13. Yuqumli kasalliklarning qanday yuqish yo’llarini bilasiz?
Infeksiya manbaiga qarab antroponoz, antropozoonoz va zoonoz infeksiyalar tafovut qilinadi.
Antroponoz infeksiyalar faqat odamni shikastlantiradi va bularda bemor yoki bakteriya tashuvchi infeksiya manbai bo’lishi mumkin.
Antroponoz infeksiyalarga qorin tifi, dizenteriya, vabo, qizamiq, so’zak, zaxm va boshqalar kiradi. Antropozoonoz infeksiyalar odamga
ham, hayvonlarga ham yuqa beradi. Bularda kasal hayvonlar va odam infeksiya manbai bo’lishi mumkin. Toun, tulyaremiya, kuydirgi, sil
va boshqalar ana shunday infeksiyalar jumlasiga kiradi. Zoonoz infeksiyalar faqat hayvonlarni kasallantiradi. Zoonozlarning
qo’zgatuvchilari odam organizmiga tushsa ham, odamda kasallik keltirib chiqarmaydi. Biroq «zoonozlar» terminidan ko’pincha
antropozoonoz infeksiyalarni atash uchun foydalaniladi. Infeksiya manbaidan sog‘lom odamga kasallik qo’zg‘atuvchisi o’tadigan ma'lum
yo’llar bor: ichak (fekal'-oral' yo’li), havo-tomchi yo’li, transmissiv va kontakt yo’l shular jumlasidandir.
Infeksiya o’tishining ichak yo’lida kasallik qo’zg‘atuvchisi axlat va siydik bilan tashqi muhitga tushib, suv, oziq-ovqat, ro’zg‘or buyumlari,
odamning qo’llarini ifloslantiradi. Bunda qo’zg‘atuvchi og‘iz orqali kirganda kasallik yuqadi. Yuqish omillarining ahamiyati turli ichak
infeksiyalarida bir xilda emas. Chunonchi, qorin tifi kasalliklarining paydo bo’lishida suv, sut va boshqa oziq-ovqat masalliqlari ko’proq
ahamiyatga egadir. Dizenteriyada kasallik iflos qo’llardan va axlat tegib qolgan meva hamda sabzavotlardan yuqadi. Infeksiya o’tishining
shu yo’li ichak infeksiyalari — qorin tifi, paratiflar, vabo, dizenteriya uchun xarakterlidir.
Infeksiyaning havo-tomchi yo’li bilan o’tishida kasallik qo’zg‘atuvchisi yo’talish, aksirish vaqtida balg‘am va so’lak tomchilari bilan
birga tashqi muhitga tushadi. Odam mana shu qo’zg‘atuvchilar bilan ifloslangan xavoni nafasiga oladigan bo’lsa, unga kasallik yuqib qoladi.
Havo-tomchi infeksiyalari (ko’kyo’tal, qizamiq, gripp, chechak, pnevmoniya, meningit va boshqalar) uchun yuqori nafas yo’llarining
shikastlanishi xarakterlidir. Infeksiyalarning transmissiv yo’l bilan o’tishida kasallik qo’zratuvchisi turli hasharotlar orqali kasal odamdan
sog‘lom kishiga yuqadi. Bu shunga bog‘liqki, kasallik qo’zg‘atuvchisi bemorning qonida bo’ladi va tashqi muhitga chiqmaydi. Bunday
kasalliklar qon infeksiyalari deb nom olgan. Qon infeksiyalarini yuqtiradigan hasharotlar ikki gruppaga bo’linadi:
• spesifik yoki biologik yuqtiruvchilar;
• nospesifik yoki mexanik yuqtiruvchilar.
Kasallik qo’zratuvchisi qaysi hasharotlarning organizmida muayyan ko’payish siklini o’tqazadigan bo’lsa, o’sha hasharotlar biologik
yuqtiruvchilar hisoblanadi: chivinda bezgak parazitining jinsiy ko’payish sikli, bitning ichak epiteliysida rikketsiyalarning ko’payish sikli
o’tadi. Kasallik qo’zg‘atuvchisi ko’pincha yuqtiruvchisining organizmida uning butun umri davomida saqlanib qoladi.
Qon infeksiyalarini mexanik yuqtiruvchilari avval kasal hayvonlarni, so’ngra sog‘lom hayvonlarni tishlar ekan, kasallik qo’zg‘atuvchisini
xartumchasida qon tomchklari bilan birga yuqtiradi. Chunonchi, tezgizak pashsha kuydirgi va tulyaremiya mikroblarini sanchuvchi apparati
— xartumchasi bilan sof mexanik tarzda yuqtiradi. Talaygina infeksion kasalliklar: toshmali hamda qaytalama tiflar va boshqa rikketsiozlar
— bitlar va kanalar orqali, toun — burgalar orqali, ensefalit — chivin va kanalar orqali, bezgak — chivinlar orqali, leyshmaniozlar —
iskaptopar chivinlar — flebotomus orqali transmissiv yo’l bilan yuqadi.
Ichak infeksiyalarida mexanik yuqtiruvchilar kattagina rol' o’ynaydi. Pashshalar o’z oyoqlari va tanasiga yopishib qolgan axlat bo’lakchalari
bilan birga ichak infeksiyalari qo’zg‘atuvchilarini turli masalliqlar va ovqatga yuqtiradi.
Patogen mikroblar tayyor oziq-ovqatlarda ko’payishi mumkin, shu oziq-ovqatlar iste'mol qilinganida kasallik paydo bo’ladi.
Infeksiyaning kontakt yo’l bilan o’tishida qo’zg‘atuvchining bevosita va bilvosita yuqishi farq qilinadi. Patogen mikroblarning tashqi muhit
ishtirokisiz o’tishida bevosita kontakt tanosil kasalliklari (zaxm va so’zak) da hammadan ko’ra xarakterlidir. Quturish va sodoku (kalamush
tishlashidan paydo bo’ladigan kasallik) da ham qo’zg‘atuvchi odamga to’g‘ridan-to’g‘ri hayvonning tishlashi orqali o’tadi. Boshqa
kasalliklarda (qo’tir, kal, brusellyozda) bevosita kontakt yo’li bilan kasallik yuqishi nihoyatda kamdan-kam ko’rinadi. Ba'zan qon quyishda
kasallik bevosita kontakt yo’li bilan yuqadi (bezgak, Botkin kasalligi). Bilvosita kontakt infeksiyaning tarqalishida yetakchi ahamiyatga
8
egadir. Unda jonsiz yuqtiruvchi omillar (havo, suv, oziq-ovqat mahsulotlari, tup-roq, ro’zg‘or va ishlab chiqarishda tutiladigan xilma-xil
buyumlar) hamda tirik yuqtiruvchilar ishtirok etishi mumkin. Shu munosabat bilan bilvosita kontakt infeksiyaning tomchi, chang, oziq-ovqat
bilan va boshqa yo’llar bilan tarqalishini o’z ichiga oladi.
Infeksiya manbalari, infeksion kasalliklarning tarqalish yo’llari va usullarini o’rganish epidemiologiya predmeti hisoblanadi va profilaktika
chora-tadbirlarini to’g‘ri amalga oshirish hamda infeksion kasalliklarga qarshi kurashish uchun asos bo’lib xizmat kiladi.
Infeksion kasalliklarning kelib chiqishn va tarqalib borishi uchta omilning o’zaro ta'siri va bekamu ko’stligiga: infeksiya manbalari, yuqish
mexanizmlari va beriluvchan aholining borligiga borliqdir. Bu — o’z navbatida odamlarning turmush sharoitlariga, ya'ni tabiiy va ijtimoiy
omillarga bog‘liq bo’ladi.
Infeksiya to’g‘risida ta'limot” bo’yicha tarqatma materiallar.
«Infeksion» so’zi lotincha infectio - yuqtirmoq, iflos qilmoq, nimanidir tashqaridan kiritmoq degan so’zdan kelib chiqqan. Hozirgi vaqtda
mikroorganizm bilan xo’jayin organizmi o’rtasidagi murakkab o’zaro ta'sir jarayonini «infeksiya» termini bilan belgilanadi. Bu —
mikroorganizm bilan patogen mikroblar o’zaro ta'sirining har qanday shaklini o’z ichiga oladigan biologik hodisadir. Infeksion kasallik
ba'zan yengil, atipik yoki turli kasalliklarga o’xshab ketadigan, bilinmas formalarda namoyon bo’ladi. Infeksion jarayon kasallikning ko’zga
ko’rinib turadigan klinik belgilarini bermasligi ham mumkin. Infeksiyaning yashirin formalari deb ana shunga aytiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |