Ishning vazifalari:
1. Metallni qo‘l qaychida qirqish.
2. Metallni dastakli qaychida qirqish.
3. Metallni elektr titratma qaychida qirqish.
Taxminiy ish ob’ektlari: qalinligi 0,7 - 2,2 mm.li kam uglerodli po‘lat listdan yasalgan, to‘g‘ri va egri chiziqli chala mahsulotlar.
Asboblar: qo‘l qaychilar, o‘lchov chizig‘i, rejalash asboblari (rejalash sirkuli, kerner) dastakli qaychi, elektr titratma qaychi.
Materiallar: bo‘r.
Ishni bajarish tartibi
Metallni qo‘l kaychida qirqish
|
1.Dastasi to‘g‘ri o‘naqay (a). to‘g‘ri chapaqay (b) va egri qaychilar (v).
|
1.Qaychilarning vazifasiga qarab ularning konstruksiyasini tanlash: metallni to‘g‘ri chiziqlar va katta radiusli aylanalar bo‘yicha kesish uchun kesuvchi tig‘larn to‘g‘ri bo‘lgan qaychilar tanlanadi; o‘naqay qaychilar har qaysi kesuvchi qismining o‘ng tomoni qiyalatib kesilgan bo‘ladi. Unaqay qaychilar bilan material chap qirrasi bo‘yicha soat mili yo‘nalishida kesiladi; chapaqay qaychi har qaysi kesuvchi qismining chap tomoni qiyalatib kesilgani bo‘ladi, ular bilan materialning o‘ng qirrasi bo‘yicha soat mili yo‘nalishida kesiladi;kesuvchi tig‘lari egri chiziqli egri qaychi material listida teshiklar kesish va egri chiziqli joylarni kesishda ishlatiladi; qaychilar uzunligini tanlash; 11...200...250....320..36..400... 22...55-65...70-82...90-103.100-120. 110-140.
|
Metall listni to‘g‘ri chiziq bo‘yicha qirqish. Eslatma. Qo‘l qaychida qalinligi 0,7-1mm.gacha bo‘lgan kam uglerodli po‘lat listni, 1,5 mm gacha qalinlikdagi latun va dyuraluminiy listlarni qirqish mumkin.
|
2.Metallni qirqishda xomaki material rejalanadi. Ishga kirishishda qaychi o‘ng qo‘lga olinadi – bosh barmoq qaychining yuqorigi dastasiga qo‘yiladi, ko‘rsatkich o‘rta va nomsiz barmoq bilan pastki dasta tagidan mahkam ushlanadi, jimjaloq, eca qaychi dastalari oralig‘ida qoladi (u qirqish vaqtida dastalarni kerishga xizmat qiladi) va qaychi tig‘lari taxminan 3/4 uzunligida ochiladi; qirqiladigan metall listni chap qo‘lda ushlab, qaychi tig‘lari orasiga shunday qo‘yish kerakki, u tig‘larga perpendikulyar holatda bo‘lsin; qirqish paytida qaychi dastalarini qisganda, uning tig‘lari to‘la ѐpishmasligi kerak, chunki bu qirqish oxirida metallning uzulishiga olib keladi; qaychini ochaѐtib, listni o‘ziga surish lozim.
|
3.Qo‘l qaychida doira qirqish.
|
3.Doira rejalanadi va 5-6 mm qo‘yim qoldirilib, doira zagotovkasi to‘g‘ri qirqib olinadi. Zagotovka soat mili yo‘nalishida aylantirilib, rejalash chizig‘i bo‘ylab doira kesiladi, qaychi shunday ushlanishi kerakki, u tig‘i bilan rejalash chiziqlarini bekitib qo‘ymasin.Doirani qirqib olishda ham yuqorida ko‘r
|
|
Do'stlaringiz bilan baham: |