Birinchi signal sistemasi — tashqi va ichki muhit taʼsirotlari (yorugʻlik, tovush va h. k.) odam hamda hayvonlarning reseptorlarta taʼsir
etganda, bosh miya katta yarim sharlari poʻstlogʻida hosil boʻladigan nerv jarayonlari majmui. Birinchi signal sistemasi s. voqelikni sezgi
va tuygʻular shaklida bevosita aks ettiradigan asosdir. Birinchi signal sistemasi s. terminini I. P. Pavlovjoriy etgan (1932). Uning
taʼkidlashicha, hayvonlar koʻruv, eshituv va boshqa reseptorlarga taʼsir qiladigan taʼsirotlar tufayligina voqelikni sezib turadi. Odamda
bevosita taʼsirotlarni idrok etadigan birinchi signal sistemasi va nutqni idrok etadigan ikkinchi signal sistemasi bor; bu ikkala signal sistemasi
sifat jihatidan turlicha bulsada, bir-biri bilan chambarchas bogʻlangan, bir butun holda (oliy nerv faoliyati qonuniyatlari asosida) ishlaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |