144. Ko’rish analizatori, uning tuzilishi va vazifalari.
Ko’rish analizatori, uning tuzilishi va vazifalari. Ko’ruv a’zosi-ko’z, ko’z soqqasi va uning yog’rdamchi apparatlaridan tashkil topgan. Ko’z
soqqasi shar shaklida bo’lib, ko’z kosasida joylashgan. Ko’z soqqasi uchta parda bilan qoplangan. Tashqi tomondan oqsil parda yog’ki sklera
joylashadi. Sklera zich biriktiruvchi to’qimadan tuzilgan bo’lib, ko’z soqqasining oldingi tomonida tiniq shox pardani hosil qiladi. Sklera
ostidagi o’rta parda-tomirli pardada qon tomirlari juda ko’p. Tomirli parda uch qismga: asl tomirli parda, kipriksimon tana va
rangdor(kamalak yog’y) pardaga bo’linadi. Tomirli pardaning oldingi qismini rangdor parda hosil qiladi. Bu pardada pigmentlar ko’p.
Pigment miqdoriga qarab ko’zning rangi har xil bo’ladi. Shunga ko’ra ko’z qora yog’ki jigarrang, och yashil, ko’k yog’ki kulrang bo’ladi.
Rangdor pardada pigment bo’lmasa, ko’z qizil bo’ladi(albinoslar). Rangdor pardaning o’rtasidagi teshik ko’z qorachii atrofida qorachiqni
toraytiruvchi xalqasimon mushaklar va uni kengaytiruvchi radial mushaklar joylashgan. Mushaklar qisqarganda qorachiq diametri o’zgaradi.
Rangdor pardaning orqasida yasmiq shaklidagi tiniq, ikki tomoni qavariq linza – gavhar joylashgan. U tiniq, yupqa kapsula bilan o’ralgan;
bu kapsula maxsus boylamlar yog’rdamida kipriksimon tanaga birikkan. Kipriksimon tan tarkibidagi mushaklar qisqarishi natijasida
gavharning egriligi o’zgaradi. Shox parda bilan rangdori parda o’rtasida va rangdor prada bilan gavhar o’rtasida bo’shliq bo’ladi. Birinchi
bo’shliq ko’zning oldingi kamerasi, ikkinchisi orqadagi kamerasi deyiladi. Ko’z kameralarida oz miqdorda o’ziga xos suyuqlik bor. Bu
suyuqlik suvsimon namlik deb ataladi. Ko’zning ichki tomonida joylashgan to’r parda ancha murakkabroq tuzilgan. To’r pardada yog’rulik
va ranglarni sezuvchi tayog’qchalar va kolbachalar deb atalgan hujayralar juda ko’p. To’r pardada kolbachalarning juda ko’p joyi sariq do
deyiladi(narsalarni eng yaxshi ko’radigan joyi). Ko’rish nervi kiradigan joyda hech qanday nerv hujayralari yo’q, shu sababli u ko’r do deb
ataladi. Ko’z soqqasi bo’shlii tiniq, jelesimon modda-shishasimon tana bilan to’la bo’ladi. Ko’zning yog’rdamchi apparatlariga qosh,
kipriklar, ko’z qovoqlari, ko’z yoshi va ko’z soqqasini harakatlantiruvchi mushaklar kiradi. Qosh ko’zni suv va ter tushishidan, kipriklar esa
chang kirishidan himoya qiladi. Ko’z qovoqlari reflektor yog’’l bilan yumilish xususiyatiga ega. Qovoqlar yumilib, ko’zni yog’rulikdan va
boshqa zararli ta’sirlardan saqlaydi. Ko’z yoshi yosh bezlarida ishlab chiqariladi. Yosh bezlari ko’z kosasining tashqi-yuqori burchagida
joylashgan. Ko’z yoshi ko’zning oldingi qismini namlaydi va shox pardani qurib qolishdan saqlaydi. Yosh suyuqligi yosh kanalchalari orqali
ko’z yoshi xaltalariga to’planadi. Xaltalardan yosh burun bo’shliiga o’tadi. Ko’z yoshi ko’zga tushgan zarralarni chiqarib tashlashda katta
rol o’ynaydi. Butsndan tashqari ko’z yoshi tarkibida mikroblarni o’ldiradigan moddalar bor. Ba’zi odamlar narsalar rangini ajrata olmaydi.
Bu kasallik daltonizm deb ataladi. Agar organizmga yetarli miqdorda vitamin A kirib turmasa, odam kechqurun ko’rmaydigan bo’lib qoladi,
bunday holat shapko’rlik deb ataladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |