II-VARIANT
1. 1 tanob qanchaga teng?
A) 2 ming kv.m B) 2500 kv,m C) 3000 kv.m D) 3500 kv.m
2. Qoraqalpoqlarda ayrim biylar, yuzboshilar, mulla va eshonlarning yer-mulklari qancha bo’lgan?
A) 1-2 tanob B) 10 ming tanob C) 13 tanob D) 15 ming tanob
3. Qoraqalpoqlarda oddiy xalq tomorqalari qancha bo’lgan?
A) 1-2 tanob B) 10 tanob C) 13 tanob D) 15 tanob
4. Qachongi ma’lumotga ko’ra qoraqalpoqlarda urug’ning aksariyat oddiy a’zolari chorvaga ega bo’lishmagan?
A) 1870-1871-yillarda B) 1871-1872-yillarda C) 1872-1873-yillarda D) 1873-1874-yillarda
5. Qoraqalpoqlarning boy-badavlat a’zolari yordam sifatida o’z qarindoshlariga yerni hosilning teng yarmi-……..sharti bilan berishardi?
A) zakot B) solg’ut C) yarimchi D) jarmshi
6. 1871-1872-yil ma’lumotlariga ko’ra urug’ning ayrim boylari qancha qoramol va qo’y-qo’ziga ega bo’lishgan?
A) ming bosh qoramol va 1,5 ming qo’y-qo’zi B) ming bosh qo’y-qo’zi va 1,5 ming qoramol
C) 1,3 ming qoramol va ming bosh qo’y-qo’zi D) 1,4 ming qoramol va 1,5 ming qo’y-qo’zi
7. Qachonga kelib qoraqalpoqlar deyarli o’troq turmush kechira boshladilar?
A) XIX asrning 60-yillari B) XIX asrning 70-yillari C) XIX asrning 80-yillari D) XIX asrning 90-yillari
8. Qoraqalpoqlar Amudaryoning har ikala qirg’og’ini o’zlashtirib, qaysi ekinlarni ekishgan?
1. sholi 2.bug’doy 3.arpa 4.paxta 5.makkajo’xori 6. tariq 7.javdar 8.kanop
A) 1,2,3,4 B) 2,4,6,8 C) 1,3,5,7 D) 5,6,7,8
9. Qachon va qayerda chiqqan gazetada “Bu xalqning asosiy va birdan bir hunari dehqonchilikdir, mehnatsevarlik sharofatidan qoraqalpoq yerlari yaxshi sug’oriladi va hech qayerda hatto chig’ir bilan ko’tariladigan joylarda ham suv taqchilligi sezilmaydi” so’zlari yozilgan?
A) 1867-yil Fransiyada B) 1868-yil Rossiyada C) 1869-yil Eronda D) 1870-yil Hindistonda
10. Gandimiyon shartnomasidan keyin qayerda joylashgan qoraqalpoqlar yashaydigan yerlari Rossiya imperiyasi tarkibiga qo’shib olindi?
A) Amudaryoning o’ng qirg’og’i B) Sirdaryoning o’ng qirg’og’i
C) Amudaryoning chap qirg’og’i D) Sirdaryoning chap qirg’og’i
11. Amudaryo bo’limi turkiston general- gubernatorligiga kiruvchi qaysi viloyat tarkibida tashkil qilingan?
A) Sirdaryo B) Yettisuv C) Samarqand D) Turkiston
12. Gandimiyon shartnomasidan keyin Xiva xonligi tarkibida qolgan qoraqalpoqlar joylashgan hududni aniqlang.
A) Amudaryoning o’ng qirg’og’i B) Sirdaryoning o’ng qirg’og’i
C) Amudaryoning chap qirg’og’i D) Sirdaryoning chap qirg’og’i
13. Amudaryo bo’limida qoraqalpoqlar soni qancha edi?
A) 60 ming B) 70 ming C) 80 ming D) 90 ming
14. Ernazarbiy qo’zg’alonidan ajralgan bir guruh qo’zg’alonchilar qaysi qal’adan panoh topishgan?
A) Avliyoota B) Oqmachit C) Chimkent D) Xo’jand
15. Ernazarbiyning o’zi qurdirgan qo’rg’oni qaysi?
A) Qozoqdaryo B) Qozondaryo C) Quvondaryo D) Yangidaryo
avzu: 13.Qoraqalpoq madaniyati
1-Topshiriq.
1.seminar savollariga javob (qisqa)
Seminar savollari:
1.XVI – ХIХ аsrdа qorаqаlpoqlаrning turmush tаrzi vа хo’jаligi
Qoraqalpoqlar urug’larga bo’lingan, ularda yerdan foydalanish jamoa tariqasida kechar edi. Urug’lar sug’orish kanallari qazilishi uchun mas’ul bo’lishgan. Chorva xususiy mulk bo’lgani bois unga urug’ tamg’asi urilar va jamoa yaylovlarida boqilar edi. Qoraqalpoqlarning har bir ovul aholisi bitta urug’ga mansub edi. Qoraqalpoqlarni boshqarish qulayroq bo’lishi uchun Muhammad Rahimxon I “Qoraqalpoqlar ulusi”ni shakllantirdi, barcha qoraqalpoq jamoalari ana shu ulusga kirganIjtimoiy hayot. Qoraqalpoq urug’larini boshqarish biy va uning oqsoqollari qo’lida edi. Urug’ biylarini Xiva xoni tayinlar va uning mansabga tayinlanganligini tasdiqlovchi yorliq berilar edi. Biylar qo’l ostidagi urug’ning istagan a’zosiga aybi uchun jazo berar, o’zlariga yoqqan odamlarga tortiq va hadyalar in’om qilar edi. Xiva xonining alohida ishonchini qozongan biylarning vakolatlari yanada kengaytirilib, alohida muruvvat ko’rsatilgan. Har bir urug’ va qabilalardan jangovor otryadlar tuzilar, bu otryadlarga qoraqalpoq harbiy boshliqlaridan yuzboshilar tayinlanar edi. XIX asr o’rtalarida butun qoraqalpoq urug’larini boshqarish, soliqlar undirish, harbiy xizmatni o’tash majburiyatlariga doir ishlarni yanada tartibga solish maqsadida beklarbegi tayin etilgan. Ayrim tumanlarni idora qilish uchun esa xon o’zining qarindosh-urug’lari va ishonchli odamlarini qoraqalpoqlar yashayotgan quyi Amudaryo va Orolbo’yi hududlariga jo’natib turdi. Shuningdek, ularga yordam berish uchun qozilarni ham qo’shib yubordi. Xo’jaligi va mashg’ulotlari. Qoraqalpoqlar XIX asrning ikkinchi yarmiga kelib o’troqlashib, dehqonchilik ular hayotida asosiy o’rinni egallay boshladi. Ammo chorvachilik ham yetakchi sohalardan biri bo’lib qolaverdi. Dehqonchilik ishlari qizg’in vaqtlarda qoraqalpoq oilalari ekinzor yerlarning qulay bir joyiga o’z o’tovlarini qurib mehnat qilganlar. Ana shunday tinch mehnat bilan band bo’lgan paytlarda bosqinchilik bilan boylik orttirishni kasb qilib olgan qaroqchi guruhlar qoraqalpoqlar o’tovlariga to’satdan hujum qilar edi. Bu kutilmagan bosqin natijasida ular ko’plab mol-mulklaridan ajralardi. Bunday paytlarda yurt oqsoqollari Xiva xonidan o’zlarini himoya qilishni so’rab choparlar yo’llardilar. Qoraqalpoqlarda urug’chilik va qabilaviy munosabatlar. XIX asrda ham qoraqalpoqlarning ayrim ovullarida urug’ munosabatlari mustahkam tarzda davom etdi. Xitoy-qipchoq, mang’it va kenagas qabilalari tarkibidagi urug’lar “o’n to’rt urug`” – aris (urug’) birlashmasini tashkil qil;gan. Arislar orasida eng yirigi o’n to’rt urug’ bo’lsa, harbiy kuch borasida ikkinchi o’rinda shulluk va joungurni birlashtirgan aris-qo’ng’irotlar turar edi. Ularda yer-suv mulki, chorva mahsulotlari urug’niki deb hisoblansa-da, urug’ oqsoqollari, ruhoniylar va biylarning ulushi katta miqdorni tashkil qilgan. Bu hol XIX asr ikkinchi yarmida tabaqalanish jarayonining kuchayishini yanada tezlashtirdi. Qorqalpoq urug’larini boshqarish biy va uning oqsoqollari qo’lida bo’lgan. Urug’ biylarini Xiva xonlari tainlar va mansabga tayinlanganligini tasdiqlovchi yorliq berar edi. Biylar qo’l ostidagi urug’ a;zosini jazolar, loyiq deb bilgan odamlrga tortiq va hadyalar in’om qilardi. Xiva xonining ishonchini qozongan biylarning vakolatlari yanada kengaytirilib ularga alohida muruvvat ko’rsatilgan.XIX asrning ikkinchi yarmida butun qoraqalpoq urug’larini boshqarish, soliqlarni undirish, harbiy xizmatni o’tash majburiyatlariga doir ishlarni tartibga solish maqsadida beklarbegi lavozimi tayin etilgan.Urf-odatlari va turmush tarzi. Qoraqalpoqlarda urug’chilik o’ziga xos qadriyat bo’lib, uning ta’siri oila va qarindoshchilik munosabatlarida ko’zga tashlanib turar edi. Har bir urug’ o’z qavmining mustahkamligini ta’minlashga intilgan.Har bir urug’ning o’ziga xos dafn marosimlari bo’lib, ularning qabristonlari ham alohida edi. An’ana bo’yicha qabristonga ularda shu urug’ning mashhur avliyo yoki pir darajasidagi kishilari dafn etilgan.To’y marosimlarida urug’ning barcha a’zolari ishtirok etishi shart bo’lgan. Umuman olganda, qoraqalpoqlar ko’chmanchilikdan o’troq turmushga o’tishgacha bo’lgan uzoq davrda, xalq bo’lib shakllanish jarayonida o’ziga xos ma’naviy-moddiy qadriyatlar yaratdi. Mehr-oqibat, insonparvarlik g’oyalari bilan sug’orilgan turmush tarzi shakllandi. “Qirqqiz” va boshqa turkiy xalqlarning ma’naviy mulki bo’lgan turli xil dostonlarda mardlik, erksevarlik, Vatanga sadoqat, sof sevgi, or-nomus ustuvor edi. Bu g’oyalar qoraqalpoqlar xalqi hayotidan mustahkam o’rin oldi.
2.XVI – ХIХ аsrlаrdа qorаqаlpoqlаrning mаdаniy hаyoti
Qoraqalpoq xalqining madaniyati. CHimboy, Qo’ng’irot, Xo’jayli shaxarlarida qoraqalpoq xunarmandlari ko’pchilikni tashkil qilgan. Masalan, temirchi, duradgor, kigizbosuvchilar, zargarlar, bo’yoqchi, kulolchi, to’qimachikabilar. Ustaxonada 3-4 odamishlagan. SHogirdlar 12-13 yoshdan qabul qilingan.Orol dengizi bo’yi Terbenbes ovulida Arzimbet zargarning ishlari tarixi yasarlard ata’kidlanadi. U qoraqalpoq ayollarining sevimli bezagi savkalani moxirona ishlagan. Sirg’a, bilaguzuk, uzuk, xaykal, o’ngirmunchoq, zebigardon tumorchalar ham yasagan. Ayniqsa, qoraqalpoq yigitlari qiyadigan cho’girmalarini tikish yuksak maxorat talab etgan.Yana bo’rk tikib kiyishgan. Uni qoraqalpoqlar quroch de batashadi. Ayollar, qizlar kiyimlari orasida ham asrlar osha qadri tushmay kelayotganlari bor.Qoraqalpoqlar Nukus, Qiyot, Qo’ng’irot, Qipchoq kabi shaxarlarda yashaganlar. Zarafshon vodiysida XIX asrning birinchi yarmida qoraqalpoqlarning 37 ovuli mavjud bo’lgan. Mazkur shaxarlarning eng yirigi Qo’ng’irot bo’lib, u Orolliklar markazi bo’lgan. Xo’jayli Orol birlashmasi bilan Xiva orasidagi savdo markazi bo’lib, bojxona shu shaxarda joylashgan.Yana Mang’it, CHimboy, Jangaqal’a, Oydo’sqal’a, Ernazarqal’a, Ko’ko’zak, Eshonqal’a shaxarlari qoraqalpoq xalqi tomonidan yaratilgan madaniy va me’morchilik yodgorligi markazlari xisoblanadi.
Qoraqalpoq yoshlari Buxoro va Xiva shaxarlarida o’qiganlar. Qoraqalpoqlar yurtida XIX asr boshlarida 318 ta maktab, Qoraqum Eshon, Qalilaoxun, Egambergan oxun, Oybiteshon, Eshonqal’a va boshqa mavzelarda madrasalar bo’lgan.Qoraqalpoqlar o’z to’y-ma’rakalarini qo’shiqsiz, dostonlarsiz, tarixiy xangomalarsiz o’tkazmaydilar. Ularning xalq og’zaki ijodi judaboy. Qoraqalpoq folьklor namunalari 20 jildligining nashr etilgani fikrimizning dalilidir. Ular o’z so’z ustalari bo’lgan chechanlarni, jirov-baxshilarini qattiq sevdi. El oqsoqollari, raxbarlari yonidan qissaxonlar arimagan.O’zbeklarning afandisi bo’lsa, ularning O’mirbek laqqasi bor.
Qoraqalpoqlarning qaxramonlik dostonlari qadimdan ma’lum. Ulardan “Qirqqiz”, “Alpomish”, “Ko’blan”, “Mastpodsho” dostonlarida qoraqalpoqlarning voqealarga boy tarixi kuylanadi.Qoraqalpoqlarning xalq qo’shiqlarida el yo’lboshchilari, kaxramonlari Mamanbotir, Esangeldimaxram, Oydo’stbiy, Ernazarbiylar ulug’lanadi.Qozoq ma’rifatparvar olimi CHo’qon Valixonovaning “Qoraqalpoqlar saxrodagi birinchi shoir ham qo’shiqchilar, shundan keyin qirg’izlar ham turkmanlar”, degan so’zlari bejiz aytilmagan.Qoraqalpoq xalqi og’zaki ijodi janr jixatidan lirik va epik asarlarga bo’linadi.Qoraqalpoq adabiyotida XVII-XVIII asrlardagi tarixiy voqealarni badiiy shaklda aksettirgan “Qirqqiz” dostoni aloxida o’rin tutadi. Bu asar qoraqalpoq xalq qaxramonlik eposidir.Asar erksevarlik, vatanparvarlik va insonparvarlik g’oyalari bilan sug’orilgan. Asarning bosh qaxramoni Guloyim o’zining qirq nafar dugonasi va o’z sevgilisi Arslon bilan birga Eron shoxi Nodirshox hamda qalmoqxoni Surtoysha xujumidan yurtini himoya qilishga otlanadi. Guloyim Xorazmni ozod qilib, u yerda qoraqalpoq, turkman, o’zbek va qozoq xalqlari vakillarini birlashtirgan davlat tuzadi.Asarda Guloyim bilan bir qatorda jang qilgan Oltinoy, O’tbosgan, Arslon, Sarvinoz kabilar tisolida mardlik, jasurlik, vatanparvarlik, insoniylik, ayni paytda dushmanga nisbatan shafqatsizlik xisloatlari o’z ifodasini topgan.Qoraqalpoq yozma adabiyoti. XVIII asrdan boshlab qoraqalpoq yozma adabiyoti shakllandi va rivojlana boshladi.XVIII-XIX asrning birinchi yarmida qorqoraqalpoq adabiyotining ko’zga ko’ringan qator namoyandalari qalam tebratganlarki, ularning nomlari bugungi kunda xam ardoqlanadi. Ulardan biri Jien Jirov (1730-1784) edi. U mashxur baxshi sifatida kamol topdi. Ayni paytda she’rlar xam bitdi. “Xayr endi, do’stlar”, “Yuragimda ko’p dog’im”, kabi she’rlarida jamiyatdagi noxaqliklardan noliydi.Jien Jirav xajviy asarning xam ustasi edi. U “Xoy xonimiz,xonimiz” kabi xajviy she’rlarini yaratgan.Ma’lumki, qozoq xoni Abulxayrga qarshi olib borilgan urushda qoraqalpoqlar yengilgan edi. Bu mag’lubiyat natijasida ular azob-uqubatlarga duchor etilgan. Xususan, Sirdaryo bo’ylaridagi qoraqalpoqlar xar yoqqa tarqab ketganlar. Ularning bir qismi esa Toshkent atrofiga ( CHirchiq bo’ylariga), boshqa bir qismi esa Qizilqum orqali Xorazmga ( Orol dengizining janubiy soxillariga) ko’chib ketganlar. Mana shu mashaqqatli ko’chishlarning guvoxi bo’lgan Jien Jirov o’zining “ Darbadar el” nomli dostonini yaratgan edi.Qoraqalpoq adabiyotining ko’zga ko’ringan vakillaridan yana biri Kunxo’ja Ibroxim o’g’li (1799-1830 yy) edi.Uning butun umri muxtojlikda o’tgan. SHoirning “O’roqchilar”, “Oq qamish”, “CHo’ponlar” kabi she’rlari diqqatga sazovordir.Ajiniyoz Kasibay o’g’li (1811-1878 yy) qoraqalpoq xalqining atoqli shoirlaridan biri. Mo’ynoqdagi eski maktabda o’qigan. Keyin Xivadagi SHerg’ozixon madrasasida ilm olgan. SHoirning “ Bo’zatov” dostonida qorqalpoq xalqining boshqa yurtlarga ko’chib ketishiga majbur etilganligi, katta maxorat bilan bayon etilgan. Ajiniyoz shoir she’rlarida vatanparvarlik, insonparvarlik g’oyalari ustun turadi. SHoir Ajiniyozni butun O’rta Osiyoda tanitgan asari “Qiz Mengash bilan aytishuv” asari edi.Qoraqalpoq xalqi adabiyoti uning asoschisi Berdaq (1827-1900 yy) nomi bilan mashxurdir.Berdimurod Qarg’aboy o’g’li Berdaq yoshligidan ota-onasidan yetim qolib, bir burda non uchun ovulma-ovul ish qidirishga majbur bo’lgan. U ijodini 18-19 yoshlarida do’mbira chertib she’r aytishdan boshlangan. 25 yoshida iste’dodli shoir sifatida xalq orasida tanildi. Uning she’rlarida xalqning xayotida aks ettirilgan. Berdaq tarixiy mavzularida xam qalam tebratgan. Uning “Avlodlar”, “Omongeldi”, “Oydosbiy”, “Ernazarbiy” kabi asarlarida xalq qaxramonlari faxr bilan kuylanadi.
2-Topshiriq.
2.qoraqalpoq yozuvchi va shoirlaridan birini ijodini tahlil qiling.(ijodni tarix bilan bog’lab yondoshiladi)
Berdimurod Qargʻaboy oʻgʻli Berdaq Qaroqalpogʻistonning hozirgi Moʻynoq tumanida baliqchi oilasida tugʻildi. U yoshlikda ota-onasidan yetim qolib, bir burda non uchun ovulma-ovul Oʻrta Osiyo shahar va qishloqlarini kezib chiqdi. Berdaq avval ovul maktabida, keyin madrasada tahsil oldi. Lekin madrasada oʻqishni oxiriga yetkazolmay, uni tashlab ketishga majbur boʻldi. Shundan soʻng butun umrini muhtojlikda oʻtkazib, 73 yoshida vafot etdi.
Berdaqning ijodi 18-19 yoshlarida dembira chertib sheʼr aytishdan boshlandi. 25 yoshida u isteʼdodli shoir sifatida xalq orasida tanildi. Berdaqning sheʼrlari mehnatkash xalqning ogʻir hayotini aks ettirishga, Xiva xonlari va chor hukumati amaldorlarining zulmiga qarshi xalq noroziligini ifodalashga bagʻishlangan edi.Berdaq xalq hayotini, uning ezgu orzu-istaklarini yaxshi bilgan shoir edi. Shuning uchun uning sheʼrlarida xalqparvarlik ruhi kuchli. Masalan, oʻzining “Xalq uchun” nomli sheʼrida shoir yoshlarni mehnatkash xalq uchun jonini ayamaslikka chaqiradi.Berdaq sheʼrlarida xotin-qizlar obrazini yaratishga katta oʻrin berilgan. Berdaq “Shajara”, “Xorazm”, “Amongeldi”, “Aydoʻsbiy” va “Ahmoq podsho” dostonlarining ham muallifidir. Bu dostonlarda, xususan, “Ahmoq podsho” dostonida u zolim hukmdorlarni shafqatsiz tanqid qildi.1961 yilda Berdaqning sheʼrlar toʻplami oʻzbek tilida bosilib chiqdi.Berdaq qoraqalpoq xalqining mashhur demokrat shoiridir. U XIX asrda yashab ijod etgan. Shoirning asl ismi Berdimurod Qargʻaboy oʻgʻli boʻlib, Berdaq uning taxallusidir. Mutafakkir toʻgʻrisida maʼlumotlar kam saqlanib qolgan. Uning tarjimai holi va ijodiga oid maʼlumotlarni, asosan, oʻzining asarlarida uchratish mumkin. U Orol dengizining janubida joylashgan Moʻynoq tumanining Oqqalʼa degan joyida dunyoga kelgan. Berdaq oʻn yoshligidayoq otasi Qargʻaboy Boʻronboy oʻgʻli va onasidan ayrilgach, amakisi Qoʻchqorboyning qoʻlida tarbiya koʻra boshlaydi.Berdaq oʻn yoshidan ovul maktabiga, maktabni bitirgandan soʻng oʻz bilimini yanada chuqurlashtirish maqsadida oʻsha davrda yirik ilm maskani hisoblangan Qoraqum eshon madrasasida tahsil oldi.U yoshligidan boshlab sheʼr yozishni mashq qila boshladi. Xalq qoʻshiqlari, turli afsonalar, ertaklar, maqol va matallar, dostonlar bilan tanishish, mashhur shoirlarning sheʼrlaridan bahramand boʻlish mutafakkir badiiy ijodini kamolga yetib shakllanishida muhim ahamiyat kasb etdi. Shunday qilib, Berdaq asta-sekin mashhur shoir va xalqqa tanilgan baxshiga aylana bordi. Eng muhimi, sheʼrlariga oʻzi kuy bastalab kuylay boshladi.Berdaq koʻp shaharlarga sayohat qildi. Markaziy Osiyoning yirik shaharlarida boʻldi. Urganch va Buxoroni ziyorat qilib, qadimiy yodgorliklar bilan tanishdi. Berdaq Alisher Navoiy, Fuzuliy va Maxtumquli ijodlarini chuqur oʻrganib, sheʼrlarini mutolaa qildi. Zamondosh shoirlar bilan musohib boʻldi. Berdaq sheʼrlarining aksariyati kambagʻal, beva-bechoralarning ayanchli hayoti, ularning ogʻir mehnati, boy-zodagonlarning ularga nisbatan qilgan shafqatsizligi, zoʻrovonligi va adolatsizligiga bagʻishlangan. Uning sheʼrlarida insonparvarlik, tenglik, saxiylik, adolat, vatanparvarlik, mehr-shafqat, qahramonlik va mardlik, mustaqillik, milliy ozodlik va haqiqat uchun kurash, mehr-muhabbat kabi umuminsoniy va milliy qadriyatlar oʻz aksini topgan.Berdaqning sheʼr va dostonlari xalq ommasining turmushini xolisona va haqqoniy tasvirlab berish bilan ajralib turadi. ayniqsa, Xiva xonligi va Chor Rusiyasi hukmronligi davrida oddiy xalqqa nisbatan oʻtkazilgan zulm-zoʻrliklar shoirning bir qator sheʼrlarida ochiq tasvirlab berilgan. Shuning uchun u oʻz zamonasidagi adolatsizlikdan, xon gumashtalaridan, soliq yigʻuvchilardan,miroblarning oʻzboshimchaligidan, zolimligidan noliydi, inson qancha mexnat qilmasin, muhtojlikdan chiqaolmasligidan zorlanadi:
Chaqqon odim tashlab, mehnat qilmasang,
Kun koʻrmoqlik qiyin boʻldi bu zamon.
Maqsadingga oʻylab-oʻylab yetmasang,
Qiyin boʻldi kun koʻrmoqdik bu zamon.
Berdaq oʻzining “Soliq”, “Boʻlgan emas”, “Bu yil” kabi sheʼrlarida xon va beklarning olib borayotgan siyosatini qoralaydi, ularning mehnatkash xalqqa oʻtkazayotgan zulmini, shafqatsizligini tasvirlaydi. Berdaq insonni yuksaklikka koʻtaradi, xalqni katta kuch ekanligini taʼkidlab, hukmron sinf vakillarini mehnatkash xalqni hurmat qilishga, ularga yordam berishga chaqiradi. Shoir oʻzini xalqning ajralmas bir qismi, deb tasavvur qiladi.
Soʻzim oʻlmas, doim tirik qolaman,
Xalqim bor–ku, yovdan oʻchim olaman…
Berdaq oʻzi yashayotgan tuzumni, uning tartiblarini tanqid ostiga oladi. Shoirning fikricha, mavjud siyosiy tuzum mehnatkash xalqni haq-huquqlarini va manfaatlarini himoya qila olmaydi. Bunday tuzumda faqat adolatsizlik, haqsizlik, taʼmagirlik, oʻzboshimchalik va boshqa insonga xilof illatlar hukm suradi. Shoir zolimlardan zorlanib bunday deydi:
Zolimlar tinglamas faqirning zorin,
Ular oʻylar oʻz foydasin, oʻz qornin,
Hech qachon zolimlar qoʻldagi borin,
Ep qoʻrmaslar, bor boʻlsada, xalq uchun.
Berdaq oʻzining ijtimoiy-siyosiy masalalarga bagʻishlangan asarlarida, Sharqning boshqa mutafakkirlari kabi jamiyatni odil va maʼrifatli podshoh boshqarishi lozim, degan fikrga keladi. U oʻz davridagi adolatsiz va zolim xon davlatni boshqarishga yaroqsiz, deb hisoblaydi.Shoirning “Omongeldi”, “Xalq uchun”, “Aydosbiy”, “Yaxshiroq”, “Boʻlgan emas”, “Yernazarbiy” asarlarida qoraqalpoq xalqining xonlar zulmiga qarshi qahramonona kurashi, milliy-ozodlik harakati aks ettirilgan.Berdaq inson oʻz faoliyatida, xatti-harakatida, maqsadiga erishishida erkin ekanligini yozadi. Masalan; u “Axmoq podsho” dostonida ayrim boylar va amaldorlarning jabr-zulmi oxirgi nuqtasiga borib taqalgandan soʻng sabr-toqati tugagan xalq oʻz ixtiyori bilan ularga qarshi bosh koʻtaradi, deydi. Berdaq ijodiy merosida axloq, xulq-odob, nafosat va goʻzallik masalalari muhim oʻrinni egallaydi. Uning sheʼrlarida milliy va umuminsoniy qadriyatlar, vatanparvarlik, xalqlar doʻstligi, oddiy axloq qoidalari toʻgʻrisida qimmatli fikrlar uchraydi. Shoirning aytishiga qaraganda, baʼzi mulla va eshonlar xalq oldida oʻzlarini halol va pok, adolatparvar etib koʻrsatadilar. Amalda esa buning aksini koʻramiz. Shoir ularning munofiqligini fosh etib tashlaydi. Berdaq oʻzining axloqiy qarashlarida Sharqning eng yaxshi anʼanalarini davom ettirdi. U “Izladim”, “Xalq uchun”, “Yaxshiroq”, “Menga kerak” kabi sheʼrlarida kishilarning halol mehnatini ulugʻlaydi. Uningcha, har bir odamning asosiy burchi xalqqa va uning farovonligi yoʻlida xizmat qilishdir. Berdaq axloqiy qarashlarining yana bir muhim tomoni – kishilarni hurmat qilish, ayniqsa, qarilar, zaif va nogironlar, kambagʻal va beva-bechoralarni izzat nafsiga tegmaslik, ularga iloji boricha yordam koʻrsatishdir. Berdaq xuddi Navoiy kabi odamlarni axloq-odobiga qarab, ularni ikkiga: yaxshi va yomonga boʻladi. Yaxshi odam deganda, u butun insoniy fazilatlarni oʻzida toʻplagan dono, aqlli, bilimdon, oʻzgalarga yordam beruvchi, feʼl-atvori goʻzal kishilarni koʻz oldiga keltiradi. Yomon odam esa Berdaqning nazarida, xalqning ofatidir, u xalqni ham, ogʻa-inini ham qadriga yetmaydi. Umuman olganda, shoir axloqiy qarashlarining markazida insoniylik turadi.Berdaq qoʻp sheʼrlarida bolalarni tarbiyalash, kattalarni hurmat qilish, yosh avlodga vatanparvarlik, oʻz xalqiga muhabbat, xalqlar oʻrtasida doʻstlik va birodarlik gʻoyalarini singdirishga intildi.Berdaq qoraqalpoq xalqining mashhur shoiri, asl farzandidir. Qoraqalpogʻistondagi koʻpgina maktablar, koʻchalar, kinoteatrlar, kutubxonalar shoirning nomiga qoʻyilgan. Shuningdek, Berdaq nomidagi Qoraqalpogʻiston davlat mukofoti taʼsis etilgan. Bu mukofot badiiy adabiyot, sanʼat va meʼmorchilik sohasidagi eng yaxshi ishlarga beriladi.Berdaqning yuksak insonparvarlik ruhi bilan sugʻorilgan adabiy, ijtimoiy-siyosiy va falsafiy gʻoyalari hozirga mustaqillik sharoitida ham oʻz tarbiyaviy ahamiyatini saqlab qolmoqda.
Berdaq ijodidan:
Boʻlgan emas
Dunyo yaralgandan beri
Podshoh odil boʻlgan emas,
Shoirlar qalam olganda
Xatga toʻgʻri solgan emas.
Inaqu bekning bollari,
Har neki yetdi qoʻllari.
Ochiq, keng edi yoʻllari,
Hech vaqt horib, tolgan emas.
Berdaq……..
Do'stlaringiz bilan baham: |