Qarz savdosi
Qarz berishning savobi hadya berganning savobidan ko‘ra ko‘proqligi haqida hadisi sharif bor. Uzish niyatida qarz olgan kishiga Alloh taoloning O‘zi yordam beradi degan ma’noda Payg‘ambarimizdan (sollallohu alayhi va sallam) hadislar rivoyat qilingan. Xudo saqlasin u, agar banda yeb ketish niyatida birovdan qarz olsa, unday odam o‘z boshiga balo yuklab olgan bo‘ladi va niyatiga muvofiq bu qarzidan qutulolmay ketadi. Imtihon dunyosini tark etganidan keyin uning yaqinlari qarzini uzadimi-yo‘qmi, noma’lum. Shuning uchun mo‘min banda lozim vaqtlarda Allohning yordamidan umid qilib, uzish niyatida qarz olsa va bu qarzini chiroyli qilib uzib, qarz egasini rozi qilish harakatida bo‘lsa, inshaalloh, qarzidan qutulib, uning o‘zi ham, qarz bergan banda ham ko‘p ko‘p savobu ajrlarga erishadi. “Qarz” so‘zi aslida kesish ma’nosini beradi. Ya’ni, imkoni bor odam o‘zining mablag‘i yoki sarmoyasidan qandaydir bir qismini kesib, boshqasiga beradi. Olgan odam esa o‘sha kesilgan joyni yana qayta tiklab berishi lozim. Qur’oni majidning bir necha joyida
Do'stlaringiz bilan baham: |