1. Rejalash asboblaridan foydalanish



Download 3,82 Mb.
bet122/144
Sana04.02.2022
Hajmi3,82 Mb.
#430631
1   ...   118   119   120   121   122   123   124   125   ...   144
Bog'liq
(CHILANGARLIK)

Ishning bajarish tartibi



Shaberlashga tayѐrlash

  1. Detalning yassi yuzalarini shaberlashga tayѐrlash. Eslatma. Yuzalar mexanik ѐki chilangarlik ishlovidan so‘ng 0,5 mm gacha aniqlikda shaberlanadi. Shaberlanaѐtgan yuzada chuqurchalar va tirnalishlar bo‘lmasligi lozim.



1.Yuza lekalo chizg‘ichi bilan tekshiriladi (yuzaga 0,1 mm aniqlikda mexanik ѐki chilangarlik ishlovi berilgan bo‘lishi kerak, yuzada tirnalishlar va ayniqsa chuqur chiziqchalar bo‘lmasligi lozim) (a). Agar yuzada botiqlar ѐki chuqur tirnalishlar bo‘lsa, u kerakli sifat darajasiga yetkazilguncha ayqash chiziqlar tushirish usulida egovlanadi (b).

2.Bo‘ѐq tayѐrlash va bo‘ѐqni egovlash.

2.Maydalangan lazur, qurum ѐki qo‘rg‘oshin so‘rig‘i olinib, bankachaga joylanadi va ustidan mashina moyi qo‘yiladi. Aralashma qaymoq quyuqligiga kelguncha yaxshilab aralashtiriladi (chuqur zarrachalar va qattiq qo‘shilmalar bo‘lishiga yo‘l qo‘yilmaydi). Bo‘ѐqni bir bo‘lak gazlamaga qo‘yib, tampon ko‘rinishida bog‘lash va bo‘shagan bankachaga solib qo‘yish kerak (tamponni quruq bo‘ѐq ustiga qo‘yish ѐki moy shimitib, buѐqqa qo‘yish mumkin emas). Xomaki mahsulot yuzasini bo‘ѐqqa qarab egovlab, shaberlashga tayѐrlashda: g‘adir-budurliklar va qirindilar to‘liq ketkaziladi;

3.Tekshirish taxtasini tayѐrlash va bo‘yash.




3.Taxtaning sirti lekalo chizg‘ichi bilan tekshiriladi. Ayqash chiziqlar solib, do‘ng joylar ѐki chuqurtirialgan joylar egovlanadi. Tekshirish taxtasi chang va iflosliklardan tozalanadi, kerosin bilan yuvib, quruq latta bilan artiladi. Bo‘ѐqli tampon taxta yuzasiga qo‘yilib, goh bir tomonga, goh ikkinchi tomonga aylanma harakat bilan bir tekisda yupqa qatlam bo‘ѐq surkaladi (tampon bilan bo‘ѐq surkashda yuzaga qirindi tushishidan ehtiѐt bo‘lish kerak). Zagotovka yuzasi bo‘ѐq bo‘yicha egovlanib, shaberlashga tayѐrlanadi.

Yassi yuzalarni qo‘lda shaberlash

  1. Detaldagi shaberlash joylari ni aniqlash. Eslatma. Tekshirish taxtasidan yengilroq detallarni uning ustiga qo‘yib va aksincha, og‘irroq detallar ustiga taxta qo‘yib tekshiriladi.



1.Taxtadagi moy va changlar artiladi. Tekshirish taxtasining sirtiga tampon bilan bir tekis qatlamda bo‘ѐq surkaladi. Xomaki mahsulot ishlov beriladigan yuzasi bilan tekshirish taxtasiga ohista qo‘yiladi va uning yuzasi bo‘ylab turli yo‘nalishlarda bir tekis yurgiziladi. Material ko‘tarilib, shaberlanaѐtgan yuzaning aniqligi tekshiriladi: yaxshi ishlov berilgan yuzalarda bo‘ѐq butun yuza bo‘ylab bir tekis ѐtadi, sifatli ishlov berilmagan yuzalarda esa notekis qatlam paydo bo‘ladi. Detal qo‘lga olinib, ishlov beriladigan yuzasi bilan taxtaga ohista qo‘yiladi va butun taxta bo‘ylab turli yo‘nalishlarda bir tekis suriladi.

3.Yassi yuzani dastlabki shaberlash. Eslatma. Dastlabki shaberlashdan maqsad yuzada dog‘larni bir tekis joylashtirishdan iborat. Bunda to‘g‘ri enli (20-25mm) kesuvchi qirrali shaber qo‘llaniladi.


3.Yassi yuzani eng uzoqdagi chetidan shaberlashga kirishib, asta-sekin yaqindagi chetiga o‘tiladi. Faqat bo‘ѐq surkalgan joylarigina shaberlanadi. Shaberlashning har bir davridan so‘ng ishlov brilaѐtgan yuza quruq qilib artilib, taxta bo‘yicha tekshirilgandan keyin yo‘nalish 60—900 o‘zgartirilib, takroriy shaberlash amalga oshiriladi.

  1. Yassi yuzani uzil-kesil shaberlash. Eslatma. Uzilkesil shaberlashda ensiz (10-15 mm) kesuvchi qirrali shaber qo‘llaniladi.



4.Shaberlash yuqori sifatli chiqishi uchun amallar-operatsiyalar ketma-ketligiga rioya qilish kerak. Xomaki (dastlabki) shaberlash: oldingi ishlov berishdan qolgan chiziqchalar yo‘qotiladi, eni 20-30 mm.li shaber bilan ish yo‘li 10-15 mm qilib shaberlanadi, bunda shaber yo‘nalishi uzluksiz o‘zgartirib turiladi (har qaysi navbatdagi chiziq oldingisiga 900 burchak hosil qilib yo‘nalgan bo‘lishi kerak), 0,02-0,05 mm qalinlikdagi qatlam qirib olinadi, shaberlash sifati tekshirish taxtasidan yuqtiriladigan buѐqqa qarab aniqlanadi. Yarim tozalab (nuqtaviy) shaberlash: taxtada bo‘rtib turadigan joylar tekshiriladi, faqat bo‘yalgan (eng ko‘p bo‘rtib turadigan) joylargina shaberlanishi kerak, ish yo‘li 12-15 mm qilib yassi ensiz shaber bilan shaberlanadi, uning bir o‘tishida yupqa (810 mm) metall qatlami qirib olinadi, ish yo‘li eni 8-10 mm. li shaber bilan 4-5 mm qilib mayda qirindi chiqarib shaberlanadi. Shaberlash aniqligi uch-to‘rt joyda ramka ѐrdamida tekshiriladi.

5.Yassi yuzani ―o‘zigatomon‖ usulida shaberlash.


5.Xomaki mahsulot (prizma-1) chilangarlik girasiga (2) o‘rnatiladi (a). Shaber o‘ng va chap qo‘l bilan o‘rta qismidan (sterjenidan) qamrab ushlanadi. Shaberning yuqori uchi dastasi bilan yelkadan birmuncha teparoqqa tiraladi va shaber tig‘i shaberlanaѐtgan yuzaga nisbatan 75-800 holatida joylashtiriladi(b). Yuza shaber bilan ―o‘ziga tomon‖ harakat qilib shaberlanadi. Shaberlash yuzaning eng uzoq chetidan boshlanib, yaqin cheti tomon siljib boradi. Shaberlash va uning sifatini tekshirish tartibi ―o‘zidan‖ usulidagi shaberlashdagidek.

6.Shaberlash sifatini tekshirish.


6.Tekshirish ramkasi shaberlanaѐtgan yuzaning 2-4 joyiga qo‘yiladi va bu kvadratdagi dog‘lar soni sanab chiqiladi. Yuzani yaqin chetidan uzoq chetiga qaratib shaberlash kerak, shaberning butun kesuvchi qirrasi bilan ishlashiga e’tibor berish lozim (aks holda, ishlov berilaѐtgan yuzada chuqur tirnalishlar hosil bo‘lishi mumkin). Shaberlash ikki usulda: homaki (dastlabki) va tozalab (uzil-kesil) amalga oshiriladi. Shaberlangan yuzaning sifati buѐq ѐrdamida tekshiriladi: 25x25 mm yuzada 12-16ta bir tekis joylashgan dog‘ hosil qilinadi (v).

Yassi yuzalarni mexanik shaber bilan shaberlash

  1. Yassi yuzani mexanik shaber ѐrdamida shaberlash.



1.Shaberlash kallagi universal yuritmadagi egiluvchan valik shpindeliga biriktiriladi, kallakka shaber kiydiriladi va mahkamlanadi. Shaber yo‘lining kattaligi rostlanadi: shaberlash aniqligi qancha yuqori bo‘lsa, shaber yo‘lining kattaligi shuncha kam bo‘ladi. Kallak chap qo‘l bilan «xartumi» dan, o‘ng qo‘l bilan esa dastasidan ushlanadi, shaber ishlov beriladigan detalga o‘rnatiladi va yuritgich ishga tushiriladi. Yuza 2- mashqda ko‘rsatilgan barcha shaberlash qoidalariga amal qilgan holda, talab qilinadigan aniqlikkacha shaberlanadi.

Shaberlarni charxlash va qirovini to‘kish

  1. Yassi shaberlarni charxlash.



1.Charxlash stanogi to‘siqlarning birligi va uning ishga yaroqliligi, charxtoshning mahkam va aniq o‘rnatilganligi, charxtosh va podruchnik orasidagi tirqish (2-3 mm) podruchnikning puxta mahkamlanganligi mavjud mahalliy ѐritishning qoidaga muvofiqligi nuqtai nazaridantekshiriladi. Taglikning doiraga nisbatan holati me’ѐrlanadi, ximoya ekrani ochiladi, stanok ishga tushiriladi. Shaber ish qisminig ikkala tekisligi kesuvchi qirralardan 25-30mm uzunlikda doiraning ѐn yuzalarida bir-biriga parallel holatda charxlanadi. Shaber sterjeni chap qo‘l bilan kesuvchi qirralardan 25-30mm masofada, o‘ng qo‘l bilan esa orqa uchidan olinib, taglikka doira periferiyasiga nisbatan perpendikulyar yo‘nalishda o‘rnatiladi. Shaberning orqa uchi ѐtiq tekislikda sal silkitilib, uning ѐn chekkasi charxlanadi.




Download 3,82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   118   119   120   121   122   123   124   125   ...   144




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish