1. Rossiyaning Turkistonni bosib olishi. Turkistonda mustamlakachilik boshqaruvi tizimining vujudga keltirilishi


Uchinchi rejada quyidagilar yoritiladi



Download 301,78 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/8
Sana20.08.2021
Hajmi301,78 Kb.
#152135
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
9-семинар

Uchinchi rejada quyidagilar yoritiladi. CHor Rossiyasi ma’murlari O’rta Osiyoning xom-ashyo 

boyliklarini  tashib  ketish,  o’lkaga  rus  kapitalining  kirib  kelishi,  bozorlarini  rus  mollari  bilan  to’ldirish 

hamda  iqtisodiy  jihatdan  imperiyani  bog’lashda  asosiy  vosita  temir  yo’l  deb  bilardi.  Temir  yo’l  o’z 

davrining zamonaviy aloqa vositasi ham edi. Rus ma’murlari qurgan temir yo’llar O’rta Osiyoning iqtisodiy 

jihatdan  eng  muhim  tumanlarini  kesib  o’tishi  va  birlashtirishi  lozim  edi.  1880  yil  noyabrida temir  yo’l 

qurilishi boshlandi. Bu temir yo’l Qizil Arvot orqali Ashxobod va Samarqandga yetkazildi. 1888 yil 15 

mayda bu yerga birinchi poezd keldi. Temir yo’lning davomi Toshkent va Andijonga 1895 yili boshlanib, 

1899 yili nihoyasiga yetkazildi, 1915 yilda Jalolobodga yetkazildi. 

Rus  mustamlakachilik  siyosatining  ikkinchi  bir  jihati  O’rta  Osiyo  yerlariga  rus  qishloqlaridan 

dehqonlarni ko’chirish bo’ldi. 1868 yildan 1882 yillar davomida Yettisuvda 25 ming aholisi bo’lgan 29 

qishloq,  Sirdaryo  viloyatida  1300  kishilik  19  qishloq  tashkil  etildi.  1891  yilda  Rossiyaning  Yevropa 

qismidagi kattagina yerlarni qamrab olgan qurg’oqchilik ruslarni O’rta Osiyoga ommaviy tarzda ko’chib 

kelishiga sabab bo’ldi. Xonavayron bo’lgan, yarim och yurgan kechagi rus dehqonlari XX asr boshlariga 

kelib,  sotib  olgan  yerlarida  dehqonchilik  bilan  shug’ullanmay  yerlarni  mahalliy  aholiga  ijaraga  bera 

boshladi. 

1910  yilda  Turkiston  general-gubernatorligining  hozirgi  O’zbekiston  hududidagi  Sirdaryo, 

Samarqand va Farg’ona viloyatlarida 124 ta rus qishlog’i bo’lib, bularda 70 mingga yaqin aholi yashagan. 

Rus aholisi shahar aholisi bilan birga 200 mingdan ko’proq kishini tashkil etgan. 

Rossiya to’qimachiligi ishlab chiqarishining o’sib borayotgan talablarini Amerika paxtasi qondira 

olmayotgandi,  shuningdek  olisdan  xom-ashyo  olib  kelish  juda  qimmatga  tushmoqda  edi.  Istilochilik 

harakatlarining  birdan-bir  maqsadi  arzon  qishloq  xo’jalik  xom-ashyosini  yetishtiradigan  yerlarni  qo’lga 

kiritish  edi.  O’rta  Osiyo  yerlarini  qo’lga  kiritishlari  bilanoq  rus  mustamlakachilarining  asosiy  vazifasi 

o’lkada  paxtachilikni rivojlantirish  bo’ldi.  Rus  mustamlakachilari  ipaksimon  va  ingichka  tolali  amerika 

paxtasini ektira boshladilar. Toshkent yaqinida urug’chilik - tajriba bazasi tashkil etilib, unda 1884 yilda 

mahalliy  va  amerika  paxta  navlari  chatishtirilib,  shunday  bir  nav  yaratildiki,  har  ikkala  navdan  ham 



yaxshiroq nav vujudga keldi. Yangi nav paxta chigiti 1884 yili 300 botmon (1 botmon taxminan 1 gektar 

yerga to’g’ri keladigan o’lchov birligi) yerga, 1886 yili 12 ming, 1890 yili 59 ming, 1909 yili 191 ming 

1910 yilda esa 350 ming botmon yerga ekildi. Turkiston Rossiyaning paxta mustaqilligini ta’minlab berdi. 

1907  yilning  o’zida  5  million  pud (1 pud  16  kilogrammga  teng  og’irlik  o’lchov  birligi)  paxta tolasi  rus 

to’qimachilik  sanoati  uchun  olib  ketildi.  Masalaning  ikkinchi  tomoni  arzon  paxta  xom-ashyosi  jazavasi 

savdogarlar, mansabdorlar, harbiy boshliqlar, hokimiyatga dahldor ma’murlarni, kimniki puli ko’p bo’lsa, 

o’shani paxta ekishga, yerlarni sotib olib paxta ektirishga undadi. Paxta rus kapitalini ham O’rta Osiyoga 

jalb  etdi.  Paxtani  yetishtirish  va  xarid  qilish  bilan  kamida  30  ta  savdo  shahobchalari  shug’ullanardi. 

Rossiyadagi eng yirik banklar - Rus-Osiyo banki, Moskva savdogarlar banki va Davlat banki asosiy qarz 

beruvchi banklar edi. Bundan tashqari Poltava, Nijegorod - Samarskiy yer banklari ham Turkistonda o’z 

bo’limlarini ochdilar. 

Mustamlakachilik  iqtisodiy  siyosatining  muhim  jihatlaridan  yana  biri  rus  kapitalining  kirib 

kelishidir.  Turkistonga  kapital  paxta  yetishtirish  va  sotish  bo’yicha  yirik  savdo-ishlab  chiqarish 

kompaniyalari orqali ham kirib keldi. 1913 yilda “Beshbosh” degan juda katta paxta-yog’ shirkati tuzilib, 

u Turkistonda yetishtiriladigan paxtaning 30 foizidan ko’prog’ini xarid qilar va sotar, 80 ming tonna paxta 

tolasini tashib ketar hamda 160 tonna chigit tayyorlardi. Ruslarning  O’rta  Osiyoni  bosib  olishi,  ularning 

iqtisodiy-siyosati avvalo mahalliy boylarda mavjud bo’lgan insof va diyonatni batamom ko’tarib yubordi. 

Ekspluatatsiyani,  yulg’ichlikni  eng  jirkanch  shakllarini  ruslar  mahalliy  boylarga  ham  o’rgatdilar.  Natija 

nima bo’ldi? Rusning mustamlakachilik tartibi O’rta Osiyo xalqlariga nima berdi? Birinchidan, ruslarning 

O’rta  Osiyoni  bosib  olgan  dastlabki  davriga  nisbatan  XIX  asrning  80-90-yillariga  kelib,  dehqonlar 

ommasining  aksariyat  qismi  qashshoqlashdi.  Ikkinchidan,  aniqroq  aytadigan  bo’lsak,  rus  va  mahalliy 

boylar, savdo-sanoatchilari 1889-1890 yillarda Samarqand uezdidagi kambag’allarning 15 ming desyatina, 

Jizzax  uezdida  5  ming  desyatina  yerini  turli  yo’llar  bilan  tortib  olgan.  Bu  jarayon  Farg’ona  viloyatida 

bundan  ham  fojialiroq  kechgan.A.F.Middendorfning  ta’kidlashicha,  Farg’onada  yersiz  qolgan 

dehqonlarning soni 60 foizga yetgan. Uchinchidan, asrlar davomida ota-bobolaridan qolgan yerlarni shu 

darajada ko’p sotish faqat chorizmning iqtisodiy mustamlakachilik siyosati oqibatida yuzaga keldi.  

XIX asrning oxirlarida Turkistonda juda ko’p eski maktablar ishlab turdi. Bular asosan boshlang’ich 

va o’rta hamda oliy diniy ta’lim beruvchi madaniy o’choqlar edi. Eski maktablarda ta’limning sifati talab 

va uning o’zining hamda qo’l ostidagilarning tayyorligiga ko’proq bog’liq edi. Ilg’or domlalar diniy ta’lim 

bilan chegaralanib qolmasdan dunyoviy ta’lim ham berardi. O’quvchilar xat-savodini chiqarishar, hisobdan 

ham bir qadar dars olardi. Maktablarda adabiyot, tarix, geografik ilmlarga ham ancha o’rin ajratilgan. Eski 

maktabda  kambag’allarning  bolalari  birinchi  bosqichdagi  ta’lim  tarbiyadan  so’ng  o’qishni  tamomlagan 

hisoblanardi.  O’ziga  to’q  oilalarning  farzandlari  maktabdorlar  qo’lida  yana  sakkiz  yil  shogird  bo’lib, 

o’qishni davom ettirar edilar. 

Eski  maktab  odatda  kichik  bo’lib,  unda  10-15  nafar  o’quvchi  tahsil  olgan.  Lekin  madrasalar  o’z 

xashamatligi, jozibadorligi bilan alohida ajralib turgan. 

O’lkaning yirik shaharlarida madrasalar qurilishi davom etdi. Ular odatda ulug’vorligi bilan ajralib 

turar edi. Yirik madrasalar oliy ta’lim vazifasini bajarib, ularda bir necha muddarislar dars berganlar. 

SHaharlarda  ba’zi  bir  muallimlarning  rafiqalari  yoki  savodxon  ayollar  otinoyilik  qilganlar.  Ular 

qizlarning savodini chiqarganlar. 

1897  yilda  Andijon  atrofida  paxta  zavodi  qoshida  dastlabki  yangi  usul  maktabi ochildi.  SHundan 

keyin bunday katta shaharlarda ham maktablar ochila boshlandi. Yangi usul maktablari o’z oldiga quyidagi 

vazifalarni qo’ygan: 

1. Yosh avlodga hozirgi zamon hayotida kerak bo’ladigan bilimlar berish

2. Eski usul ta’lim mazmuniga yopishib qolmasdan, zamonaviy ta’lim usullarini qo’llash: 

Tarbiyalash,  so’ngra  ruslar  bilan  mahalliy  xalqlarni  aralashtirib  yuborib,  shu  yerda  Yevropacha 

turmush  tarzining  g’alabasini  to’la  ta’minlashga  intildi.  1880  yilda  imperiya  davlat  kengashida 

Turkistondagi mahalliy aholi bolalarini ruslar bilan birgalikda o’qitish masalasi ko’tarilib, unga harbiy vazir 

general-ad’yudant graf Milyutin, maorif vaziri graf Tolstoylar rozilik berishdi. Bu masalaga ya’ni rus tuzem 

maktablarini shu jabhadan turib hal qilishni Rozinbax g’ayrat bilan kirishib, u boshlang’ich maktablar “rus 

tuzem” maktablari tarmog’ini yaratish loyihasini ishlab chiqdi. 1884 yilda Toshkentda birinchi rus tuzem 

maktabi ochildi. 

CHorizmning  Turkiston  o’lkasi  aholisini  ruslashtirish  siyosatining  riyokorligi  shunda  ediki,  rus 

amaldorlari o’zbek, qozoq, qirg’iz, turkman, tojik xalqlari orasidan yetishib chiqqan va ruschani mukammal 

o’rgangan odamlarni xushlamay ulardan cho’chib turgan va o’rni kelganda ta’qib qilgan. CHunki bunday 

ma’rifatparvarlar  o’z  xalqlarining  ko’zini  ochishlari,  xaq-huquqlarini  tanishlari  va  milliy  onglarini 

o’stirishlariga bevosita ta’sir ko’rsatishlari mumkin edi. Rus amaldorlariga esa ruschani yaxshi bilgan va 



xalqning ko’zini ochib g’aflat uyqusidan uyg’otadigan ziyolilar kerak emas edi. Mustamlaka ma’muriyati 

Turkiston ziyolilari katta mavqe va mansabga erishsa, o’z xalqlari uchun sadoqat bilan xizmat qilishlari, 

mustamlaka tartiblariga qarshi chiqishlari va bu harakatga bosh bo’lishlari mumkinligidan xavfsirashgan. 

SHuning  uchun  ham  ularni  ma’lum  chegarada  saqlab,  eng  muhim  masalalar  hal  etiladigan  idoralardan 

chetlatishgan. 

Mana shu  ko’rilgan  yo’l-yo’riqlarning  o’lkada  amalga  oshirilishi o’lka  farzandlarining  rus-tuzem 

maktablarida  haqiqiy  ilm  olishlariga  emas,  balki  imperiya  uchun  yot  millatlardan  sodiq  mute’lar 

tayyorlashdek siyosiy maqsadlarga yo’naltirilganligidan dalolat beradi. 




Download 301,78 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish