ilgari ma`lum bo`lmagan qismlarini o`rganishga imkon berdi. Odam organizmi turli to`qima va organlari hujayralarining shakli har xil:
sharsimon, oval, kubsimon, tsilindrsimon, yulduzsimon, disksimon va hokazo bo`ladi. Hujayralarning hajmi ham har xil. Ular mikrometr
Hujayralarning shakli va hajmi har xil bo`lishidan kat`iy nazar, barcha tuqima va organlar hujayralarining umumiy tuzilishi bir-biriga
o`xshash bo`ladi. Hujayra uch qismdan: membrana (parda), sitoplazma va yadrodan tuzilgan (1,2-rasmlar).
30
Hujayra membranasi uning ustini qoplab turuvchi yupqa parda bo`lib, oqsil va yog` (lipid) lardan tashkil topgan. Membrana hujayrada
moddalar almashinuvi jarayonida, ya`ni hujayrani oziq moddalar, kislorod bilan ta`minlanishida, unda moddalar almashinuvi natijasida
hosil bo`lgan zaharli chiqindilar hujayradan qonga chiqarilishda muhim rol o`ynaydi.
Membrananing yana bir muhim xususiyati shuki, u hujayra ichidagi va hujayra tashqarisidagi (hujayralararo) suyuqliklardagi ionlar tarkibi
ma`lum muvozanatda bo`lishini ta`minlaydi. Membrana ichidagi va tashqarisidagi suyuqliklarda ionlar tarkibining har xil bo`lishi (hujayra
ichidagi suyuqlikda kaliy ionlari, tashqarisidagi suyuqlikda natriy ionlari kontsentratsiyasi yuqori bo`ladi) hujayrada biologik tok (biotok)
hosil qiladi. Hujayra biotoklari maxsus asboblar yordamida aniqlanadi. Bu turli to`qima va organlarning ish faoliyatini o`rganishga imkon
beradi. Masalan, yurak muskullarining biotoklari elektrokardiograf asbobi yordamida maxsus lentaga yozib olinadi, shunga qarab
mutaxassislar yurakning faoliyati hamda xulosa chiqarib, kasallikni aniqlaydilar.
Hujayra tsitoplazmasi membrananing ichida joylashgan. Tsitoplazmaning tarkibi organik va anorganik moddalardan iborat. Tsitoplazma
organoidlariga: mitoxondriya, ichki membrana lizosoma, Golji kompleksi, ribosoma, tsentrosoma kabilar kiradi. Bu organoidlarning har
biri maxsus vazifani bajaradi. Mitrxondriyalar hujayraning energiya stantsiyasi yoki kuch beruvchi markazi hisoblanadi, ya`ni unda
adenozintrifosfat kislota (ATF) va kreatinfosfat kislota (KF) sintez qilinadi va to`planadi. Hujayra qo`zg`alib ish bajarganda, bu kislotalar
parchalanib, energiya hosil qiladi. Ribosomalar hujayrada oqsillarni sintezlaydi, shuning uchun ular oqsillar fabrikasi deyiladi. asamalar -
fermentlardan iborat bo`lib, ular hujayradagi oziq moddalarni mayda zarrachalarga parchalaydi, Shu tufayli ular shartli ravishda
hujayraning ovqat hazm qilish organi deb ataladi. Tsentrosoma yadro yaqinida joylashib, hujayraning bo`linishida muhim rol o`ynaydi,
Gol`ji kompleksi to`rsimon shaklda bo`lib, hujayraning bo`linishida, uning ba`zi eskirgan qismlari yangidan sintezlanishida ishtirok etadi.
Hujayra yadrosi tsitoplazmaning markazida joylashgan bo`lib, hujayraning barcha hayotiy jarayonlarini boshqaradi va uning ko`payishini
ta`minlaydi. Yadro sharsimon shaklda bo`lib, ustidan yupqa parda bilan o`ralgan, ichida esa mayda donacha shaklidagi moddalar bo`lib,
ularning ayrimlari maxsus bo`yoqlarda bo`yaladi. Ular xromatin yoki xromosoma deyiladi. Xromosomalarning tarkibida
dezoksiribonuklein kislota (DNK) bo`lib, y adenin, guanin, timin, tsitozindan, tuzilgan. Bular, fosfat kislota va qand moddasi billaan
birikib, nukleotid molekulasini hosil qiladi. Nukleotidlar hujayraning genini hosil qiladi. Hujayradagi bitta xromosoma tarkibida
mingtagacha gen bo`ladi. Xromosoma va genlar hujayraning nasl apparati hisoblanadi. Ota-ona tanasining shakli, bo`yi kabi yirik belgilar
bolaga xromosomalar orqali o`tadi, ota-ona tana tuzilishining mayda belgilari dahan, burun, lab, iyak, tovonlar, barmoqlarning shakli,
bo`yi kabi yirik belgilar bolaga xromosomalar orqali o`tadi. Tananing barcha hujayralari yadrosida 46 ta xromosoma bor, jinsiy hujayralar
yadrosida esa 23 ta xromosoma bo`ladi. Erkak va ayol jinsiy hujayralari qo`shilganda ikkita jinsiy hujayradan bitta hujayra, ya`ni homila
vujudga kelib, uning yadrosida 46 ta xromosoma bo`ladi.
Tashqi muhitning ba`zi zararli omillari, ya`ni radiatsiya, kimyoviy va narkotik moddalar, spirtli ichimliklar, ba`zi kasalliklarni
qo`zg`atuvchi mikroblar va viruslarning zaxari kabilar hujayraning nasl apparatiga - xromosoma va genlarga ta`sir etib, ularning faoliyatini
buzadi (mutatsiyalaydi). Bunday o`zgargan xromosoma va genlarning ota-onadan bolaga berilishi har xil irsiy kasalliklar kelib chiqishiga
sabab bo`ladi.
Hujayraning kimyoviy tarkibi, Hujayraning barcha tarkibiy qismlari anorganik va organik moddalardan tashkil topgan. Hujayra tarkibida
fosfor, oltingugurt kaltsiy, kaliy, natriy, xlor, temir, magniy, kremniy kabi makroelementlar va yod, mis, kobalt, rux, nikel, oltin kabi
mikroelementlar bo`ladi. Hujayra tarkibining 70% dan ko`prog`ini suv tashkil etadi. Suv erituvchi xususiyatga ega bo`lib, u hujayradagi
barcha hayotiy jarayonlarda muhim rol o`ynaydi. Suv, mikro va makroelementlar hujayraning anorganik moddalaridir.
Hujayra tarkibidagi organik moddalarga oqsillar, yog`lar, uglevodlar, nuklein kislotalar kiradi.
Oqsillar hujayraning, asosiy tarkibiy qismi hisoblanadi. Oqsil tarkibining asosiy qismini uglerod, vodorod, kislorod, azot tashkil etadi.
Bundan tashqari, Oqsil tarkibida fosfor, oltingugurt kabilar ham bo`ladi. Oqsil muhim plastik ahamiyatga ega bo`lib, u hujayraning barcha
hayotiy jarayonlarida, ko`payishida va eskirgan tarkibiy qismlarining yangilanib turishida asosiy vazifani bajaradi.
Yog`lar ham hujayraning tarkibiy qismiga kiradi. Ular asosan uglerod, vodorod va kisloroddan tashkil topgan bo`lib, plastik va energetik
vazifani bajaradi.
Uglevodlar ham yog`larga o`xshab uglerod, vodorod va kisloroddan tashkil topgan bo`lib, ular asosan energetik ahamiyatga ega.
Do'stlaringiz bilan baham: