9-SINF FIZIKA
1. Quyidagi tasdiqlarning qaysi biri ideal gaz uchun noto`g`ri?
A)molekulalar orasidagi o`zaro ta`sir kuchlari hisobga olmaslik mumkin
B) molekulalarning o`zaro ta`sir potensial energiyasini hisobga olmaslik mumkin
C) molekulalar hajmini hisobga olmaslik mumkin
D) molekulalar massasini hisobga olmaslik mumkin
2. Gazni ideal deb hisoblash uchun nimani hisobga olmaslik kerak?
molekulalarning uzoqdan ta`sirlashishini
molekulalarning to`qnashish ta`sirlashishini
molekulalarning to`qnashishlarini
molekulalarni massasini
3. Germetik yopilgan idishda suv va suv bug`i bor.Idish isitilganda , suv bug`i molekulalarining konsentratsiyasi qanday o`zgaradi?
A) ortadi B) kamayadi C) o`zgarmaydi
D) dastlab ortadi,biror muddatdan so’ng o’zgarmay qoladi
4. Ta`rifni davom ettiring. Havodagi suv bug`ining parsial bosimi bu-.….
A) boshqa gazlar bo`lmaganda suv bug`i hosol qilishi mumkin bo`lgan bosim
B) suv bug`i to`yinganda hosil bo`ladigan bosim
C) suv bug`ining kritik temperaturasidagi bosimi
D) bug`ning kondensatsiyalanishidagi bosimi
5. Nima sababli efir bilan ho`llanganida qo`limiz suv bilan ho`llanganidan ko`ra qattiqroq soviydi?
A) Efirning solishtirma bug`lanish issiqligi suvning solishtirma bug`lanish issiqligidan ancha kichik
B) suvning qaynash harorati efirning qaynash haroratidan ancha katta
C) suvning qaynash harorati efirning qaynash haroratidan ancha kichik
D) qaynash nuqtasi inson badani haroratiga yiqin bo`lgani uchun efir suvga qaraganda juda jadal bug`lanadi
6. 1kg 00C li suv , bug` va muzdan qaysi birining ichki energiyasi katta .
A) suv B) bug` C)muz D) hammasida bir xil
7. Solishtirma qotish issiqligining o’lchov birligi qaysi?
A)J/kg B) gradus(K) C) J/kgK D) J/K
8. Bir xil haroratli 8 ta shar shaklidagi simob tomchilari birlashib yagona tomchi hosil qildi. Bunda harorat qanday va nima sababli o`zgaradi?
harorat o`zgarmaydi, chunki suyuqlik sirti energiyasi o`zgarmaydi
harorat pasayadi, chunki sirt energiyasi kamayadi
C)harorat ko`tariladi,chunki sirt energiyasi kamayadi
D) harorat pasayadi, chunki sirt energiyasi ortadi
9. 200 C temperaturada suvning solishtirma bug`lanish issiqligi 2260 kJ/kg . Shu temperaturadagi 1 kg bug`ni suvga aylantirsa qancha issiqlik ajralib chiqadi?
A) 226 kJ B) 2,26 x 106 J C) 1130 kJ D) 4320 kJ
10. Idishdagi 00C haroratli suvga 00 C haroratli muz bo`lagi solinsa nima bo`ladi?
A) muz butunlay eriydi B) muz qisman eriydi
C) suv batamom muzlaydi D) suv va muzning miqdori o`zgarmaydi
11. Areometr yordamida qanday fizik kattalik o`lchanadi?
A) suyuqlik zichligi B) tezlanish C) trubalardagi suyuqlikning oqish tezligi D) bosim
12. Barometr yordamida qanday fizik kattalik o`lchanadi?
A) temperatura B) kuchlanish C) tok kuchi D) bosim
13. Sirt taranglik koeffisiyenti qanday birlikda o`lchanadi?
A) J/m2 B) N/m2 C) N/m D) A va C
14. Diametri 1 mm bo`lgan tomizg`ichdan tomgan suv tomchisining massasini aniqlang. (mg) Suvning sirt taranglik koeffisienti 73 mN/m ,π=3 deb hisoblang.
A) 219 B) 21,9 C) 31,9 D) 24,3
15. Amorf moddalarning xossalari uning …….. orqali tushuntiriladi.
A) zichligi B) qattiqligi C) izotropligi D) anizotropligi
Do'stlaringiz bilan baham: |