Ish bo‘yicha hisobotda: Ishning maqsadi va vazifalari, kerakli jihozlar, ishning bajarish tartibi, havfsizlik qoidalari ko‘rsatiladi.
Nazorat savollari.
1.Bukish deb nimaga aytiladi?
2.Detallarni bukish qanday amalga oshiriladi?
3.Quvurlarni egishning qanday usullari mavjud?
4.Egish moslamalari vositasida bukish qanday amalga oshiriladi?
9 – AMALIY ISh
METALLNI PO‘LAT ARRA VA QUVUR QIRQQIChDA QIRQISh
Ishning maqsadi:
- metallni qo‘l arra va quvur qirqqich hamda yuritmali arra stanoklari, abraziv charxtoshlar bilan ishlatishdagi amallarning nimaga mo‘ljallanganligini va bajarish usullarini, xavfsiz ishlash qoidalarini bilishlari;
- material gaykasini, shuningdek, kvadrat, doiraviy kesimli metallni rejalash; stanoklarda va mexanizatsiyalashtirilgan asboblarda (yuritmali arra stanoklarida) ishlash; ish usullarini to‘g‘ri bajarish; xavfsiz ishlash qoidalariga rioya qilish; ish o‘rnini tashkil qilish kabi amallarni uddalay olishlari kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |