62. Travmatik shok haqida tushuncha bering.
Travmatik shok kuchli shikastlanish natijasida ro’yobga keluvchi tananing umumiy reaksiyasi bo’lib, unda organizmning hayotiy muhim
a'zolarining faoliyati qisqa muddat ichida bo’ziladi. Bu faza bilan kechuvchi patologik jarayon hisoblanadi. Travmatik shokning tasnifi. U
ikki fazadan iborat: Erektil' (lotincha erigo, erectum to’g‘rilash, ko’tarish) va torpid (lotincha torpidus dong qotib qolgan, behush). Ba'zi
mualliflar uchinchi terminal fazani ham qo’shadilar. Erektil faza shok reaksiyasining boshlanishida paydo bo’ladi. Bu faza odatda qisqa
bo’lsada unda travmatik shokda ro’y beruvchi o’zgarishlar namoyon bo’ladi. Uning klinik belgilari keng yoritilgan: bemorning nutqi
vaharakat qo’zg‘alishi kuchli namoyon bo’lib, emosional belgilarga boydir. Bemor hushini yo’qotmagan bo’lsada, atrof muhitni anglay
olmaydi. Teri oqargan, sovuq terga botgan bo’ladi. Qorachig‘i o’rtacha kattalashgan, pay va mushak tonuslari kuchaygan. Qon bosimi
me'yorda yoki oshgan. Tomir urishi 100-110 ta minutiga, nafas olishi tezlashgan. Erektil fazasi qanchalik kuchli bo’lsa, torpid faza
shunchalik og‘ir o’tadi. Torpid fazada ham ma'lum barqarorlik kuzatiladi: unda uch davrni farqqilsa bo’ladi: boshlang‘ich, barqarorlashgan
davr va oxirgi davr. Bu davrlar patologik jarayonni belgilab, organizmning turli funksional holatiga mosdir. Bu faza umumiy reaksiyaning
keskin pasayishi, loqaydlik, sustlik, teri sathining oqarishi, og‘riq, termik sezgirlikning pasayishi va pay reflekslarining namoyon bo’lishi
bilan kechadi. Arterial va venoz bosimning kamayishi, pul'sning 22 tezlanishi va behollik, nafas olishning tezlashib, uning yuzaki bo’lishi
bilan ifodalanadi. Modda almashinuvi keskin bo’ziladi. Erektil' faza belgilari: 1.Bemor og‘riqdan qattiq qichqiradi. 2.Tezlik bilan yordam
ko’rsatishlikni talab qilib baqirib-chaqiradi. 3.So’zlari bir-biriga bog‘liq bo’lmagan uzuq -yuluq bo’ladi. 4.Yuzlari qizargan, nafas va tomr
urishi tezlashgan, arterial bosim biroz ko’tarilgan. Torpid faza belgilari: 1.Bemor holsiz, e'tiborsiz, hech narsadan shikoyat qilmaydi, yordam
ham so’ramaydi. 2.Tanasi sovuq, yuzi oqargan, nigohi harakatsiz uzoqqa qaragan. 3.Tomir urishi ipsimon bilinar-bilinmas. 4.Nafas olishi
pasaygan. 5.Berilgan savollarga javob bermaydi yoki shivirlab javob beradi. Jarohatga tegilsa, og‘riq sezmaydi. 6.Arterial qon bosimi keskin
tushgan. Klinik belgilarining og‘irligiga qarab shok 4 bosqichga bo’linadi. Shokning I bosqichi (engil). Bemorning umumiy ahvoli nisbatan
yomon emas. Tomir urishi 90-100. Qon bosimi 100-95/60-55 mm simob ustuni hisobida, yengil mushak titrashi seziladi. Shokka qarshi
qilingan harakat o’z foydasini beradi. Shokning II bosqichi (o’rtacha og‘irlikda), teri va ko’rinib turgan shilliq. qavatlar o’ta oqargan, nafas
olish yuzaki, minutiga 30-32 marta, pul's 110-120 marta. Bo’zilgan a'zolar faoliyatini o’z holiga keltirish uchun shokka qarshi qunt bilan
davolash o’tkazish kerak. Shokning III bosqichi (og‘ir shakli), teri sathi va ko’rinib turadigan shilliqqavatlar oqargan yoki oqish -
ko’karganda bemor terga botgan, nafasi 30-40 marta, qon bosimi 70-50 mm (40-30 mm) simob ustuni hisobida. Bemor o’ta sust, harorati
pasaygan. Tananing hamma funksional belgilari juda notekis, reanimasion tadbirlarni talab qiladi. Shokning IV bosqichi (agonal oldi va
agonal holatlar). Nafas olish juda siyrak, periferik tomirlar urishi va qon bosimi aniqlanmaydi. Bu holatni tiklash og‘irroq. Shokning
patofiziologiyasi. Shokning asosiy belgilaridan biri ichki a'zolarning, asosan parenximatoz organlarning kapillyarlarida yetarli perfuziyaning
bo’lmasligidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |