olgach, bepoyon hududlarga ega bo’ldi. U dunyoning eng mustamlakachi mamlakatiga aylandi shuning
uchun ham o’sha vaqtda Rossiya to’g’risida “ulkan miqdordagi mulk o’g’risi” degan haq gaplar aytilgan
buylaridan Kavkaz cho’qqilarigacha Ukraina dashtlaridan O’rta Osiyo kengliklari va uzoq SHarq tizmalari
qadar xilpirab turdi. CHor Rossiyasi Polьsha, Finlyandiya, Kavkaz orti Boshqirdiston, Sibir va Qalmoqlar
Sankt-Peterburg hukmron doiralari Buyuk Britaniyaning Hindistondagi vaFrantsiyaning Tunis
hamda Jazoirdagi mustamlaka tartiblari tajribalarini o’rgangan holda o’zlarining ulardan tubdan farqli, tipik
ruscha mustamlakachilik tizimlarini yaratdilar. Uni Turkistonda zo’ravonlik yo’li bilan amalga oshirdilar.
Rossiya imperiyasining O’rta Osiyodagi tartiblari Polьsha, Finlyandiyava Kavkazdagidan ham tafovutli
xususiyatga ega edi. Bu xususiyat mahalliy xalqlarga mutlaqo ishonmaslik, ularga bepisandlarcha qarash
1868 yil 22 yanvarda Kaufman o’z ma’ruzasida ruslarning hukmronlik baquvvat zaminga egaligini
alohida ta’kidlab bu hukmronlik abadiy bo’lishini ta’kidladi. F.Girs Turkiston o’lkasini boshqarish tartibi
haqida tuzgan qonun loyihasida aslzoda rus zodaganlari, harbiylari va mustamlaka ma’muriyatida ishlab,
boy tajriba orttirgan amaldorlardan iborat dasht komissiyasi 1865-1867 Turkiston o’lkasida qanday
mustamlaka tuzimini o’rnatish haqida imperatorga o’z mulohazalari bitilgan loyihani yubordi. Rus
imperatori Aleksandr II bu loyihani “O’rta Osiyodagi mulklarni o’zlashtirish buyicha Maxsus Qo’mita”
Rossiya imperiyasi harbiy vaziri graf D.Milyutin 1867 yilda Vazirlar Qo’mitasiga Turkiston o’lkasi
boshqaruviga doir qonun loyihasini taqdim etdi. Loyiha Rossiya tomonidan istilo etilgan Yettisuv va
Sirdaryo viloyatlarida Turkiston general-gubernatorligini tashkil etish va uni harbiy vazirlik ixtiyoriga
berishni nazarda tutgan edi. Vazirlar qo’mitasi farmoyishi bilan bu loyiha “tasdiqlangach” qonun tariqasida
kuchga kirishini e’lon qildi. Barcha tashkiliy, siyosiy, iqtisodiy tadbirlarni amalga oshirish shaxsan general-
gubernator ixtiyoriga topshirildi. SHu tariqa 1867 yildan 1881 yilga qadar Turkiston xalqlari taqdirini hal
etish general-gubernator Kaufman ixtiyorida bo’ldi.
Viloyatlarda harbiy gubernatorlar tayinlandi. Ular shaxsan rus imperatori tomonidan tasdiqlanar edi.
Uezd boshliqlari rus armiyasi polkovniklari, uchastka prestallari esa kapitan unvonidagi zobitlardan
tayinlangan. Volost’ boshqaruvchilari, yuzboshi-oqsoqollar, ellikboshilar va o’nboshilar esa saylov asosida
mahalliy aholi vakillaridan saylangan. Turkiston general-gubernatorligi tashkil topgan 1867 yili Turkiston
harbiy okrugi ham yuzaga keldi.
Rossiya imperiyasining hukmron doiralari ichki ishlar vazirining “Turkiston o’lkasining oliy, o’rta
va quyi boshqaruvida kuchli hokimiyat zarurki, ular o’z faoliyatlarida to’la erkin bo’lsinlar, mahalliy aholi
vakillarining roziligiga muhtoj bo’lmasinlar” degan fikrga to’la qo’shilganlar.SHuning uchun ham general-
gubernatorlik markaziy o’lka boshqaruvi Turkistonda mutloqhokim bo’lgan.
Markaziy o’lka boshqaruvi general-gubernatorlik hamda uning Kengashi va mahkamasidan iborat
bo’lgan.
Turkiston general-gubernatori o’z qo’lida harbiy va fuqaro hokimiyatini birlashtirgan. Bir vaqtning
o’zida u podsho noibi, harbiy okrug qo’shinlari qo’mondoni, Yettisuv kazak qo’shinlari qo’mondoni, bosh
mirshab, bosh prokuror vazifalarini ham o’tagan. General-gubernatorning Rossiya imperatoriga tobe’
Buxoro amiri va Xiva hamda Afg’oniston va Qashqar bilan munosabatini mahkamaning diplomatiya qismi
1899 yilga qadar boshqargan. 1899 yildan boshlab bu vazifani bajarish uchun general-gubernator huzurida
diplamotik ishlar buyicha amaldorlik lavozimi joriy qilindi. Mahkama ixtiyoriga Turkiston ommaviy
kutubxonasi, Toshkent muzeyi, Markaziy arxiv, “Turkestanskie vedemosti” gazetasi va bosmaxonasi ham
berilgan edi.
General-gubernator o’lka hayoti bilan asosan mahkama hujjatlari orqali tanishgan, shuning uchun
ham bu idora Turkiston boshqaruvida g’oyat muhim rol o’ynagan. Bunday hujjatlarni gubernatorga turli
soha mutaxassislari tayyorlab berishgan.
Turkiston general-gubernatorligi 90-yillarga kelib besh viloyatga bo’lindi. Sirdaryo, Farg’ona,
Samarqand, Yettisuv, Kaspiyorti viloyatlarini rus armiyasini generallaridan shaxsan imperatorning o’zi
tayinlagani harbiy gubernatorlar boshqardi. Ular o’zlarida harbiy va fuqaro hokimiyatini
mujassamlashtirgan.
Harbiy gubernatorlar qoshida viloyat boshqarmalari bo’lib, ular guberna boshqarmasi huquqlariga
ega bo’lishgan. Viloyat hayotining barcha masalalari shu boshqarmalarda ko’rib chiqilgan.
Viloyatlar uezd va volostlarga bo’linib idora qilingan. Uezdlar bir necha uchastkalarga bo’lingan.
Do'stlaringiz bilan baham: