Ish bo‘yicha hisobotda: ishning maqsadi va vazifalari, kerakli jihozlar, ishning bajarish tartibi, havfsizlik qoidalari ko‘rsatiladi.
Nazorat savollari.
1.Tashqi rezba kesish uchun qanday asboblar ishlatiladi?
2. Plashkalarning qanday turlarini bilasiz?
3. Klupp qanday tuzilgan?
4. Tashqi rezba kesishda xavsizlik qoidalarini ayting?
18 - amaliy ish
IChKI REZBA KESISh
Ishning maqsadi:
- qo‘l kuchi bilan ishlatiladigan, mexanizatsiyalashtirilgan asboblar va stanok ѐrdamida rezba kesish usullarini; ish o‘rnini tashkil qilish, xavfsiz ishlash qoidalarini o‘rganish;
-jadvallardan rezba kesiladigan teshiklarning diametrlarini aniqlash; rezba kesish asboblaridan foydalanish; doiraviy va kerilma plashkalar bilan rezba kesish, ochiq va ѐpiq teshiklarda rezba kesish; parmalash stanoklarida, elektr va pnevmatik rezba keskichlarda rezba kesish; rezba sifatini tekshirish; xavfsiz ishlash qoidalariga rioya qilish, o‘lchash va tekshirish asboblaridan foydalanish kabi amallarni egallash.
Do'stlaringiz bilan baham: |