1-savol javobi Avesto» tarbiyaviy manba sifatida. «Avesto» asarida inson shaxsining kamolotga erishishiga oid fikrlar ifoda etilgandir



Download 75,77 Kb.
bet3/5
Sana16.12.2022
Hajmi75,77 Kb.
#887921
1   2   3   4   5
Bog'liq
farxod xaydareeee

37-javobi Yangi usul maktablari — musulmon maktablarining taʼlim usuli va dasturlarini isloh qilib, bolalarga ona tilida xatsavod oʻrgatgan va yangilik gʻoyalarini ilgari surgan oʻquv yurtlari. Dastlab Qrimning Boqchasaroy shahrida 1884 yil maʼrifatparvar Ismoilbek Gasprinskiy tomonidan tashkil etilgan va u "usuli savtiya tadrijiya" ("rivojlanuvchi tovush usuli") maktabi boʻlgan. 19-asr oxiri — 20-asr boshlarida Turkistonda tijorat va sanoatning rivojlanishi bu sohalarni boshqara oladigan shaxslarni yetishtirish ehtiyojini tugʻdirdi. Koʻp asrlik maktabxonalar yoshlarga zarur dunyoviy bilim va koʻnikma bermas edi. Shuning uchun yangi usulda taʼlim beradigan maktablar ochila boshladi. 1893 yil Buxoro amiri Abdulahadxon ruxsati va Moʻminxoʻja Vobkendiy va gʻijduvonlik Domla Fozil saʼyharakati bilan dastlabki yangi usul maktabi ochildi. Oʻzbekiston hududida keyingi Yangi usul maktablarim. 1898 yil Qoʻqonda Salohiddin domla va Samarqanddagi paxta zavodi huzurida tatar muallimlari tomonidan ochilgan (oʻzbeklar bu davrda bunday maktablarni "noʻgʻoy maktab" deb atagan). 1900 yildan boshlab Toshkentda jadidchilik harakatining yirik namoyandasi Munavvarqori Abdurashidxonov, Samarqandda Abduqodir Shukuriy (Shakuriy) tashkil qilgan Yangi usul maktablarim. ish boshlagan. Bunday maktablar Andijon va Namanganda, Xiva xonligida ham ochilgan. 1908 yil Buxoroda A. Burhonov tomonidan tashkil etilgan boshqa yangi usul maktabi koʻp oʻtmay yopib qoʻyilgan. Yangi usul maktablarim.da maktabxonadagi yakka oʻqitish usulidan sinfda dars berish usuliga oʻtildi, sinflarda geogr. xaritalari, globus va boshqalar koʻrgazmali qoʻllanmalar paydo boʻldi. Yangi usul maktablarim.da xatsavod bolalarning ona tilida tovush usuli — usuli savtiyaaa oʻrgatilgan. Maktablar asosan 1— 4sinfdan iborat boshlangʻich maktablar boʻlgan. 1913/14 oʻquv yilidan ayrim joylarda 2 bosqichli tizim joriy qilina boshlandi. Bu tizimdagi maktablar namuna maktablari deb atalib, ularning 1bosqichi tahziriy (boshlangʻich) sinflar, 2bosqichi rushdiy (yuqori) sinflar deyilgan. Xususan, M.Abdurashidxonovning namuna maktabi, A. Shukuriyning Samarqanddagi va A. Ibodiyevttt Qoʻqondagi maktabida rushdiy (yuqori) sinflar (5— 6sinf) ham ish boshlagan.
YA.u.m. uchun maxsus binolar qurilmatan. Ular xususiy boʻlib, koʻp hollarda maktab uchun muallimning oʻz uyidan yoki biron boʻsh turar joy binolaridan hamda baʼzi shaxslarning tashqi hovlilaridan foydalanilgan. Chor hukumati amaldorlari bunday maktablar milliy madaniyatning oʻsishiga yordam berishidan choʻchib, podsho hokimiyati uchun xatarli deb hisobladilar. Shuning uchun ularning faoliyatini boʻgʻib qoʻyadigan turli tadbirlar qoʻrildi. Xususan, 1911 yilda mahalliy millat maktablarida (rustuzem maktablaridt tashqari) oʻquvchilar qaysi millatdan boʻlsa, muallimlar ham shu millatdan boʻlishlari lozim degan qaror qabul qilindi. Shu qaror asosida tatar muallimlari ishdan boʻshatilib, bir necha oʻnlab Yangi usul maktablarim. yopib qoʻyildi. Yangi usul maktablarim.ning biron joyda rasmiy tasdiqlangan yagona oʻquv rejasi, dasturi boʻlmagan. Darslar muayyan maktab rahbari va muallimlari tomonidan tuzilgan oʻquv rejasi va darsliklar asositsa olib borilgan. Mas, A. Shukuriy oʻz maktabining 1 va 2 bosqich sinflari uchun oʻquv dasturi va rejasini Behbudiy bilan birgalikda tuzgan. Yangi usul maktablarim.da dunyoviy fanlar bilan bir qatorda diniy darslar ham oʻqitilgan. Alifbe kitobi bilan "Alifboyi Qurʼoniy" ham oʻrgatila boshlangan. Dunyoviy fanlardan fizika, kimyo, geom., arifmetika, geogr., ayrim maktablarda 4sinfdan rus tili ham oʻqitilgan. Rus tilidan imtihonlar Toshkentdagi 2 bosqichli rustuzem maktabida oʻtkazilgan va oʻquvchilar bilimi 5 balli tizim asosida baholangan. Yangi usul maktablarim.da yuqori sinflar uchun fizika, kimyo, geom. kabi oʻquv fanlaridan oʻzbek tilida darslik, oʻquv qoʻllanmalari boʻlmagan. Muallimlar bu fanlar boʻyicha tatar, turk tillarida nashr qilingan qoʻllanmalardan foydalanishga majbur boʻlganlar. Ayrim muallimlar oʻzlari darsliklar yozib, shu asosda taʼlim berganlar. Saidrasul Saidazizov "Us todi avval" (1902), Behbudiy "Risolai asbobi savod" (1904), "Risolai jugʻrofiya umroniy" (1905), Munavvarqori "Adibi avval", "Adibi soniy" (1907), Abdulvohid Burhonov "Rahbari xat" (1908), Avloniy "Birinchi muallim" (1910), "Ikkinchi muallim" (1912), Rustambek Yusufbek oʻgʻli "Taʼlimi avval", A.Ibodiyev "Tahsilul alifbo" darsliklarini yozib nashr etishdi. 38-javobi Xorazmiy, Abu Jaʼfar (Abu Abdulloh) Muhammad ibn Muso al Xorazmiy (783, Xiva – 850, Bagʻdod) – xorazmlik matematik, astronom, geograf, fan tarixidagi ilk qomusiy olimlardan.
Dastlabki maʼlumotni Xiva shahrida olgan va yetuk olim boʻlib shakllangan. Bunda arab istilosidan soʻng muayyan darajada saqlanib qolgan qadimgi Xorazm fani anʼanalari asosiy rol oʻynagan. Xalifa Horun ar Rashidning oʻgʻli va uning Xurosondagi voliysi al Maʼmun huzuriga – Marvga taklif etilgan. 819-yilda Bagʻdodni egallagan al Maʼmun Markaziy Osiyolik olimlardan Xorazmiy, Ahmad al Fargʻoniy, Habash al Hosib Marvaziy, Abul Abbos Javhariy va boshqalarni oʻzi bilan olib ketib, oʻziga xos ilmiy jamoa tashkil etgan. Bu jamoa fan tarixidagi dastlabki rosmana akademiya deb qaraladigan ilmiy muassasa – „Bayt ul Hikmat“ („Donishmandlik uyi“)ning asosini tashkil etgan. Bu akademiyada Xorazmiy yetakchi olim va ilmiy rahbar boʻlgan. U shu davrdan boshlab Bagʻdodda al Maʼmun (813–833), soʻng al Moʻʼtasim (833–842), al Vosiq (842–847) xalifaligi davrlarida yashab ijod etgan.
Xorazmiyning bizgacha oʻntacha asari toʻliq, qisman yoki ayrim parchalar tarzida yetib kelgan. Shu asarlarning oʻziyoq koʻrsatadiki, Xorazmiy insoniyat sivilizatsiyasiga buyuk hissa qoʻshgan olimdir. Amerikalik fan tarixchisi George Sarton Xorazmiyni „Oʻz zamonasining eng buyuk matematigi, agar barcha holatlar eʼtiborga olinsa, barcha zamonlarning eng buyuk matematiklaridan biri“, deb baholagan. Bunday baho Xorazmiyning matematika tarixida tutgan beqiyos oʻrni sabab. Miloddan avvalgi 6-asrdan milodiy 5-asrgacha ravnaq topgan yunon madaniyati 4-asrga kelib inqirozga yuz tutdi. 415-yilda yunon fanining xazinasi boʻlgan Iskandariya kutubxonasi vayron qilinib, minglab kitoblar yoqib yuborildi. Natijada fan taraqqiyotdan toʻxtab, hatto qoʻlga kiritilgan yutuqlar ham unutila boshladi. 4–8-asrlarda olis Xitoy va Hindistondagi ayrim olimlar faoliyatini hisobga olmaganda Konstantinopol (Vizantiya) va Gandishapurda (Eronning hozirgi Huziston viloyatida) jon saqlagan yunon olimlari, ayrim suryoniy, yahudiy va nasroniy ruhoniylari omon qolgan yunoncha kitoblarni saqlash, tarjima qilish, sharxlar bitish bilangina shugʻullangan, diniy ehtiyojlar tufayli ayrim astronomik kuzatuvlargina olib borilgan. 9-asrda Arab xalifaligi kuchayib, uning poytaxti Bagʻdod ulkan iqtisodiy-ijtimoiy markazga aylandi va bu yerga ilm ahli oqib kela boshladi. Al Hajjoj ibn Matar al Kufiy, Abu Zakariyya Yahyo ibn al Bitrik, Huaayn ibn Ishoq, Qusta ibn Luqo al Baalbakiy va boshqa yunon olimlarining asarlarini, Muhammad al Fazariy, Yaʼqub ibn Tariq va boshqa olimlar hind tilidagi kitoblarni arab tiliga tarjima qila boshladilar, arab tilida dastlabki sharxlar bitildi. Lekin fan yangi marralarni egallashi uchun uni yangi rivojlanish bosqichiga koʻtarish lozim edi. Fan tarixchisi Adam Mets iborasi bilan „Musulmon renessansi“ deb atalgan fan tarixidagi bu hodisa birinchi navbatda Xorazmiy nomi va ilmiy jasorati bilan bogʻliq. Xorazmiy Bagʻdodda yunon fanining yutuqlarini oʻrganadi, hind va eron manbalari, hatto bevosita Bobildan kelgan ayrim faktlar hamda xitoy manbalari bilan ham tanishadi, ularni oʻzining muhim kashfiyotlari bilan boyitadi va fan tarixida abadiy iz qoldirgan fundamental asarlar yaratadi. Shuning uchun Xorazmiy oʻzigacha mavjud boʻlgan sivilizatsiya merosini sintez qilib, boyitib jahonga yoygan fan dahosi hisoblanadi. 40-javobi Termiziy Abu Iso, Imom Termiziy (toʻliq nomi Muhammad ibn Iso ibn Savra ibn Muso ibn Zaxdok Sullamiy Bugʻiy Termiziy) (824, Termiz — 892, Bugʻ qishlogʻi, hozirgi Sherobod tumani) — buyuk muhaddis. Sullamiy deb nisbat berilishiga sabab bobolaridan biri sullam degan arab qabilasiga doʻst tutingan, Bugʻiy deyilishiga sabab oʻsha vaqtdagi But nomli qishloqda vafot etib, shu yerga dafn qilingan. Umrining oxirida koʻzi ojiz boʻlib qolgani uchun adDarir taxallusi bilan ham atalgan. Termiziyning yoshlik yillari Termiz shahrida oʻtgan, dastlabki maʼlumotni ham shu yerda olgan. Bolaligidan oʻta ziyrakligi, xotirasining kuchliligi, noyob qobiliyati bilan oʻz tengqurlaridan ajralib turgan. Diniy va dunyoviy fanlarni, ayniqsa, hadis ilmini alohida qiziqish bilan oʻrgangan, bu boradagi bilimlarini yanada oshirish uchun koʻpgina Sharq mamlakatlariga borgan. Uzoq yillar Iroq, Isfahon, Xuroson, Makka va Madinada yashagan. Uzoq davom etgan safarlari chogʻida qiroat ilmi, bayon, fikd, tarix, ayniqsa, oʻzi yoshlikdan qiziqqan hadis ilmi boʻyicha oʻsha davrning yirik olimlarndan taʼlim oladi. Mashhur muhaddislardan Imom Buxoriy, Imom Muslim, Imom Abu Dovud, Qutayba ibn Sayd, Ishoq ibn Muso, Maxmud ibn Gʻaylon va boshqa uning ustozlari edi.
Termiziy Imom Buxoriy bilan uchrashganida (bu uchrashuv Nishopurda boʻlgan va ikki alloma 5 yil birgalikda yashashgan) hadisning matninigina emas, uning hikmati va falsafasini tushunib yetganini eʼtirof etadi. Oʻz navbatida Imom Buxoriy oʻz shogirdini maqtab, kamtarinlik bilan: "Sen mendan bahra topganingdan koʻra men sendan koʻproq bahra topdim", degan. Bu Termiziyga berilgan juda katta baho edi.
Termiziy yoʻlda, safarda boʻlganda ham, yoki bir joyda muqim turganda ham ustozlaridan, uchratgan roviylardan eshitgan hadislarni yozib olar, ularni tartibli ravishda alohidaalohida qayd qilib borardi. 868 yil xorij safaridan oʻz yurtiga qaytgan Termiziy ilmiyijodiy ish, shogirdlar tayyorlash bilan mashgʻul boʻldi va yirik muhaddis olim, imom sifatida shuhrat qozondi. Taqvodorlik, islom dini va oʻz obroʻsiga gard yuqtirmaslikka intilish, dunyo molmatosi va boylikka beparvo qarash, oxiratning gʻamini yeyish Termiziyning hayoti tarzi edi. Termiziyning shogirdlari uning ishlarini davom ettirdi. Ular ichida Makhul ibn alFadl, Muhammad ibn Mahmud Anbar, Hamod ibn Shokir, Abd ibn Muhammad Nasafiy, Haysam ibn Kulayb Shoshiy, Ahmad ibn Yusuf Nasafiy va boshqalarni koʻrsatish mumkin. Termiziy qalamiga mansub asarlarning aksariyati bizgacha yetib kelgan. "Al-jomeʼ as-sahih" ("Ishonarli toʻplam"), "ashShamoil annabaviya" yoki "AshShamoil annabiy sallolohu alayhi va sallam" ("Paygʻambar alayhissalomning shakl va sifatlari"), "alIlal filhadis" ("Hadislardagi illatlar"), "Risola filxilof valjadal" ("Hadislardagi ixtilof va bahslar haqida risola"), "atTaʼrix" ("Tarix"), "Kitob uzzuhd" ("Zohidlik kitobi"), "Kitob ulasmo valkuno" ("Ismlar va kunyalar kitobi") va boshqa Termiziyning asarlari ichvda eng mashhuri, shubhasiz, "Al-jomeʼ as-sahih" boʻlib, 6 ta ishonchli hadislar toʻplamidan biridir. Ushbu asar ilmiy manbalarda "Jomeʼ at-Termiziy", "Sahihi Termiziy", "Sunani Termiziy" nomi bilan ham ataladi. Termiziyning muhim asarlaridan yana biri "ash-Shamoil an-nabaviya" Muhammad (alayhi sallom)ning shaxsiy hayoti, u zotning suvrat va siyrati, ajoyib fazilatlari, odatlariga oid 408 hadisi sharifni oʻz ichiga qamragan manbadir. Bu kitob azaldan islomshunos olimlar, tadqiqotchilarning diqqatini oʻziga tortib keladi. Arab tilida bitilgan ushbu asarga bir qancha sharhlar ham yozilgan. Uning tili ravon, uslubi gʻoyatda oddiy. Asar fors va turk tillariga tarjima qilingan. "Ash-Shamoil annabaviya"ning 1-qismida keltirilgan hadisi shariflar paygʻambarning suvrat (tashqi qiyofasi) iga, 2-qismida keltirilgan hadisi shariflar esa ichki dunyosiyu, axloqiy fazilatlarini bayon qilishga bagʻishlangan. Kitobning 16-asrga oid bir qoʻlyozmasi Toshkentda, Oʻzbekiston musulmonlari idorasi kutubxonasida saqlanadi. "Ash-Shamoil an-nabaviya" oʻzbek tiliga oʻgirilib soʻnggi yillarda Toshkentda bir necha bor nashr etildi. 1990 y. Termiziy tavalludining 1200 yilligi yurtimizda keng nishonlandi. Mustaqillik yillarida Termiziyning yodgorlik majmuasi qaytadan taʼmirlanib, qutlugʻ ziyoratgohga aylantirildi. 41-javobi Turkistonda jadidchilik harakatini vujudga keltiruvchilar tepasida Mahmudxoʻja BehbudiyAbduqodir Shukuriy (Shakuriy), Ajziy (Samarqand), Munavvarqori AbdurashidxonovAbdulla AvloniyMajid Qori QodiriyUbaydullaxoʻja Asadullaxoʻjayev (Ubaydulla Xoʻjayev), Toshpoʻlatbek Norboʻtabekov (Toshkent), FitratFayzulla XoʻjayevUsmonxoʻja PoʻlatxoʻjayevAbdulvohid BurhonovSadriddin AyniyAbdulqodir Muhiddinov (Buxoro), Obidjon MahmudovHamzaChoʻlponIsʼhoqxon IbratMuhammadsharif Soʻfizoda (Fargʻona vodiysi), Boltihoji SultonovRahmonberdi Madazimov, Fozilbek Qosimbekov (Oʻsh uyezdi), Polvonniyoz hoji YusupovBobooxun Salimov (Xorazm) turardi. Turkiston mintaqasidagi jadidchilik harakati, tarqalish joyi va yoʻnalishiga koʻra, uchga boʻlinadi: TurkistonBuxoro va Xiva jadidchiligi. Turkiston jadidlari bilan Buxoro va Xiva jadidlari oʻrtasida bir muncha tafovut bor. Turkiston oʻlkasidagi jadidchilikning ijtimoiy asosini ziyolilar tashkil qildi. Ular chor Rossiyasi mustamlakachiligiga qarshi kurashning oldingi saflarida turib, chorizmning xom ashyo manbaiga aylantirilgan Turkistonning dastlab muxtor, soʻng mustaqil davlat boʻlishini yoqlab chiqdilar. 42-javobi Jahon tibbiyot olamining buyuk sultonlaridan biri, Abu Ali ibn Sinodir (980-1037). Ibn Sinofalsafa, adabiyot, musiqa va boshqa ko'p sohalami ham mukammal bilgan donishmanddir. Ibn Sinoning ilmiy-pedagogik meroslari beqiyos ko'p. Ular ichida «Tib qonunlari» alohida ahamiyat kasb etadi. Bu asarni deyarlik barcha xalqlar o'z tillariga taijima qilishgan. O'zbek tiliga ilk bor 1153-yilda, keyinchalik (1956, 1980, 1993) bir necha bor qayta nashr etildi. Ibn Sinoning ijodiy faoliyati, «Tib qonunlari» va boshqa asarlarini ilmiy jihatdan o'igangan, tahlil qilgan va ularning mohiyatini ochib bergan taniqli olimlar juda ko'p. Birgina O'zbekiston sharoitida ularning soni 100 dan oshib ketadi. Buyuk allomaning ilmiy-pedagogik meroslarini chuqur o'rganishda taniqli pedagog S.R.Rahimov (Samarqand DU), respublikada xizmat ko'rsatgan fan arbobi, professor O.A.Rixsiyeva (O'zDJTI) va boshqalarning xizmati kattadir. Respublika hukumati va mas'ul davlat idoralari hamda jamoat tashkilotlarining tashabbusi bilan 1980-yilda Buxoroda Abu Ali ibn Sinoning tavalludiga 1000 yil to'lishi munosabati bilan katta ilmiy anjuman o'tkazildi. Bunda tibbiy xodimlar, jismoniy tarbiya va sport sohasidagi olimlar va boshqalarning Ibn Sinoning ilmiy-pedagogik meroslari haqida ma'ruza qildilar. Anjumanning materiallari respub­likada jismoniy tarbiya ilmini takomillashtirishda salmoqli hissa qo'shdi, desa bo'ladi. Ibn Sinoning ta'biri bilan aytganda «Sog'liqni