Teshikni chizmada ko‘rsatilgan o‘lchamgacha zenkerlash.
|
1.Jadvalga binoan tanlanadigai zenkerlash qo‘yimini hisobga olib, parma bilan teshik parmalashdan oldin kerakli diametrdagi (quyida berilganlardan) parma tanlanadi. Parma diametri – 16-55, 56-65, 66-76 mm. Zenkerlash uchun qo‘yim - 2,5, 3,0, 3,5 mm. Parma diametri - 5- 24, 25 -35, 36-45 mm. Zenkerlash uchun qo‘yim - 1,0, 1,5, 2,0 mm. Stanok to‘xtatiladi va zagotovka stanok stolidan olinmay, parma tegishli silindrik zenker bilan almashtiriladi. Stanok zenkerlash uchun parmalash rejimlariga asosan sozlanib, ishga tushiriladi va zenker mexanik usulda surilib, parron teshik zenkerlanadi
|