilimlarning barcha sohalarida ilmiy ish olib borgan. Forobiy o`zidan keyin juda boy ilmiy meros qoldirgan. Falsafa, musiqa, filologiya va boshqa tabiiy, ilmiy bilimlarning turli sohalarida asarlar yaratgan. Demak, Forobiy inson baxt – saodatga erishuvi uchun ularni baxtli – saodatli qila oladigan jamoa rahbari bo`lishi kerak deydi. U fozil shaharni boshqaradigan Hokim tabiatdan: 1 – sog` – salomat bo`lib, o`z vazifasini bajarishda hech qanday qiyinchilik sezmaligi; 2 – tabiati nozik, farosatli; 3 – xotirasi mustahkam, 4 – zehni o`tkir, 5 – o`z fikrini tushuntira oladigan notiq, 6 – bilim-ma`rifatga havasli, 7 – taom yeyishda, ichimlikda, ayollarga yaqinlik qilishda ochofat emas, aksincha, o`zini tiya oladiga bo`lishi (qimor yoki boshqa o`yinlardan) zavq, huzur olishdan uzoq bo`lishi, 8 - haq va haqiqatni, odil va haqgo`y odamlarni sevadigan, yolg`onni va yelg`onchilarni yomon ko`radigan, 9 – o`z qadrini biluvchi va oriyatli bo`lishi, 10 – mol dunyo ketidan quvmaydigan, 11 – adolatparvar, 12 – qatiyatli, sabotli, jur`atli, jasur bo`lishi muhimligini qayd etadi. Forobiy bu fazilatlarni har bir yetuk insonda ko`rishni istaydi
47-javobi Muhammad Sodiq Qoshg‘ariy haqida bizgacha juda oz ma‘lumotlar yetib kelgan. Lekin
hozirgi paytda bizga ma‘lum bo‘lgan «Odob as-solihin» asarining o‘ziyoq bizga uni mashhur
pedagog olim sifatida tanitadi.
Muhammad Sodiq Qoshg‘ariy 1740 yilda Qoshg‘arda kambag‘al dehqon oilasida
tug‘ilgan va 1843 yilda u shu yerda vafot etgan biz olimning qay darajada tarbiyashunos
ekanligini uning merosi – qoldirgan asarlaridan bilamiz. Uning «Odob as-solihin» (Yaxshi
kishilar odobi), «Zubdat al-masoyil» (Masalalarning qaymog‘i), «Durr al- muzohir»
(Ko‘makdoshlarning durdonasi) hamda «Tazkin xojagon» (Xojalar tazkirasi) asarlari bizgacha yetib kelgan.
Muhammad Qoshg‘ariyning «Odob as-solihin» (Yaxshi kishilar odobi), «Zubdat al-
masoyil» (Masalalarning qaymog‘i) asarlari turkiy tilda yaratildi. U 5 marta: Toshkentda 1889,
1901 yillarda va Istambulda 1894-1892, 1986 yillarda qayta nashr etilgan.
Unda kundalik turmushimizda har bir yosh egallab olishi zarur bo‘lgan zohiriy (tashqi)
va botiniy (ichki) odob va axloq qoidalari nimalardan iborat bo‘lishi zarurligi va shunda
bularning (tolibu-sodiqlarning) ham o‘sib, barkamol inson darajasiga yetishishi ta‘kidlanadi.
Muhammad Sodiq Qoshg‘ariyning «Odob as-solihin» (Yaxshi kishilar odobi) asari
mualifning o‘zi ta‘kidlaganidek, muqaddima va 7 bobdan hamda har bir bob 4 fasldan iborat.
Muqaddimada asarning maqsadi ifoda etiladi, ya‘ni insonga yaxshi xulq egallashi
zarurligi ta‘kidlanadi va u odob qoidalarini egallab olmasa va yaxshi hulq bilan muaddab
(odobli) va muxazzab (toza) bo‘lmasa, nafaqat o‘ziga, balki butun dunyoga yomonlik tarqatadi,
deydi va shunday masnaviyni keltiradi:
Do'stlaringiz bilan baham: |