Egovlashdagi ish harakatlari va egovni muvozanatga keltirish
Egov bilan ish harakatlarini moslama plastinalari (ѐki shveller qovurg‘alari) bo‘ylab bajarish.
|
1.Egov ikkala qo‘l bilan qat’iy gorizontal yo‘nalishda oldinga (ish yurishi) va orqaga (salt yurishi) shunday ravon harakat qildirilishi kerakki u butun yuzasi bilan ikkala plastinaga (ѐki shveller qirralariga) tegib tursin. Egovga chap va o‘ng qo‘l bilan bosish kuchi taqsimlanishiga qat’iy rioya qilgan holda (muvozanatni saklab), unga faqat oldinga borishida bosiladi, chunonchi: ish yurishi boshida egovga asosan chap qo‘l bilan bosilib, o‘ng qo‘l bilan u gorizontal xolatda ushlab turiladi (a); ish yurishi o‘rtasida egovga ikki qo‘lda bir xil kuch bilan bosiladi (b); ish yurishi oxirida esa unga asosan o‘ng qo‘l bilan bosilib, chap qo‘lda egov gorizontal holatda ushlab turiladi (v). Bunday ish yurishi vaqtida o‘ng qo‘l tirsakdan panjagacha egov bilan to‘g‘ri chiziqni tashkil qilishiga va egov gorizontal holatda bo‘lishiga e’tibor beriladi. Ish yurishi oxirida gavda salgina oldinga egilib, chap oѐqqa tayanadi. Egov orqaga yurgizilganda-salt yurishida mashq moslamasi (shveller) plastinalaridan olinmaydi.
|
2. Egovlashda kuchning taqsimlanishi.
|
2. Odatda, detallar giraga qisib quyidagi holda egovlanadi. Xomaki materialning ishlanadigan sirti gira jag‘lari sathidan 8-10 mm chiqib turadigan qilib gorizontal holatda mahkamlanadi. Agar ishlov berilgan sirt giraga mahkamlanadigan bo‘lsa, uni shikastlamaslik uchun gira jag‘lariga burchaklik qo‘yiladi. Zagotovka sirti toza bo‘lishi va puxta mahkamlanishi kerak. Odatda, egovlash uchun 1 mm.gacha qo‘yim qoldiriladi. Qo‘yimning bundan ortiqchasi kesib tashlanishi lozim. Dastani tutib turadigan o‘ng qo‘l va egovning uchiga qo‘yiladigan chap qo‘l, holati e’tiborga olinadi (g). Egovlash paytida giraning o‘ng ѐki chap tomonida, unga yarim o‘girilgan holatda turish kerak bo‘ladi. Egov butun uzunligicha tekis va ravon yurgizilib, ikkala qo‘l gorizontal tekislikda harakatlantiriladi. Egovni oldinga yurgizishda ish yo‘li, opqaga yurgizganda salt yo‘li bajariladi. Orqaga tortishda egovga bosilmaydi. Xomaki ishlovda o‘ngga qatiqroq bosilib, asosiy qo‘yim olinadi, reja chizig‘iga 0,1-0,3 mm qolganda sirt mayda tishli egov bilan egovlanadi.O‘ng va chap qo‘llarning kuchi quyidagicha taqsimlansin (d); egov faqat oldinga yurgizilgandagina unga o‘ng va chap qo‘llar bilan bosish kuchining taqsimlanishiga, ya’ni muvozanatlanishiga qat’iy rioya qilish kerak; ish boshlanishida asosiy bosishni chap qo‘l bilan bajarish, o‘ng qo‘l bilan egovni gorizontal holatda tutib turish kerak; ish yurishi o‘rtasida har ikki qo‘l bilan egovga bosish kuchi bir xil bo‘lishi kerak; ish yurishi oxirida asosiy bosim o‘ng qo‘l bilan bajariladi, chap qo‘l bilan esa egov gorizontal holatda tutib turiladi: gavda gira tomonga engashtirilib, og‘irlik chap oѐqqa tashlanadi.
|
Do'stlaringiz bilan baham: |