Tashqi rezbalar kesishda xavfsizlik qoidalari.
Rezba kesishda ishlab turgan stanokni moylash mumkin emas.
Elektr yuritmali rezba keskich bilan ishlashda quyidagilar taqiqlanadi:
a) nuqsonli elektr kabellari va shtepsel birikmalari bilan ishlash;
b) elektr asbobini qisman bo‘laklarga ajratish va ta’mirlash;
v) elektr asboblari bilan zax xonalarda va ochiq joyda ѐmg‘ir ostida ishlash, elektr asbobnning ichiga nam tushishiga yo‘l qo‘yish (chunki korpus kuchlanish ta’sirida bo‘ladi);
g) tarmoqqa ulangan elektrlashtirilgan asosning elektr yuritmasidan, kesuvchi asbobidan ushlash, korpusga gavdani bosib turish, uni tizzaga olish. Pnevmatik yuritmali rezba keskich bilan ishlashda quyidagilar man qilinadi: a) qo‘lqopsiz ishlash;
b) pnevmatik asbob shlangidan ѐki ish asbobidan ushlash va ular bilan tiralma narvonlarda ishlash;
v) qismlarga ajratish ѐki qisman remont qilish;
g) ish vaqtida kesuvchi asbobni qo‘yish ѐki chiqarib olish (sterjen diametri rezbaning tashqi diametridan bir oz kichik bo‘lishi kerak).
d) havo quvurining jumragi ochiq turganda pnevmatik asbobga rezina shlangni ulash;
s) siqilgan havoni quvurdan shlangga uzatadigan jumrakni berkitmasdan turib, pnevmatik asbobdan shlangni olish.
Do'stlaringiz bilan baham: |