1-reja. Pul tushunchasi va uning funktsiyalari. Pul agregatlari



Download 257,5 Kb.
bet6/21
Sana25.03.2022
Hajmi257,5 Kb.
#508625
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21
Bog'liq
тест

Ko`tarilish bosqichida ishlab chiqarish va bandlik darajasi asta-sekin oshib, ishlab chiqarish quvvatlaridan to`liq foydalanish va to`liq bandlik darajasiga erishiladi.
Iqtisodiy tebranishlarning sabablari. YUqorida ta`kidlaganimizdek, iqtisodiy davrlar bir xil bosqichlarga ega bo`lsada, ammo ular davomiyligi va faolligiga ko`ra o`zaro farq qilib turadi. SHuning uchun ham iqtisodchilar, bu jarayonlarni iqtisodiy davrlar deb emas, balki iqtisodiy tebranishlar deb atash to`g’ri bo`ladi deb hisoblashadi. Iqtisodiy tebranishlarning asosiy sababi sifatida iqtisodichilar uch omilni ko`rsatadi.
Birinchi guruh olimlar iqtisodiy tebranishlarning asosiy sababi texnika va texnologiyalarda ro`y beradigan o`zgarishlar deb hisoblaydilar. Ularning fikricha fan-texnika yutuqlarini qo`llash natijasida iqtisodiyotda o`sish ro`y beradi. Masalan avtomobilning yaratilishi yoqilg’i sanoati, neft qazib chiqarish, ximiya, yo`l qurilishi materiallari sanoatlarining jadal rivojlanishiga sabab bo`ldi. YAngi texnologiyalar ishlab chiqarish unumdorligini bir necha baravar oshirish, ilgari foydalanilmagan resurslarni ishga tushirish imkonini beradi. Texnik vatexnologikyangiliklar doim hamyaratilavermasligiiqtisodiyotdagitebranishlargasababbo`ladi.
Olimlarning yana bir guruhi iqtisodiy bosqichlarni siyosiy va tasodifiy vaziyatlarga bog’lashadi.
Bu jarayonni monetar siyosatga bog’laydigan olimlar ham mavjud. YA`ni, davlat qanchalik ko`p pul bosib chiqarsa, uning qadri shunchalik kamayib boradi, va aksincha, pul miqdori qanchalik kam bo`lsa, ishlab chiqarish ko`lamining pasayishi va ishsizlar sonining ortishi shunchalik tezlashadi. Xullas, iqtisodiy bosqichlarni baholashga turli xil yondashuvlar mavjud. Ammo barcha iqtisodchilar, ishlab chiqarish va bandlilik darajalarini yalpi talab va boshqacha aytganda yalpi xarajatlar miqdoriga bog’liq, degan fikrni qo`llab-quvvatlaydilar. CHunki, korxonalar o`z tovar va xizmatlarini ularga talab bo`lsagina ishlab chiqaradi. Boshqacha aytganda, talab katta bo`lmasa, korxonalarda tovar va xizmatlarni katta miqdorda ishlab chiqarish foydali emas. O`z navbatida, ishlab chiqarishda bandlilik va daromadlar darajasi ham, aynan shu sababli, past bo`ladi. YAlpi xarajatlar miqdori qanchalik ko`p bo`lsa, ishlab chiqarishning o`sishi katta foyda olib keladi. SHuning uchun ishlab chiqarish, bandlilik va daromadlar darajasi ortib boradi. Iqtisodiy tebranishlar sabablarini, ularga ta`sir etuvchi omillarni o`rganish, iqtisodiy tebranishlar amplitudasini qisqartirish barcha hukumatlar makroiqtisodiy siyosatining muhim maqsadlaridan biridir.
Iqtisodiyotda tashqi omillar ta`siri bor, ammo krizisning sababini iqtisodiyotning ichki rivojlanish qonuniyatlaridan izlash kerak. Bu masalada Yozef SHumpeter shunday degan edi: «krizisning yagona sababchisi «yuksalish» dir», ya`ni iqtisodiyot jadal o`sayotgan davrda tug’ilgan qiyinchiliklarni echish uchun zarur bo`lgan davr va holatdir.
KATTA TO`LKINLAR. Buni Kondrat’evning katta tsikllari deb ham atashadi. Bu fenomenni 1922 yil rus iqtisodchisi Nikolay Dmitrievich Kondrat’ev (1892-1938 yil, o`sha davr intelligentlaridek sovet lagerda o`lgan) tushuntirgan. Ilmiy texnik va u bilan bog’liq bo`lgan ijtimoiy jarayonlar impul’siv xarakterda rivojlanadi. Har bir katta davr o`zining impul’slariga ega. Katta tsikl 40-60 yillar davom etadi va bu davrda bir necha iqtisodiy tsikl almashadi. U ham ko`tarilish va turg’unliklariga ega bo`lib, to`lqinsimon xarakterga ega.
Gollandiyalik olim YA. Van – Deyn kata tsikllarni quyidagicha davrlaydi:

1chi to`lqin

2 chi to`lqin

3 chi to`lqin

4 to`lqin

1790 – 1815

1845 – 1872

1892 - 1929

1945 – 1973

SHu klassifikatsiya bo`yicha beshinchi to`lqin saksoninchi yillarningoxirida boshlangan. Bunga totalitar, kommunistik sistemalar emirilishi turtki bo`lgan deb hisoblashadi.
Katta tsikllarning dvigatellari quyidagilar:
-Innovatsion faoliyatni ko`taruvchi bazis xarakterdagi ilmiy - texnik to`ntarishlar;
-Strukturaviy kata siljishlar va baholar proportsiyasidagi keskin o`zgarishlar;
-Bozor iqtisodiyotining yangilanishi, o`z-o`zini takomillashtirishi (erkin raqobatdan monopolistikka o`tish kabi);
-ijtimoiy – siyosiy va ijtimoiy – psixologik makroko`rsatkichlarda tub o`zgarishlar (progressiv reformalar, kata urushlar, kata demografik siljishlar).
Iqtisodiy tebranishlar sabablarini, ularga ta`sir etuvchi omillarni o`rganish, iqtisodiy tebranishlar amplitudasini qisqartirish barcha makroiqtisodiy siyosatining muhim maqsadlaridan biridir.
Milliy iqtisodiyotda iqtisodiy tebranishlarning salbiy oqibatlarini bartaraf etishga qaratilgan davlatning siyosati antitsiklik siyosat deb ataladi.
Birinchi yo`nalish (neokeynschilik) - davlat tomonidan iqtisodiyotdagi yalpi talab tartibga solinadi,
Ikkinchiyo`nalish (nekonservatizm) – yalpi taklif.Fiskal va pul-kredit siyosati orqali yalpi talab va yalpi taklif tartibga solinadi.
Birinchi yo`nalish tarafdorlari yalpi talabni fiskal siyosat orqali rag’batlantirishni ilgari suradi, ikkinchi yo`nalish tarafdorlari esa yalpi taklifni pul-kredit siyosat orqali.
Pasayish fazasida xukumatning barcha chora-tadbirlari ishbilarmonlik faolligini rag’batlantirishga yo`naltiriladi
Bunda fiskal siyosatida:
} soliqlar kamayadi;
} investitsiyalarni rag’batlantirishga qaratilgan soliq imtiyozlari, davlat xarajatlarining o`sishi.
Pul-kredit siyosatida esa kredit ekspansiyasi olib boriladi. Uning maqsadi – qo`shimcha imtiyozli kreditlar orqali iqtisodiyotni jonlantirish. Bunda olib boriladigan «arzon pullar» siyosati natijasida pul bozorida foiz stavkalari pasayadi. Bu esa, ishbilarmonlik faolligini oshiradi va mamlakatda ishsizlik darajasi pasayadi.
Xukumat jonlanish fazasida esa, teskari, cheklovchi siyosatni olib boradi
Demak, fiskal va pul-kredit tadbirlari quyidagilardan iborat:
} soliq stavkalarining o`sishi;
} davlat xarajatlarining kamayishi;
} «qimmat pullar» siyosati orqali, kreditlar bo`yicha foiz stavkalarining oshirilishi.
Iqtisodiyotning beqaror rivojlanishi oqibatida, iqtisodiy pasayish davrida ishlab chiqarish resurslari to`liq foydalanilmay qoladi.
YAIMni yaratishda qatnashadigan iqtisodiy resurslarning eng asosiylaridan biri bo`lgan mehnat resurslaridan to`liq foydalanilmaslik ishsizlikda namoyon bo`ladi.
Makroiqisodiy tahlilda mehnat resurslari emas balki ishchi kuchi kategoriyasidan ko`proq foydalaniladi.
Ishchi kuchi yoki iqtisodiy faol aholi deganda mehnatga layoqatli yoshdagi ishlayotgan va ishsiz yurgan aholining umumiy soni tushuniladi.
Mehnat bozorida boshqa resurslar bozori singari talab va taklif qonuni amal qiladi. Ishchi kuchining bahosi hisoblangan real ish haqi hajmi oshsa ishchi kuchiga bo`lgan talab qisqaradi, agar real ish haqi hajmi kamaysa ishchi kuchiga bo`lgan talab ortadi, ishchi kuchi taklifi esa kamayadi. Ishchi kuchiga bo`lgan talab miqdorining ishchi kuchi taklifi miqdoridan kam bo`lishi ishsizlikni keltirib chiqaradi.
Ishsizlar – bu, ishchi kuchining bir qismi bo`lib, ijtimoiy ishlab chiqarishda band bo`lmagan, lekin ishlashni xohlovchi va faol ish qidirayotgan aholidir.
Ishsizlik darajasi deb ishsizlarni ishchi kuchi soniga nisbatiga (% hisobida) aytiladi va uni quyidagi formula bilan aniqlash mumkin:

Download 257,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish