1. Raqamli kartalarni loyihalash tamoyillari Raqamli kartalarni ishlab chiqarish qoidalari


Raqamli kartalarni ishlab chiqarish qoidalari



Download 0,6 Mb.
bet2/3
Sana18.04.2023
Hajmi0,6 Mb.
#929736
1   2   3
Bog'liq
6-ma\'ruza

Raqamli kartalarni ishlab chiqarish qoidalari
Raqamlashtirish (digitizing) – oddiy (analog) ma’lumotlarni kompyuter tizimida saqlay oladigan raqamli koʻrinishga keltirish jarayonidir. Raqamlashtirishda digitayzer (raqamlovchi) (6.2-rasm), GATdagi dasturiy ta’minotlar, skanerlar va boshqa raqamlovchi qurilmalar qoʻllaniladi.

6.2-rasm. Kichik raqamlovchi interaktiv doska (Manba:Samardak, 2005)

Raqamli karta (numerical, digital map) – kartalarni proyeksiyalashda, koordinata va balandlik sistemasini aniqlashda qabul qilingan kartografik generalizatsiyalash qonunlari asosida tashkil etilgan yuzaning raqamli modeli. Boshqacha aytganda, raqamli karta bu raqamli kartografik ma’lumotdir. Raqamli karta kartografiyalash, karta aniqligi, generalizatsiya, shartli belgilar tizimining barcha me’yorlari va qoidalari asosida yaratiladi. Raqamli karta oddiy qo gʻozli, kompyuter va elektron karta yaratishda asos boʻlib xizmat qiladi hamda kartografik ma’lumotlar bazasi tarkibiga kiradi. Shu bilan birga GAT ta’minotining muhim elementlaridan hisoblanib, bir vaqtning oʻzida GAT jarayonlarining natijasi ham boʻlishi mumkin.


Kartografik axborotlarni tasvirlash qoidalari obyektlarning uzoq-yaqin joylashuviga qarab masshtablarda koʻrsatiladi va shartli belgilarga koʻra belgilanadi. Bu qoida shartli belgilar tizimi va shu bilan birga raqamli topokartalarni yaratish usullari va texnik vositalari asosida ishlab chiqilgan.
Raqamli tasvirlashning eng koʻp ishlatiladiganlari bu obyekt kodi, metrik tasvirlanishi, obyektning topokartada ayni masshtabda joylashganligi xarakteristikasi va koʻpincha obyektning semantikasidir.
Obyektni metrik tasvirlash ikki xil vazifani bajaradi:

  • obyektning fazoviy holatini joylashtirish (fixings);

  • qoʻshimcha axborot bilan ta’minlash (masalan, suv ayri chizigʻini relyeflarda koʻrsatish).

  • Obyektlar xarakteriga koʻra quyidagicha tasvirlanadi:

  • diskret obyekt – bir nuqtali;

  • shartli-chiziqli obyekt – ikki nuqtali;

  • chiziqli va maydonli obyekt – koordinatalariga koʻra; maydonli obyektda oxirgi nuqta oʻz oʻrnida birinchi boʻlib ham keladi.

Chiziqli obyektlar ham berilgan yoʻnalishiga qarab ikki guruhga boʻlinadi:

  • toʻgʻri va har qanday yoʻnalishda (masalan, yoʻl);

  • faqat balandlikni yoki relyefni tasvirlaydigan (masalan gorizontallar, suv ayri chiziqlari va boshq.).

Skaner (scanner) – bosma yoki qattiq koʻrinishdagi oddiy mediama’lumotni kompyuter xotirasiga avtomatik tarzda kiritish uchun raqamli rastr formatga oʻtkazuvchi qurilma hisoblanadi. Skanerning ishlash tamoyili berilgan oddiy formatdagi ma’lumotga nur joʻnatib, oʻsha nurni yana oʻzida qayta olishiga asoslangan. Qaytarilayotgan nur skaner turiga qarab oq -qora (1 bit) yoki rangli (8,16,32 bit) koʻrinishda qabul qilinishi mumkin.

6.3-rasm. А1 formatli kartalarni skanerlovchi qurilma
(Manba:Longley, 2005)

Odatda, bunday tasvirlarning aniqligi yuqori (200 – 2400 dpi) boʻladi. Dpi (ingl. dot per inch) bu 1 dyuym (2,54 sm) kvadratga toʻgʻri keladigan nuqtalar soni. Masalan, 200 dpi da 1 mm ga 8 nuqta toʻgʻri kelsa, 2400 dpi da 96 nuqta toʻgʻri keladi. Koʻpchilik GAT loyihalarida skanerlash 400 – 900 dpi (16 – 40 nuqta 1 mm da) orasida bajariladi. Skaner turi va talab qili ngan sifat tiniqligiga qarab kartani skanerlash jarayoni 30 sekunddan to 30 minutgacha davom etishi mumkin.


Maxsus skanerlar turli oʻlchamdagi kartalarni skanerlashga moʻljallangan va hozirda bu sohada A1 formatli kartalarni skanerlab , raqamli koʻrinishga keltiruvchi maxsus skanerlar keng qoʻllanilmoqda (6.3-rasm). Skanerlar planshetli (flatbed scanner), barabanli (drum scanner), gʻildirakli (sheetfeed scanner) va qoʻl yordamida boshqariluvchi (handheld scanner) turlariga boʻlinadi. Oxirgi turdagi skanerlarning skanerlash formati chegaralangan. Shu bilan birga skanerlar aero - va kosmik apparatlarda oʻrnatilib, yerning ustki qismini tasvirga olishda ham qoʻllaniladi.

Download 0,6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish