Siydik chiqarish kanali (uretra) — odam, umurtqali hayvonlar va baʼzi umurtqasizlarda qovuqdan tashqariga siydik chiqadigan yoʻlning
uchki qismi. Nay shaklida, devori ichki (shilliq) parda, muskulli va biriktiruvchi toʻqimali qavatlardan iborat. Ayollar Siydik chiqarish
kanalik. (uzunligi 4—5 sm) qovuq tubidagi teshikdan boshlanib, tashqi teshigi qin daxliziga klitordan bir oz pastroqda ochiladi. Erkaklar
Siydik chiqarish kanalik. (uzunligi 20 sm gacha) qovuqdan ichki teshik bilan boshlanadi, prostata bezining ichidan oʻtib, siydik-tanosil
diafragmasini teshib chikadi va erkaklik olati gʻovak tanasining ichida yoʻnalib, olat boshchasida ochiladi. Sch.k.ning qovuqdan
boshlanadigan qismi muskulli halqa bilan oʻralgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |