1-variant
1. Quruqlikdagi tuproqlarda sodir boMadigan tuzlar migratsiyasida
qaysilar asosiy rol o‘ynaydi?
A. Ohak, magnezit, gips, CaS04; N a,S04; MgS04; NaCl; CaCl2;
MgCl,; KNO,; N aN 03 va hokazo.
B. Gips, ohak, CaS04; Na2S04.
C. Na2S04; N aN 03; C aC 03, gips, ohak va hokazo.
D. Gips, osh tuzi. ohak va hokazo.
E. Osh tuzi, ohak, gips va hokazo.
2. Markaziy Osiyo tuproqlarida tuzlar to‘planishining asosiy tiplari
qaysi qatorda ko‘rsatilgan?
A. Dengiz, allyuvial.
B. Dengiz, delyuvial.
C. Elyuvial, delyuvial.
D. Allyuvial, prolyuvial, delyuvial.
E. Delta, prolyuvial.
3. Ikkilamchi sho‘rlanishning asosiy sabablari qaysilar?
A. Sug‘orish, sizot suvining ko'tarilishi.
B. Yerlarning zovurlanganlik darajasi.
C. Yerda qoldiq tuzlar borligi va minerallashgan sizot suvi
sathining ko'tarilishi.
D. Noto‘g‘ri agrotexnikani qo‘llash.
E. Noto‘g‘ri ekin turini tanlash.
4. Tuproq va gruntlar, sizot suvlarining sho‘rlanishida
qatnashadigan asosiy anionlar qaysilar?
A. Xlor, sulfat, oksalat.
B. Karbonat, gidrokarbonat, atsetat.
C. Xlor, sulfat, gidrokarbonat, karbonat.
D. Nitratlar, nitritlar, karbonatlar.
E. Nitratlar, nitritlar, xlor, sulfat, gidrokarbonat, karbonat.
5. Tuproq va sizot suvlarining sho‘rlanishida ishtirok etuvchi
asosiy tuzlar.
A. Xloridli, sulfatli, gidrokarbonatli, karbonatli, nitratli, nitritli.
B. Nitratli, atsetatli, nitritli.
C. Silikatli, karbonatli, nitritli.
D. Ohakli, silikatli, xloridli.
E. XIoridli, karbonatli, silikatli.
6. Qanday tuproqlar sho'rlangan toifaga kiradi?
A. Quruq qoldiq 0,3% ko‘p bo‘lsa.
B. Quruq qoldiq 0,3—1%.
C. Quruq qoldiq 0,1—0,3%.
D. Quruq qoldiq 1-2%
E. Quruq qoldiq 3% ko‘p bo‘lsa.
7. Mirzacho‘1 yerlaridagi sho‘rlanish tiplari.
A. Sulfatli, sodali.
B. Sulfat-xloridli.
C. XIoridli.
D. XIoridli, gidrokarbonatli.
E. Sulfat-sodali.
8. Sho‘r yerlarda o‘sadigan o‘simliklar kulida qaysi tuzlar ko‘p?
A. XIoridli, karbonatli, gidrokarbonatli.
B. Sulfatli, xloridli, silikatli.
C. Ohak, gips, silikatlar.
D. Nitratli, silikatli, temirli.
E. Xloridli, sulfatli, gidrokarbonatli.
9. Tuproq tarkibidagi ohak eruvchanligi nimalarga bogMiq?
A. Haroratga, bosimga.
B. Suv miqdoriga, ya’ni namlikka.
C. Mexanik tarkibiga, strukturasiga.
D. Strukturaga, namlikka.
E. Karbonat angidrid va suv miqdoriga, bosimga.
10. Sodali sho‘rxoklar genezisi qaysi qatorda to‘g‘ri?
A. Galogenetik.
B. Almashinish asosida.
C. Alyumasilikatlar parchalanishi natijasida.
D. Biologik gipergenez ishtirokida.
E. Hayvonot olami ishtirokida.
11. Ohak-gipsli cho‘llar genezisi.
A. Kimyoviy, biokimyoviy.
B. Cho‘l sharoitidagi tuproq hosil bo'lishi jarayoni.
C. Tog‘lardan kelayotgan sizot suvi.
D. Daryo suvlari ta’siri.
E. Gilli taqir tuproqlar.
12. Markaziy Farg‘ona yerlarining sho‘rlanish tipi qanday?
A. Sulfat-xloridli.
B. Xlorid-sulfatli.
C. Xlorid-sodali.
D. Sodali-sulfatli.
E. Nitrat-nitritli.
13. Markaziy Osiyoning sug‘oriladigan yerlaridagi namlanish
tartibotini ko‘rsating.
A. Yuviladigan, davriy yuviladigan.
B. Yuvilmaydigan, desuktiv bug‘lanuvchi.
C. Davriy yuviladigan, irrigatsion.
D. Yuvilmaydigan, yuviladigan.
E. Bug‘lanuvchi, kondensatsion.
14. Sho‘rtob tuproqlar genezisi qanday jarayon?
A. Kimyoviy jarayon.
B. Fizik-kimyoviy jarayon.
C. Biologik jarayon.
D. Tuproqdagi mikrobiologik jarayon.
E. Kimyoviy va fizik-kimyoviy jarayon.
15. Farg‘ona vodiysida tarqalgan sho‘r yerlarning asosiy dahasi
qaysi daha?
A. Marg‘ilon—Shahrixon dahasi.
B. Chust—Kosonsoy dahasi.
C. Marg‘ilon—Andijon.
D. Farg‘ona—Shohimardon.
E. Markaziy Farg‘ona va Qo‘qon guruh tumanlari.
16. Uchinchi gidromodul rayonida go‘zani sug‘orish tartibotini
ko‘rsating.
A. 3 -6 -1 .
B. 2 -6 -1 .
C. 2 -3 -1 .
D. 1-2-0.
E. 1 -3 -0 .
Do'stlaringiz bilan baham: |