To’rtinchi rejada quyidagilarni yoritish lozim. XIX asr oxiri-XX asr boshlarida Turkistonliklar
tilida “jadid”, “usuli jadid” degan so’z va iboralar paydo bo’ldi. Dastlab ziyolilar orasida qo’llanilib
yurilgan bu so’z va ibora borgan sari oddiyroq odamlarning ham tiliga ko’cha boshladi. Keyinroq esa bu
xodisa butun jamiyat hayotida o’zgarishlar yasay boshlagach, “Jadid”, “usuli jadid”, “taraqqiy” kabi so’zlar
ommalashib ketdi. Qrimning Bog’cha saroyida “Tarjimon” nomli gazeta chiqarib butun Rossiya CHor
ma’murlarini tashvishga solib qo’ygan Ismoilbek Gaspirali “Usuli jadid” tushunchasi va u bilan bog’liq
butun bir jarayonning vallomati edi.
Bu tushunchani Ismoilbekning o’zi shunday ta’riflaydi: “Ota-bobo kunlardan qolmish milliy
maktablarni isloh etmak usuli jadid demakdir, boshqa bir o’quv, boshqa bir maktab demak dalildir”.
Amaliy jihatdan favqulodda ijobiy natijalar bergan bu usul asr boshida Turkistonning barcha shahar
va qishloqlariga kirib borayotgan edi. Bu usul targ’ibotchilari ana shu munosabat bilan “Jadidlar” nomini
oldi, ularning maktablar islohotlari bilan boshlanib, asta-sekin jamiyatning madaniy-ma’naviy xayotini,
kengroq ijtimoiy-siyosiy sohalarini qamrab olgan harakati uchun esa “jadidchilik harakati” deb atash
rasmiy tus oldi.
Russiya musulmonlari dunyosidagi ijtimoiy-ma’naviy harakatda Ismoilbek Gaspirali (1852-
1914)ning xizmati katta bo’ldi. U turkiy tildagi matbuotda “tarjimon” gazetasi tashkil etib, keng
musulmonlar orasida tarqatadi. Uning sahifalarida dastavval Buxoroda so’ngra musulmon Russiyasining
markazida “usuli jadid” g’oyasi targ’ib etildi.
“Usuli jadid” deb nom olgan maktabni birinchi bo’lib Ismoilbek Gaspirali 1884-yili Bog’chasaroyda
ochib, musulmon bolalarini butunlay yangi usulda o’qitishga kirishdi. Tez orada bu xabar Turkistonga ham
yetib keldi. Ismoilbek Gaspiralining maktabi turkiy xalqlar orasida namuna bo’ldi. Turkistondagi birinchi
“usuli jadid” maktabi 1893 yili Ismoilbekning bevosita yordami va madadi bilan Samarqandda ochildi.
Ikkinchi jadid maktabi esa Andijonda Sultonmurod boyning paxta tozalash zavodi binosida 1897 yili
o’quvchilarni qabul qildi. 1898 yili Qo’qonda Salohiddin domla, Toshkentda Mannonqori va andijonlik
SHamsutdin domlalar jadid maktablarini ochdilar. Bu ma’lumotlar albatta kamaytirib ko’rsatilgan, chunki
chor ma’murlari xususiy holda ochilgan bunday maktablarni to’la hisobga olish imkoniyatiga ega emas
edilar.
Turkistonda jadid maktablari soni o’sib borishida iqtisodiy omil ham asosiy o’rin tutardi. Turkistonda
sanoat va savdoni, ayniqsa paxtachilikni rivojlanishi natijasida yuz minglab, hatto, million so’mlab pulni
muomalaga kiritadigan, foydali aktsiyalarga, qimmatli qog’ozlarga, yirik xosildor yerlarga ega bo’lgan
sarmoyadorlar, badavlat tadbirkorlar mahalliy aholi orasidan yetishib chiqishi tezlashdi.
Kapitalistik munosabatlar o’ziga ko’proq qat’iyat bilan yo’l ocha boshladi. O’zbek boylari
kapitalistik sanoat korxonalari, paxta tozalash zavodlari sovun, yog’-moy kombinatlari o’z kapitallarini
hisobiga ko’ra boshlagan edilar. Mahalliy kapitalistlar, savodli xodimlar-hisobchilar, tarjimonlar, ish
yurituvchilar va hokazolarga muhtoj edi. Eski maktablar esa bunday xodimlarni yetishtirib berish
imkoniyatiga ega emas edi.
SHu sababli jadid maktablarining ochilishiga milliy burjuaziya vakillari hayrixohlik bildirib moddiy
jihatdan qo’llab kuvvatladilar. Bu maktablarning ko’plari paxta zavodlari hududida ochilar edi. Bu fikrning
isboti uchun Andijon shahridagi jadid maktablarni misol keltirish mumkin. “Andijondagi birinchi jadid
maktablari Sultonmurodboyning paxta tozalash zavodi binosida, Abdug’affor Aminning o’z mablag’idan
qurdirgan pishiq g’ishtli maktabxonasida, Zulunbek domlaning uyida, Orzuqulbek boyning paxta tozalash
zavodi idorasida ochilgan. Paxtachi boy M.U.Safonov ham Narimanov ko’chasidagi o’g’il bolalar va qizlar
o’qiydigan yagona jadid maktabini mablag’ bilan ta’minlab turgan”. “Andijon atrofidagi qishloqlarda 15 ta
jadid maktabi bo’lib, ulardan 12 tasi badavlat odamlarni uyida, 2 tasi masjid binosida va 1 tasi maxsus
binoda ochilgan. 1900 yilga kelib jadid maktablari yanada ko’paydi. Toshkentdagi SHayxontohur
dahasidagi “Gospitalь” bozori yonida Munavvarqori Abdurashidxonov maktab ochib bolalarni jadid
usulida o’qita boshladi.
Buxoro amirligida ham birinchi jadid maktabi katta shuhrat qozondi. SHu yili Po’stindo’z
qishlog’ida ham bunday maktab ochildi. Samarqandda esa Abduqodir SHakuriyning jadid maktabi katta
shuhrat qozondi. Rasmiy ma’lumotlarga ko’ra, 1903 yili Turkistondagi jadid maktablari soni 104 taga yetdi.
SHu tariqa Turkiston o’lkasida jadidchilik harakati keng quloch yoza boshladi. Albatta bunda
professor X.Voxidov ta’kidlaganidek: “Turkistonda jadidchilik harakatining shakllanishi va rivojlanishiga
Rusiya musulmonlarining milliy-ozodlik harakati mafkurachilarining ta’siri katta bo’ldi”.
Do'stlaringiz bilan baham: |