Ish bo‘yicha hisobotda: ishning maqsadi va vazifalari, kerakli jihozlar, ishning bajarish tartibi, xavfsizlik qoidalari ko‘rsatiladi.
Nazorat savollari.
1.Ishqalash deb nimaga aytiladi?
2. Ishqalash qanday materiallar ѐrdamida amalga oshiriladi?
3.Ishqalagichlar qanday shakllarda bo‘ladi?
4.Ishqalagichlarni qanday materiallardan tayѐrlanadi?
28-amaliy ish
YuMShOQ KAVShARLAR BILAN KAVShARLASh
Ishning maqsadi:
1. Kavsharlashga tayѐrlanish.
2. Yumshoq kavshar bilan kavsharlash.
Taxminiy ish ob’ektlari:
oq tunuka qutilar, idishlar, moy idishlar.
Jihoz va asboblar: issiqlik kavsharlagichlari, uch ѐqli shaberlar, har xil egovlar, kavsharlash lampasi.
Moslama va materiallar: yassi jag‘li ombur, xlorid kislota, rux, paxta, nashatir, qalay-qo‘rg‘oshinli kavshar, qilli cho‘tkalar, latta-putta, metall cho‘tka.
Do'stlaringiz bilan baham: |