Tana savdosi
Bu so‘z birikmasi zikr qilingan hamono fohisha va zinokorlar esga keladi. Zino Qur’onda ham, hadisda ham man qilingan, haddan o‘tgan buzuq va oqibati xatarli narsadir. Ma’naviy tuban, o‘z qadrini poymol qilgan ayol va erkak bu yo‘lga yuradi. Zinokorlar nafaqat o‘zlarini xonavayron qilishadi, balki ular tufayli eldan baraka ko‘tariladi, qahatchilik yuz beradi. Zino sababli qotillar paydo bo‘ladi. Ular bu yo‘lga kirgan ayollarning homilalarini olish bilan mashg‘ul. Qizlar, ayollar zino orqali, xiyonat sababli homila orttirib, qilar ishni qilib bo‘lishgach, o‘zlarini bu “sharmandalik yuki”dan qutqaradigan “xaloskor” izlab qolishadi. Kimlarningdir vositasida izlab topganlari o‘sha kimsalar homilani burda burda qilib olib tashlashadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |