12. Mikroblaring patogenligi va virulentligini belgilab beradigan omillarni aytib bering.
Infeksion kasallikni keltirib chiqaradigan mikroorganizmlar patogenlik, virulentlik, spesifiklik va organotroplik xossalariga egadir.
Patogenlik yoki kasallik paydo qilish xususiyati infeksion kasalliklar qo’zg‘atuvchilarining turiga xos belgisi bo’lib, nasldan naslga
o’tib boradi. Yuqorida aytib o’tilganidek, patogenlik faqat ma'lum mikroorganizm va xo’jayini o’rtasidagi o’zaro munosabatlarni
xarakterlaydi. Masalan, qizamiq virusi yoki vabo vibrioni odam uchun patogen va hayvonlar uchun patogen emas. Qoramol touni (o’lati)
qo’zg‘atuvchisi odam uchun patogen emas. Patogenlik tushunchasi parazitarlik tushunchasiga qaraganda ancha keng. Yuqorida ko’rsatib
o’tilganidek, saprofit mikroblar hayot faoliyatining mahsulotlari, toksinlari (botulizm, qoqshol, gazli gangrena qo’zg‘atuvchilari) odam
organizmiga tushib qolsa, parazitlik qilib yashamaydigan saprofit mikroblar patogen bo’lib qolishi mumkin.
Patogen mikroblarning eng xarakterli belgisi ularning spesifikligi, ya'ni har bir patogen mikrob organizmga tushib, unda ko’payganida
ma'lum bir infeksion kasallikni keltirib chiqarish xususiyatidir. Kasallik faqat shu qo’zg‘atuvchi xususidagina organizmning himoya
xossalarini o’ziga xos, ya'ni spesifik tarzda qaytadan o’zgartirish bilan birga davom etadi.
Patogen mikroblar spesifiklikka ega bo’libgina qolmay, balki organotroplikka ham egadir. Ko’pchilik mikroorganizmlar — kasallik
qo’zg‘atuvchilari uchun ma'lum organ va to’qimalarni ko’proq shikastlantirish xususiyati xarakterlidir. Masalan, ichak mikroblari: vabo
vibrioni, dizenteriya bakteriyalari, tif sal'monellalara ichak shilliq pardasini, bezgak paraziti jigar hujayralari va eritrositlarni, gripp virusi
nafas yo’llarining shilliq pardalarini, chechak virusi teri va shilliq pardalar epiteliysini shikastlantiradi.
Turli mikroblarning patogenligi keng doirada o’zgarib turishi mumkin. Bir turga mansub mikroblarning ayrim shtammlari kasallik
keltirib chiqarishi jihatidan har xil darajadagi kuchga ega bo’lishi mumkin. Mikrobning har xil darajadagi patogenligi virulentlik deb
ataladigan bo’ldi. Patogen mikroblar turli shtammlarining virulentligi moyil hayvonlarning o’limiga sabab bo’la oladigan eng kam miqdor
mikrob hujayralari yoki zaharli mahsulotlariga qarab belgilanadi. Yuksak darajadagi patogenlikka ega bo’lgan virulent mikroblar atigi bir
nechta hujayra miqdorida sezgir hayvonga yuborilganida uning o’limiga sabab bo’la oladi. Kam virulent mikroorganizmlardan necha yuz
millionlab hujayrasi hayvonlarga yuborilgandagina, ular o’sha hayvonlarning o’limiga sabab bo’ladi. Mikroblarning hayvonni o’limga olib
boradigan miqdori o’ldiradigan minimal yoki minimal letal' doza: dosis letalis minima deb ataladi.
Patogen mikroblarning virulentligi har xil sabablarga qarab anchagina o’zgarib turishi mumkin. Organizmdan hozirgina chiqarib
olingan qo’zg‘atuvchilar laboratoriya sharoitlarida, sun'iy oziq muhitlarida saqlanayotgan mikroblarga qaraganda odatda ancha virulent
bo’ladi. Yuqori temperatura, antiseptiklar ta'siri, qo’zg‘atuvchilarni kasallikka kam beriladigan yoki berilmaydigan hayvon organizmi orqali
ko’chirib o’tqazish (passajlar) mikroorganizm virulentligining susayib qolishiga olib keladi. Mikroorganizm virulentligi ba'zan juda uzoq
vaqtgacha o’zgarib qolishi mumkin.
Mikroorganizmlarni qon-qardosh mikroblar nukleoproteidlari (DNK) bo’lgan oziq muhitlarida o’stirganda transformasiya yo’li bilan
ham virulentligini o’zgartirish mumkin. Virulentlikni aniqlashda tajribaning shart-sharoitlariga juda qattiq qarab borib, mikrobni yuqtirish
usulini tajriba hayvonining turi, shuningdek sinalayotgan shtamm xossalarini hisobga olish zarur.
7
Mikrob virulentligining o’zgarib turishi odamdagi infeksion jarayonning og‘ir-engilligida, inkubasion davrining uzun-qisqaligi,
kasallikning qancha davom qilishida aks etishi mumkin.
Mikroblarning patogenligi va virulentligini belgilab beradigan omillar. Mikroorganizmlarning patogen xususiyatlari turli fermentlar,
metabolizm mahsulotlari, zaharli moddalar, ya'ni xo’jayin hujayralari va to’qimalarining o’tkazuvchanligini buzib, uning hujayra
elementlarini yemiradigan toksinlar ishlab chiqarish yo’li bilan makroorganizm hujayralariga ta'sir ko’rsatish layoqatiga bog‘liqdir.
Patogen mikroblarning organizmga kira olish xususiyati yoki invazionligi biriktiruvchi to’qimani yemira oladigan yoki har xil
hujayralarning po’stlarini parchalay oladigan fermentlar ishlab chiqarishiga bog‘liq. Ko’pgina patogen mikroblarda gialuronat kislotani yoki
biriktiruvchi to’qima asosini tashkil etuvchi mukopolisaxaridni parchalay oladigan gialuronidaza fermenti topilgan. Bu — mikroblarning
organizmga tez tarqalishiga yordam beradi. Gazli gangrena qo’zg‘atuvchilari qon va turli organ hujayralariniig pardalarini yemiradigan
lesitinaza fermentini ishlab chiqaradiki, bu mikrob yuqqan hayvonlarning tez halok bo’lishiga olib keladi. Stafilokokklar bilan streptokokklar
leykositlarni yemiruvchi leykosidinlarni yemiruvchi gemolizinlarni ishlab chiqara oladi. Gemolitik streptokokkning ba'zi shtammlari qon
laxtasidagi fibrinni erita oladigan fibrinolizin fermentini ishlab chiqaradiki, bu ham bakteriyalarning organizmga tarqalib ketishini
yengillashtiradi. Patogen stafilokokklar koagulaza fermentiga egadir, bu ferment qon plazmasining ivib qolishiga olib keladi. Yallig‘lanish
o’chog‘i atrofida ivib qolgan plazmadan hosil bo’ladigan bar'er, ya'ni to’siq stafilokokklar fagositoziga qarshilik ko’rsatadi, deb hisoblanadi.
Patogen mikroblarda antimikrob zardoblar ta'sirini neytrallay oladigan agressinlar hamda mikroblarning fagositlarda yutilishiga to’sqinlik
qiladigan antifaginlar singari alohida moddalar ham topilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |