Yerdan foydalanishga bo`lgan huquq hokimlar tomonidan belgilanmaydi
Strategiyadan ko`zlangan maqsad sektorni o`zgartirish, sohaga ilg`or texnologiyalarni jadal va samarali joriy etishga ko`maklashish, ishlab chiqarishni jadallashtirish, shuningdek, mamlakat agrar sektorini innovasiyalarning samaradorligi va darajasi bo`yicha yetakchi sohalardan biriga aylantirishdir. Shu bilan birga, Strategiya davlat xizmatlarining manbai sifatida davlatning rolini qayta ko`rib chiqishga yo`naltirilgan bo`lib, xususiy fermer va korxonalar global raqobat sharoitida gullab-yashnashi uchun ularni zarur bilim, axborot va manbalardan foydalanishlarini ta`minlash orqali ushbu o`zgarishlarni amalga oshirishda yordam berishga tayyordir.
Strategiyada o`ta muhim mavzu ko`tarilgan, ya’ni yerdan foydalanishga bo`lgan huquq.
– Fermerlarda uzoq yillar davomida o`zlariga taqdim etilgan erlardan qancha muddat davomida foydalanishlari mumkinligiga ishonch yo`q edi. Aynan ushbu joyda fermer va dehqonlarda erga nisbatan iste`molchilik munosabati paydo bo`ldi. Erdan foydalanish huquqi bilan bog`liq aksariyat masalalar viloyat hokimligi darajasida hal etib kelingan. Strategiyada qishloq xo`jaligi uchun mo`ljallangan er uchastkalarini ochiq onlayn-auksionlar orqali taqdim etishga qaratilgan shaffof mexanizm taklif etilgan. Shu bilan birga, erdan foydalanish huquqini faqat sud qarori asosida qaytarib olish mumkin bo`ladi hamda ushbu masalaga hokimlarning aralashuviga yo`l qo`yilmaydi. Erdan foydalanishga bo`lgan bunday kafolatlangan huquq odamlarning erga bo`lgan, o`ziga bo`lgan munosabati o`zgarishiga sabab bo`ladi. Bularning barchasi dehqonlar, fermerlar va klasterlarni mahsuldorlikni oshirishga, suv resurslaridan oqilona foydalanishga hamda tuproqning emirilishining oldini olishga turtki beradigan sarmoyalarni jalb etishga undaydi.
Strategiyada "birinchi rad etish" mexanizmini joriy qilish muhimligi haqida so`z yuritilgan, unga ko`ra yer maydonlari birinchi navbatda qishloq xo`jaligini rivojlantirishdan manfaatdor, yetarlicha imkoniyat va tajribaga ega bo`lgan qo`shni yer egalariga beriladi. Faqatgina ular rad etgan taqdirda yer maydonlari boshqa salohiyatli xaridorlarga onlayn-auksionlar orqali taqdim etiladi. Strategiya doirasida dehqon xo`jaliklariga aniq biznes loyihalarini amalga oshirish uchun er maydonini etarli darajada ko`paytirish ko`zda tutilgan.
Shuningdek, yerdan foydalanish va ijaraga berish huquqini sub-lizing asosida berish mexanizmini joriy etish rejalashtirilgan bo`lib, 2021 yilga kelib qishloq xo`jaligiga mo`ljallangan yerlarning kadastr qiymatini aniqlash, soliq tizimlarini qayta ko`rib chiqish va ikkilamchi bozorni rivojlantirish va uzoq muddatli ijara huquqlaridan garov sifatida foydalanishni yo`lga qo`yish rejalashtirilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |