Ish bo‘yicha hisobotda:
Ishning maqsadi va vazifalari, kerakli jihozlar, ishning bajarish tartibi, havfsizlik qoidalari ko‘rsatiladi.
Nazorat savollari.
1. Metallni qirqish deb nimaga aytiladi va u qanday amalga oshiriladi?
2. Bolg‘a bilan zarba qanday usullarda beriladi?
3. Bolg‘ani tanlashda nimalarga e’tibor berish zarur?
4. Qo‘lda kesishda qanday xavfsizlik qoidalariga rioya qilish kerak?
6-AMALIY ISh
METALLNI KESISh
Ishning maqsadi :
-metallni zubilo, kreysmeysel, qo‘l arra va quvur keskich hamda yuritmali arra, dastakli qaychilar, jodi qaychilar va ikki diskli qaychilar, elektr qaychilar, abraziv charxtoshlar bilan kesishdagi amallarning nimaga mo‘ljallanganligini va bajarilish usullarini, ish o‘rnini tashkil etish, xavfsiz ishlash qoidalarini o‘rganish;
-material tasmasini, shuningdek, kvadrat, doiraviy kesimli metallni rejalamasdan va reja chiziqlariga binoan kesib olish; stanoklarda va mexanizatsiyalashtirilgan asboblarda (yuritmali arra stanoklari hamda elektr qaychilar bilan) ishlash, ish usullarini to‘g‘ri bajarish, xavfsiz ishlash qoidalariga rioya qilish, ish o‘rnini oqilona tashkil etish kabi amallarni egallash.
Do'stlaringiz bilan baham: |