Ishning vazifalari:
1. Dumaloq plashkalar vositasida rezba kesish.
2. Klupp vositasida rezba kesish.
Taxminiy ish ob’ektlari: boltlar, 100 mm uzunlikdagi, 4-16 mm diametrli murvatlar.
Asbob va materiallar: o‘ng va chap metchiklar, rezba kesish parmalari, kernerlar, bolg‘achalar, zenkovkalar, metrik metchiklar, rezba o‘lchagichlar, rezba kalibrlari-tiqinlari (ѐki boltlari), shtangensirkul (0,1 m), 2 va 3-raqamli turli egovlar, doiraviy rezba kesgich, ya’ni plashkalar (keskin va yaxlit), mashina metchiklar, chizg‘ichlar, mashina moyi va latta-putta.
Do'stlaringiz bilan baham: |