saqlashning asosiy tadbiri - badan tarbiya»dir. Mutafakkir adibning 30 dan ortiq tibbiy asarlari shu kungacha yetib kelganligi ma'lum. Ularning hammasida ham, muallifning jismoniy mashqlarga oid ilg'or fikrlari va amaliy mashqlar mazmuni uchraydi. Ibn Sino jismoniy mashqlarning shakli va mazmuni hamda uning mohiyatlarini gigiyena, sog'liqni saqlash va kasalni davolashdagi majmuiy tadbirlarda berib boradi. Bu esa har bir insonning jismoniy mashqlar bi­lan qachon va qaysi tartibda shug'ullanishini belgilab beravchi ta'limdir. Masalaga shunday yondashish maqsadga mu­vofiq bo'lar edi. «Tib qonunlari» haqida mulohaza qilinadigan bo'lsa, kitobning birinchi qismi deyarli inson salomatligini saqlash va uni rivojlantirishga bag'ishlangan. Eng muhim tomoni shundaki, kitobda inson tanasi va uning a'zolari, insonni shakllantirish hamda uning kamolotida yuz beradigan anatomik tuzilishlar, fiziologik va ruhiy jarayonlarning holati, kasalliklaming kelib chiqish sabablari ilmiy jihatdan bayon qilingan. Bu holatlarni bilish, shu asosda insonlar o'z-o'zini tarbiyalashdek muhim bo'lgan ijtimoiy-tarbiyaviy jarayonlami hayotda qo'llash bugungi kunning eng dolzarb muammolaridan biridir. 43-javobi Pedagogika fani mustaqil 0 ‘zbekiston Respublikasida amal qiladigan uzluksiz ta’lim-tarbiya tizimining nazariy asoslari, qonuniyat va prinsiplari, o ‘ziga xos y o ‘nalishlari ta ’lim-tarbiya jarayonining shakllanishi, tarixiy taraqqiyot bosqichlarini o ‘rgatuvchi fandir. Pedagogika fani 0 ‘zbekiston Respublikasida ifmning ustuvor sohasi sifatida e ’tirof etiladi. Shuning uchun ham, pedagogika fanining metodologiyasi sifatida jahon va sharq pedagogik tafakkuri durdonalarini mujassamlashtirgan manbalar, tasaw uf ta’limoti namoyondalarining badiiy va ilmiy ^sarlari, sharqona ta’lim-tarbiya vositalari hamda metodlarini o ‘z ichiga olgan manbalar, milliy istiqlol g ‘oyasi, 0 ‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, 0 ‘zbekiston Respublikasining «Ta’lim to 'g ‘risda»gi qonuni hamda «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi», «2004-2009-yillarda maktab ta’limini rivojlantirish Davlat umummilliy dasturi», dialektik bilish nazariyasi va tabiiy ilmiy majmuyi e ’tirof etiladi. Yuqorida keltirilgan pedagogika fanining metodologiyasini pedagogik amaliyotga tatbiq etishda jahon pedagogik tajribasida tan olingan va samarali natijalar berayotgan nazariy qarashlar, ilg‘or pedagogik texnologiyalardan foydalanish nazarda tutiladi. Ular shaxsning ta’lim faoliyatini liberallashtirish yo‘llari, ta’lim mazmunini tanlash va ta’lim-tarbiya jarayonini amalga oshirish prinsiplari, politexnik va kasb ta’limi nazariyasi, ta’limni ijtimoiy foydali mehnat bilan uyg‘unlashtirish konsepsiyasi, ta’lim-tarbiya jarayonining fiziologik qonuniyatlariga asoslanib tashkil etilishida namoyon bo‘ladi.
44-javobi «Qutadg‘u bilig»da, asosan, to‘rt nafar qahramon qatnashadi. Asarning boshida Oyto‘ldi shaharga yangi kelganida uni o‘rdaga olib borib xon xizmatiga kirishiga ko‘maklashgan Ko‘samish, ularga chin ko‘ngildan yordam qilgan Xos Hojib obrazlari ham bor. Lekin ular keyinchalik asarda qatnashmaydi.
Asarning bosh qahramonlari: Kuntug‘di elig – ko‘ni to‘ru (chin adolat), adl timsoli – podshoh lavozimidadir. Oyto‘ldi – qut (baxt), davlat timsoli – vazir lavozimidadir.
O‘gdulmish – uqush (zakovat), aql timsoli – vazirning o‘g‘lidir.
O‘zg‘urmish – afiyat, qana’at timsoli – O‘gdulmishning qarindoshidir.
Asarda ular o‘rtasida savol-javob, munozara kechadi. Yusuf Xos Hojib ana shu qahramonlarning savol-javobi, suhbati orqali o‘zining ilg‘or falsafiy qarashlarini, jamiyatni adolat bilan boshqarish, kishini tugallikka yetaklovchi fikrlarini bayon etadi, kishilar orasidagi insoniy munosabatlar, axloq-odobdan saboq beradi. «Qutadg‘u bilig» asarida ijodkorning odob-axloq, o‘g‘il-qiz tarbiyasi, halollik, chin insoniylik, kishilikning ulug‘ hislatlari, kishining ma’naviy dunyosi, komil inson haqidagi teran falsafiy qarashlari badiiy shaklda bayon etilgan. Ulug‘ mutafakkir falsafasi o‘rta asrlar Sharq falsafiy qarashlarining cho‘qqisida turadi. «Qutadg‘u bilig» – baxtu saodat kitobi. Asarni o‘qib, ibrat olgan, undagi ko‘rsatmalarga amal qilgan kishilarga saodat eshiklari ochiladi. Bu xususda adib shunday yozadi:
Kitab ati urdum «Qutadg‘u bilig»,
Qutadsu, o‘qig‘liqa tutsu elig.
(Kitobga «Qutadg‘u bilig» deb ot qo‘ydim,
Baxtga eltsin, o‘qigan kishining qo‘lidan tutsin).
Asarda jamiyat qurilishi va davlat boshqaruvi masalalari, barcha amaldorlarning burch va mas’uliyatlari, boshqaruv tizimida qonun va adolatning ustuvorligi, huquqiy masalalarga ham yetakchi urg‘u berilgan. Shuning uchun ushbu kitob qoraxoniylar davlatining Nizomi darajasiga erishdi. Bulargina emas, dostonda dunyoning yaralishi, koinotning tuzilishi to‘g‘risida ham fikr yuritiladi. Bu masalada Yusuf Xos Hojib Sharqdagina emas, dunyo astronomiya bilimida ancha ilg‘orlab ketgan faylasuflardan sanaladi. Muhimi shundaki, dostonning muqaddimasida bir bob yulduz va burjlarga bag‘ishlangan. Ushbu bob «Yeti yulduz, to‘rt yag‘iz, o‘n iki o‘kakning o‘gdukini ayur» («Yetti yulduz, to‘rt unsur, o‘n ikki burjni madh etganini aytadi») deb atalgan. Ulug‘ donishmandning olam va uning tuzilishi haqidagi falsafiy qarashlari asar bo‘ylab davom etadi. Kitobni o‘qib, butun bir astronomik atamalar tizimiga to‘qnashamiz. Shu tizimning o‘zi-yoq o‘sha kezda astronomik bilimlar yuqori bosqichda ekanligidan belgi berib turadi. Yusuf Xos Hojibning ta’kidlashicha, evran, ya’ni «falak» doim evriladi (muttasil aylanadi), tezginch, ya’ni «Yer kurrasi» tezginadi (charx urib turadi). Muallif Allohga hamd o‘qir ekan, yozadi:

Download 75,77 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish