1. Qoraqalpog'iston mux-tor viloyatining tuzilishi Qoraqalpog'iston mux-tor viloyatini sanoatlashtirishning dastlabki qadamlari


Qoraqalpog'iston mux-tor viloyatini sanoatlashtirishning dastlabki qadamlari.Qishloq xo’jaligidagi o’zgarishlarri



Download 41 Kb.
bet2/4
Sana19.06.2021
Hajmi41 Kb.
#70660
1   2   3   4
Bog'liq
qoraqalpogiston 20 yillarning ikkinch

Qoraqalpog'iston mux-tor viloyatini sanoatlashtirishning dastlabki qadamlari.Qishloq xo’jaligidagi o’zgarishlarri. Xalqning g’oyatda ko’p kuch-quvat sarflashi hisobiga erishilgan birinchi besh yillik yutuqlari umuman olganda samarali bo’lib chiqdi. Rejadagi topshiriqlar ba'zi ko’rsatkichlar bo’yicha 1932-yili bajarilmay qolgan bo’lsa-da, davlat sanoatining yalpi mahsuloti taxminan 13 mln so’mni tashkil etdi.

Kadrlar muammosi Qoraqalpog’iston uchun jiddiy muammo bo’lib qolaverdi. Sanoatlashtirishdagi ishchi-larning asosiy manbai sanoat korxonalariga jalb etilgan dehqonlar va hunarmandlar bo’ldi. 1928-yili muxtor viloyatdagi ishchilar soni 2,5 ming nafarga yetgan bo’lsa, 1932-yili ularning soni ortib, deyarli 16 ming nafarga bordi. o’sha yillarda malakali kadrlar muammosi ishchi-larni yo Ivanovo-Voznesensk, Moskva, Leningrad va boshqa sanoat shaharlaridan olib kelish, yoxud mahalliy ishchilarni markaziy rayonlarga o’qishga yuborish yo’li bilan hal qilib borildi.

Qoraqalpog’iston muxtor viloyatida uning Markazdan olisligi, muntazam aloqa yo’llari yo’qligi, hududlarning tarqoqligi, vayronalik ko’pligi, iqtisodiy va madaniy jihatdan qoloqligi tufayli o’ziga to’q, yirik xo’jaliklarni tugatishga doir Markaz siyosati ancha sekinlik bilan amalga oshdi. Lekin sovet hokimiyati shu yillardayoq qishloq xo’jalik shirkatlari, artellari, mashinalarni ijaraga beruvchi tarmoqlar tashkil etish orqali kambag’al dehqonlarning ehtiyojlarini qondirishga majbur bo’ldi.

Muxtor viloyatning qishloq xo’jaligida yer-suv munosabatlarini odatdagi holga keltirib, rostlash muam-mosi sovet hokimiyatining sinfiy siyosati bobida ayniqsa keskin bo’lib qoldi. Yerdan foydalanishda Qoraqal-pog’istonda tarixan o’troq-dehqonchilik rayonlari bilan ko’chmanchilik-chorvachilik rayonlari vujudga kelgan edi. Biroq o’ziga xos xususiyatlari nazar-pisand qilin-may, bu yerda 1926-yildan boshlab yalpi yer tuzishga doir tadbirlar amalga osbirila boshlandi. Viloyat Yer tuzish kengashining 1927-yil 3-martdagi qarori bilan Qoraqalpog’iston muxtor viloyati barcha okruglari bo’yicha yer tuzish ishlarining rejasi tasdiqlandi.

Viloyat rahbariyatining siyosatida eng kambag’al va nochor dehqonlarning manfaatlari ustuvor deb e'tirof qilinib, ularga turli imtiyozlar va qarzlar berildi. 1927— 1928-yillarda nochor dehqon xo’jaliklariga ish hayvon-lari, qishloq xo’jalik asbob-uskunalari, urug’lik va boshqalarni sotib olish uchun 3 mln so’mdan ortiqroq miqdorda mablag’ ajratildi. Yer tuzish ishlariga aloqador bo’lgan barcha sarf-xarajatlar 4 mln so’mdan ziyodni tashkil qildi.

Biroq qishloq xo’jaligi va sanoatdagi qayta qurishlar, iqtisodiy rivojlanish rejalarini amalga oshirish viloyatning eski ma'muriy tuzilishiga duch keldi va uning paysal-lashtiruvchi ta'siriga uchradi. o’tkazilgan rayon-lashtirishga muvofiq Qoraqalpog’istonda 112 ta ovul sovetlariga ega bo’lgan 11 ta tuman tashkil etildi. Tumanlarni ixtisoslashtirish yo’liga o’tildi; To'rtko'1, Qipchoq, Shobbos tumanlari paxtachilik; Kegayli, Chimboy, Qo’ng’irot va Taxtako’pir tumanlari — yarim paxtachilik; Tomdi tumani — chorvachilik; Qorao’zak tumani chorvachilik-sanoat tumani bo’lib bordi, chunki unda Ittifoq ahamiyatiga ega bo’lgan baliq-konserva sanoati rivojlana boshladi.

Rayonlashtirish, yer tuzish ishlarini o’tkazishda aholining to’q qatlamlari va ruhoniylarga nisbatan qatag’on siyosati keskinlashdi. Sovet hokimiyati o’ziga to’q dehqon xo’jaliklari va ruhoniylarning yerdan foy-dalanishlarini qattiq cheklab qo’ydi va shu bilan bir vaqt-da yeri kam xo’jaliklarni mustahkamlashga har tomonla-ma harakat qildi. Mana shunday siyosat jamiyatda muqarrar suratda siyosiy ixtilof paydo bo’lishiga olib keldi: sovetlarga qarshi kuchayib borgan tashviqot-targ'ibot ko’pincha zo’rlik harakatlariga aylanib ketar ediki, bular, aslida, javob choralari bo’ldi.

III viloyat partiya konferensinfiy kurashni kuchaytirish to’g’risidagi qarori munosabati bilan, shuningdek, Qozog’iston Markaziy Ijroiya Komitetining 1928-yil 17-svgustda qabul qilingan «Yerdan foydalanadigan boylar ttiulklarini musodara qilish to'g’risida»gi dekreti muno-sabati bilan jamiyatdagi muxoliflik juda keskinlashdi.

Shu konferensiyaning yo'1-yo'riqlariga muvofiq boy xo’jaliklardagi 20 ming desyatina yer musodara qilinib kambag’al xo’jaliklarga berildi, necha yuzlab boy xo’jaliklarga o’zaro ixtiyoriy soliq solindi. Butun mam-lakatda bo’lgani kabi, muxtor viloyatda ham yaqinlashib kelayotgan jamoalashtirish soya tashladi. 1929-yilga kelib viloyatda 600 ta xo’jalikni birlashtirgan 33 ta kolxoz bor edi. «0mmaviy» jamoalashtirish boshlandi. Ma'muriy zo’ravonlik choralari bilan faqat kambag’allargina emas, balki o’rtahol dehqonlar ham kolxozlarga jalb etildi.

Qoraqalpog’istonda kolxoz harakatining asosiy shakli qishloq xo’jalik arteliga o’tishning oraliq shakli bo’lmish yer ishlash shirkatlari bo’lib qoldi. 1930-yili Qoraqal-pog’istonning kolxoz qurilishida yer ishlash shirkatlari 75 foizni, artellar 25 foizni, 1932-ytlda esa tegishli ravishda 70 va 30 foizni tashkil etdi. 1932-yilga kelib kambag’al-o’rtahol dehqonchilik xo’jaliklarining 58 foizi jamoa-lashtirildi. Bunda ko’pgina tumanlarda ixtiyoriylik prin-sipi buzildi: dehqonlar quloq qilish va saylash huquqla-ridan mahrum etish do’qi bilan kolxozlarga haydab kelindi. Yer ishlash shirkatlari o’rniga ko’pincha kom-munalar tuzildi.

Ikkinchi besh yillik topshiriqlari erishilgan marralarni mustahkamlash zarurligi munosabati bilan yanada og’irlasjidi. Muxtor viloyat xalq xo’jaligiga besh yillikda ajratiladigan pul mablag’lari 34 mln so’mni tashkil etdi.

Lekin ommaviy jamoalashtirishning og’ir oqibatlariga qaramasdan, qishloq xo’jalik ishlab chiqarishi kuchayib borishni davom etdi. U asosan ekin maydonlarining ko’payishi hisobiga kengayib bordi. Irrigatsiya qurilish-larini keng avj oldirish natijasida faqatgina g’o’za eki-ladigan yer maydoni 1924-yildagiga qaraganda deyarli 5 baravar ko’paydi va 1937-yilda 55 ming gektarni tashkil etdi. Biroq chorvachilik birinchi besh yillikning zarbala-ridan hali anchagacha o’ziga kelolmadi: chorvaning tuyoq soni islohotdan oldingi davrdagiga qaraganda ancha kam edi.

Qishloq xo’jaligida jamoalashtirish bilan bir qatorda texnikani joriy etish jarayoni boshlandi. Mashina-traktor . nSiyalari tuzilib, o’g’itlar ishlatish sur'ati oshdi. 1934-vili muxtor viloyat qishloq xo’jaligida 9 ta MTS xizmat vo’rsatdi, 16 ming gektardan ortiqroq yerga shu MTSning traktori bilan ishlov berildi. Qishloqni malakali kadrlar bilan ta'minlashda ham o’zgarishlar borligi ma'lum bo’lib qoldi. 1933-yili Qoraqalpog’iston kolxoz-lariga 600 nafardan ortiq traktorchi, 500 nafardan ortiq hosilot brigada boshliqlari, 70 nafar chorvador brigada boshUqlari, 50 nafarga yaqin hisobchilar va boshqa mutaxassislar yuborildi.

Qoraqalpoq xalqining mehnatsevarligi tufayli sanoat-ning ishlab chiqarish quvvatlari o’sib bordi. 1934-yilning oxirida Ittifoqda eng yirik hisoblangan beda tozalash zavodi ishga tushirildi. Paxta zavodlari qayta qurildi va yangilari bunyod etildi. Mo’ynoqda baliq-konserva kom-binati qurildi, To’rtko'1 elektr stansiyasi ishga tushdi, suv, avtomobil va havo transporti rivojlanib bordi. Bir nechta bosmaxona va Nukusda poligrafiya kombinati ishga tusbirildi. Ular uchun mamlakatning markaziy ra-yonlaridan asbob-uskunalar olib kelindi. Lekin sanoat ishlab chiqarishining o’sishi mahalliy millat orasidan yetishib chiqqan kadrlar muammosini ayniqsa kuchaytirdi. 940 nafar muhandis-texnik xodimlarning atigi 37 nafari mahalliy millat vakillaridan edi. Markaz o’lkada yetishtiriladigan xom ashyoni, asosan paxtani qayta ish-lab, tasbib ketish uchun zarur chora-tadbirlarni ko’rdi. Buning natijasida paxta tozalash zavodlarining quvvati ortdi, mahalliy sanoat, poligrafiya ishlab chiqarishi, transport, aloqa sohalari rivojlanib bordi. Mahalliy kadr-larni tayyorlashda ham jiddiy o’zgarishlar ko’zga tash-landi. 1926-yildan 1939-yilgacha bo’lgan davrda xalq xo’jaligida milliy kadrlaming salmog’i 37,5 foizdan 58 foizga ko’tarildi.

Qoraqalpog’istonning qishloq xo’jalik ishlab chiqa-nshi dehqonlarning tashabbusi va mehnatsevarligi tufayli °g’ir ma'muriy-buyruqbozlik sharoitida ham aholini mahsulotlar bilan, sanoatni xom ashyo, birinchi galda Paxta bilan ta'minlashni uddaladi. 1940-yili yalpi paxta hosili 78 ming tonnani tashkil etdi.


Download 41 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish