Ish bo‘yicha hisobotda: ishning maqsadi va vazifalari, kerakli jihozlar, ishning bajarish tartibi, havfsizlik qoidalari ko‘rsatiladi.
Nazorat savollari.
1.Parmalash dastgoxlarida bajariladigan ish turlarini ayting.
2.Parmalash dastgoxlarining qanday turlarini bilasiz?
3.Qo‘l dreli qanday maqsadlarda ishlatiladi?
4.Andoza bo‘yicha parmalashni tavsiflang?
16 – AMALIY ISh
TEShIKLARNI ZENKOVKALASh, ZENKERLASh VA YO‘NIB KENGAYTIRISh
Ishning maqsadi:
- zenkovkalash, zenkerlash va yo‘nib kengaytirishda ishlatiladigan asbob va moslamalarni; ochiq va ѐpiq teshiklarni rejaga asosan, andoza va konduktor ѐrdamida parmalash, teshiklarni zenkovkalash va yo‘nib kengaytirish usullarini o‘rganishlari;
- parmalash, zenkovkalash, zenkerlash va yo‘nib kengaytirishda xavfsiz ishlash qoidalariga rioya qilish; stanokni belgilangan rejimga sozlash va boshqarish; moclamalapdan foydalanib, turli xil zenkovkalash, zenkerlash va yo‘nib kengaytirish; yo‘nib kengaytirishda jadvallarga qarab va hisoblash yo‘li bilan kerakli kesish rejimini aniqlash kabi amallarni egallashlari lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |