28.01.2022
O'quv amaliyot nomi: Qayta tiklanadigan energiya manbalarini o’rnatish ta’mirlash va sozlash
Мavzu № 9 Shamol agregat qurilmalarini o’rnatish joyini tayyorlash
Reja:
1.Texnika havfsizlik qoidalari
2.Shamol elektr qurilmalari
3. Shamol agregat qurilmalarini o’rnatish joyini tayyorlash
Ish boshlashdan oldin ish joyi ko’zdan kechiriladi,ortiqcha va kerakmas buyumlar olib tashlanadi,asbob-uskunalarning ishga yaroqliligi tekshiriladi, faqat i/ch.ta’limi ustasi tomonidan berilgan topshiriqlar uning nazorati ostida bajariladi.
Ish vaqtida chalgi’imaslik va boshqalarni chalg;itmaslik, i/ch.ta’limi ustasi ruhsatisiz ish joyini tark etmasik kerak. Ish yakunida asbob-uskunalar yugilib o’z joyiga olib boriladi,ish o’rni yig’ilib ,tozalanadi, i.ch.ta’limi ustasi ruxsati bilan ish joyi tark etiladi. Ish vaqtida shaxsiy sanitariya-gigiena qoidalariga to’liq amal qilinadi. Texnika xavfsizligi talablariga rioya qilmaslik mehnat intizomi qoidalarini buzish hisoblanadi va buzgan shahslarga tegishli choralar ko’riladi.
Shamolning katta kuchi hisobiga ekoligik toza texnologiyali elektr energiya ishlab chiqarish hozirgi vaqtda katta ahamiyatga ega. Kosmosdan olingan rasmlarning ko’rsatishicha, mustaqil hamdo’stlik davlatlari territoriyasining havo okeani doimiy shamol ta’sirida turadi. Undan energiya manbai sifatida foydalanib,
turli shamol elektr stansiyalari yaratish fikri maqsadga muvofiq keladi. Buning uchun shamoldan foydalanishga maqbul joylarni tanlash va ularni tavsiflash uchun tegishli ma’lumotlarni to’plash kerak. Shamol elektr stansiyalari uchun yangi temir yo’llar qurish, yoqilg’i qazib ollish va uni tashib keltirish kerak bo’lmaydi va hokazo.
Shamol tegirmonlari birinchi marta XII asrda tilga olingan. Bu tegirmonlar asta-sekin dunyoning barcha mamlakatlariga tarqalgan. Dastlab, ular guruh-guruh qilib qurilgan. Bunday tegirmonlar keyinchalik yanada takomillasha bordi. Agar asrimizning boshida Rossiya Federatsiyasida mavjud bo’lgan shamol
tegirmonlar o’rniga shu zichlikda yirik energoagregatlar o’rnatilsa, ular ishlab chiqargan energiya bilan aholisi 500 million bo’lgan hozirgi eng rivojlangan davlatni energiya ta’minoti me’yoridan 8 marta ko’p ta’minlash uchun yetgan bo’lar edi.
Shamol energetikasini, avvalambor, qayerda doimiy shamol bo’lsa, o’sha joyda rivojlantirish maqbul. Jumladan, bizning Respublikamizda Farg’ona viloyatining O’zbekiston tumanidagi Yaypan va Bekobod shaharlari yaqinida shamol elektr stansiyalarini joylashytirish mumkin va hokazo
Shamol elektr stansiyasi (SHES) — shamol oqimining kinetik energiyasini elektr energiyasiga aylantiruvchi kurilma. Shamol dvigateli, elektr toki generatori, generator va dvigatelning ishini
boshkaruvchi avtomatik qurilma xamda ular oʻrnatiladigan inshootlardan iborat. Shamol elektr stansiyasisidan, koʻpincha, shamol oqimining oʻrtacha yillik tezligi yuqori (5 m/sek dan katta) boʻlgan va markazlashtirilgan elektr taʼminot tarmoqlaridan uzoqda joylashgan hududlarda (mas, Oʻrta Osiyoda — dasht, chul va chala chullarda) elektr energiyasi manbai sifatida foydalaniladi. Shamol elektr stansiyasie.da 8 kVt dan 1,2 mVt gacha quvvatli elektr energiyasi hosil qilish mumkin.
Shamol energetik tizimlar quyidagi tarkibiy qismlarni o‘z ichiga oladi:
1. Shamol energetik qurilma, SHEQ – asosan shamol g‘ildirak, generator va machta (minora) lardan iborat.
2. Kontrolyor – SHEQdagi ko‘p jarayonlarni boshqaradi (kurakchalarni burish, akkumulyatorni zaryadlash, himoya qilish funksiya va b.). U generator ishlab chiqaradigan o‘zgaruvchan tokni akkumulyator batareyalarni zaryadlash uchun o‘zgarmas tokka o‘zgartiradi.
3. Kuch shkaf. Almashlab ulagich va saqlagichlar.
4. Akkumulyatorli batareyalar – shamolsiz soatlarda foydalanish uchun elektr energiyani to‘playdi. Bundan tashqari, ular generatordan chiqadigan kuchlanishni tekislaydi va stabillashtiradi. Ular tufayli birdan kuchayadigan shamolda ham uzluksiz stabillashgan kuchlanish ta’minlanadi. Obektlarning ta’minoti akkumulyatorli batareyalardan beriladi.
5. Invertor – akkumulyatorli batareyalarda to‘plangan o‘zgarmas tokni ko‘pchilik elektr asboblar iste’mol qiladigan o‘zgaruvchan tokka o‘zgartiradi.
6. Elektr tok manbani avtomatik almashlab ulagich – AVR.
Asosiy elektr manbai yo‘qolganda 0,5 sekund davomida bir nechta elektr ta’minot manbalar orasida avtomatik almashlab ulashni amalga oshiradi. SHEQni, umumiy elektr tarmoqni, dizel generatorni va boshqa eletr manbalarni yagona avtomatlashtirilgan tizimga birlashtirish imkoniyatini beradi.
7. Anemoskop va shamol yo‘nalish o‘lchagich – o‘rta va katta quvvatli SHEQlarda shamol tezligi va yo‘nalishi haqida ma’lumotlar bilan ta’minlaydi. SHEQ doim avtomatik ravishda shamol bo‘yicha yo‘naltiriladi.
Shamol elektr qurilmasining tuzilish sxemasi
Uyga vazifa
1.Shamol elektr qurilmalarini tuzilishini o’rganish
2.shamol elektr qurilmalari haqida qo’shimcha ma’lumotlar to’plash
Do'stlaringiz bilan baham: |