Ishlov beriladigan metallning qattiqligiga qarab, charxlash burchagi quyidagicha tanlanadi:
Matriallar
|
Parmaning charxlanish burchagi, grad.
|
O‘rta qattik po‘lat va cho‘yan
Po‘lat o‘ram-pakovkalar
Latun va bronza Qizil mis
Aluminiy, babbit, elektron
Silumin
Magniy qotishmalar
|
116-118
125
130-140
125 130-140
90-100
110-120
|
Ebonit, gelluloid
Marmar va boshqa mo‘rt metall
Plastmassalar
|
85-90
80
50-60
|
Parmani tekshirish va uning kesuvchi qirralari qirovini to‘kish.
|
3.Maxsus andoza bo‘yicha: Kesuvchi qirralar uzunligi (ikkala qirra bir xil uzunlikda bo‘lishi), parma uchidagi charxlanish burchagi (andozaga muvofiqligi parma qirralari va ѐn yuzasi o‘rtasidagi burchaklar bir xilligi lozim); qirralarning charxlash burchaklari (ikkala burchakning tengligi va andozaga muvofiqligi) tekshiriladi. Kesuvchi qirralar qirovi qayroqda to‘kiladi.
|
Parmaning charxlanish sifatini tekshirish.
|
4. Parmaning charxlanish sifatini aniqlash uchun: andoza bo‘yicha burama ariqchaning hamda kashaklarining qiyalik burchagi kesuvchi qirralarining charxlanish burchagi va uzunligi tekshiriladi; parma o‘ng qo‘lga, andoza chap qo‘lga olinadi; andozaning uzun ish yuzasi parmaning ѐn yuzasiga qo‘yiladi va andoza ish qismining parma kesuvchi qirrasiga jips tegib turishiga qarab, to‘g‘ri charxlanganligi tekshirib ko‘riladi, bunda: har ikkala kesuvchi qirraning uzunligi bir xil bo‘lishi; parma uchining charxlanish burchagi andozaga mos kelishi; parmaning qirralari bilan ѐn yuzalari orasidagi burchakning bir xilligi; qirralarning har ikkala o‘tkirlanish burchaklari keng va andozaga muvofiq bo‘lishi kerak (a). Charxlash sifati universal burchak bo‘yicha tekshirishda: oldin u tegishli burchakka (masalan, 116-1180ga) o‘rnatiladi (b); burchak o‘lchagich (1) parma qirrasiga qo‘yiladi va o‘lcham yuzasi (3) hamda burchak o‘lchagich burilish lappagining (2) jips tegib turishiga qarab, o‘lchanaѐtgan kattalik aniqlanadi. Parmaning to‘g‘ri charxlanganligi xomaki parmalash yo‘li bilan tekshiriladi (v). Metall chiqindilari ichidan qisqa va kichik diametrli bo‘lganlari olinib, mashina giralariga ѐki parmalash stanogining stoliga mahamlab qo‘yiladi. Parmaning orqa uchi va stanok shpindelining konusi hamda parma stanok shpindelining konusi artilib, parma stanok shpindeliga o‘rnatiladi. Xomaki parmalab ko‘rish: agar kesuvchi qirralarning parma o‘qiga nisbatan qiyalik burchaklari bir xil bo‘lsa, qirindi teshikdan ikki spiral ariqcha bo‘ylab, agar bir xil bo‘lmasa, bitta ariqchadan chiqadi; xomaki teshik diametri aniqlanadi (noto‘g‘ri charxlanganda, bu diametr parmaning nominal diametridan katta bo‘ladi.
|
Stanokda va parmalash mashinalari bilan parmalashda xavfsizlik qoidalari
Bu amalni bajarishda:
-mahkamlanishi lozim bo‘lgan ѐki yaxshi mahkamlanmagan materialni parmalamaslik kerak;
-parmalash vaqtida soch bosh kiyim ostiga olinadi; -yeng uchi puxtalab tugmalanadi; -o‘tmas parma bilan parmalamaslik lozim;
-ayniqsa, kichik diametrli teshiklarni parmalashda parmaga qattiq bosilmaydi.
-ko‘zga qirindi tushmasligi uchun parmaga juda yaqin engashilmaydi;
-parma teshikdan chiqishi bilanoq dasta darhol qo‘yib yuborilmay, shpindel dastasi yuqoriga ravon harakat bilan ko‘tarilib, dastlabki holatgacha yetkaziladi;
-po‘lat metall sovituvchi suyuqliksiz parmalanmaydi; agar parmalash vaqtida qisirlagan tovush eshitilsa, parmalash to‘xtatiladi; zagotovka yumshatiladi va parma qayta charxlanadi;
-agar ishdagi elektr kuvvati 40 V dan ortiq bo‘lsa, yerga ulanmagan elektr asbobi bilan ishlash qatiyan man etiladi;
-yuritgich tarmoqqa ulangach, asbobning aylanadigan qismlarini qo‘l bilan ushlash mumkin emas;
-ishdagi har qanday tanaffusda yuritgichni tarmoqdan uzib qo‘yish zarur;
-tok uzatuvchi simining izolyatsiyasi buzilgan elektr asbobi bilan ishlash man etiladi;
-rezina shlang pnevmatik asbobga tarmoqdan havo chiqaruvchi jumrak ochilishidan oldin ulanadi;
-pnevmatik asbob bilan ishlab bo‘lgach, avval tarmoq jo‘mragi ѐpiladi, so‘ngra esa shlang asbobdan olinadi;
-mexanizatsiyalashgan asboblardan foydalanib, ishlanadigan detal va uzellar ishonchli ravishda mahkamlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |