Keng yuzalarni egovlashda xavfsizlik qoidalari
Egovlash jaraѐnida: materialning notekisligi va cheti qiyshayganligi, uning giraga bo‘sh ѐki qattiq mahkamlanganligi (detalning siljib ketishi ѐki tob tashlashiga sabab bo‘ladi) egovlash qoidalariga rioya qilinmaganligi va egov uzunligi to‘g‘ri tanlanmaganligi oqibatidir. Noto‘g‘ri rejalashning, qo‘l shikastlanishi va ko‘zga qirindi tushishining oldini olish uchun egovlashda hosil bo‘lgan qirindini qo‘l bilan sidirib tashlamaslik ѐki puflamaslik kerak, qirindi qilli cho‘tka ѐrdamida ketkaziladi; tekshirishdan oldin yuza qirindidan tozalanadi; chizg‘ich yuza bo‘ylab surilmaydi, chunki bunda u tez yeyiladi (shu boisdan chizg‘ich olib qo‘yiladi); tekshirish vaqtida chizg‘ich qiyalatilmaydi; chizg‘ich dastgohga tashlanmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |