Ot so‘z
turkumi
1. Quyida otlarning tuzilishiga ko‘ra nechta turi qo‘llangan ?
Belbog‘, osmon, qarindosh-urug‘, katta-katta, qo‘ni- qo‘shni, tustovuq, daraxt, aka-uka
1) sodda ot 2) qo‘shma ot
3) juft ot 4) takroriy ot
A) 1,2,3,4 B) 1,2,3
C) 1,2,4 D) 2,3,4
2. Quyida berilgan qaysi qatorda imloviy xatolikka yo‘l qo‘yilgan ?
A) Sog‘liqni
saqlash vazirligi
B) Vazirlar Mahkamasi
C) “Oltin yulduz” medali
D) Rossiya Federatsiyasi
3. Qaysi javobda shaxs nomlari berilgan?
A) zargar, suvchi, kampir
B) lola, rayhon,
temir
C) Aziz, Ilg‘or, Lobar
D) qoplon, lochin, qaldirg‘och
4. Qaysi gapda shaxs oti yasovchi qo‘shimcha qo‘llangan ?
A) Rashidboy ertasi kuni qassobning mashinasida tog‘ ortiga jo‘nadi.
B) Yaxshilikka yomonlik deganlari shu ekan.
C) Qo‘shiq aytganim faqat otamga yoqqan emish.
D) Aravakash mo‘mingina, muloyim, kamgap kishi.
5. Qaysi gapda tafakkur va tasavvur orqali idrok qilinadigan ot qo‘llangan ?
A) Dadam kunduzi chopiqda juda charchagan edi.
B) Yoshlik qaytib kelmaydi.
C) Yolqin akam terimdan bo‘shagandan keyin hovlini tuzatadi.
D) Qirlarning g‘ir-g‘ir shamoli, hammaning ruhiyatini ko‘tarib yubordi
6. –lar qo‘shimchasi qarindoshlikni bildiruvchi so‘zlarga egalik qo‘shimchasidan keyin qo‘shilib, qanday ma’no(lar)ni ifodalashi mumkin ?
A) faqat hurmat ma’nosi
B) Umumlashtirish ma’nosi
C) hurmatlash va ko‘plik ma’nosi
D) birgalik ma’nosini
7. Qaysi javobda predmetning tinglovchiga qarashliligi ifodalangan ?
A) ruchkam
B) ruchkang
C)
yozdim
D) yozding
8. Qaysi javobda narsa oti yasovchi qo‘shimchalar berilgan?
A) –kor, -uvchi, -dosh
B) –kich, -moq, -don
C) –zor, -loq, -ma
D) –qin, -ik, -in
9. Qaysi javobda mavhum otlar berilgan ?
A) chopiq, qirg‘in
B) saylov, to‘qchilik
C) quvonch, tuyg‘u
D) dehqonchilik, ko‘rik
10. Qaysi javobda o‘rin-joy otlari berilgan ?
A) yulduz, sayyora,
kometa
B) sharq, madrasa, zavod
C) qishloqlik, shaharlik, buxorolik
D) bahor, tong, mart
11. Qaysi javobda juft ot imloviy jihatdan to‘g‘ri yozilgan ?
A)
kasb kor
B) otayu-ona
C) el-u yurt
D) ko‘prato‘shak
12. Qaysi javobda imloviy xatolikka yo‘l qo‘yilgan ?
A) Ichki ishlar vazirligi
B) “Istiqlol” san’at saroyi
C) “sharq gullari”
firmasi
D) O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
13. Qaysi javobda qarindoshlikni anglatadigan shaxs otlari berilgan ?
A) bola, juvon, chol
B) o‘quvchi, talaba, nafaqaxo‘r
C) bobo, singil, amaki
D) do‘st, o‘g‘il, kampir
14. Qaysi javobda ko‘plik ma’nosini ifodalagan otlar qo‘llangan ?
A) ko‘zlarim,
boshlarim
B) g‘amlarim, yuraklarim
C) bobolarim, momolarim
D) unlarim, suvlarim
15. Qismlari tub+yasama shaklida bo‘lgan juft otni aniqlang.
A) yig‘im-terim
B) ko‘rpa-to‘shak
C) yarog‘-
aslaha
D) kiyim-kechak