Metall bukishda xavfsizlik qoidalari
1. Zagotovkalarni gira ѐki moslamalarda puxta mahkamlash;
2. Faqat soz jihoz va moslamalarda ishlash;
3. Chilangarlik bolg‘achalari qulay va tig‘iz qilib dastalangan bo‘lishi;
4. Bukish dastgohlarida ishlashda maxsus eslatmalarda baѐn qilingan xavfsizlik qoidalariga rioya etish;
5. Quvurlarni qizdirib bukishda qo‘lqop kiyib ishlash lozim.
Talabalar duch keladigan qiyinchiliklar va yo‘l qo‘yadigan xatolar hamda ularning oldini olish
Talabalar metallni bukish uchun zarur qo‘yim qoldirishda hamda bir tekis zarblar berishda va chilangarlik girasi hamda moslamalarida xomaki materiallarni to‘g‘ri o‘rnatishda nihoyatda qiynaladilar. Shuning uchun ular bukish talablariga rioya qilib, qo‘yimlarni jadvallardan aniqroq topishga va zarblarni to‘g‘riroq berishga harakat qilishlari lozim.
Talabalar quvurlarni qizdirilgan (issiq) holatda bukishda, ayniqsa, ko‘p kamchiliklarga yo‘l qo‘yadilar: quvurga yetarlicha qum to‘ldirmaydilar, elanmagan ѐki ho‘l qum ishlatadilar. Bunday xatolarni oldini olish uchun bukish ishlarida barcha zarur talablar va qoidalarga rioya qilinishi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |