Davlat qishloq xo`jaligi sohasida ilmiy salohiyatni rivojlantirishni moliyalashtiradi
Strategiya doirasida qishloq xo`jaligini rivojlantirishni davlat tomonidan qo`llab-quvvatlashning yangi vositalarini ishlab chiqish va joriy etish, xususan, qishloq xo`jaligi sohasidagi kichik tarmoqlar mahsuldorligini, er unumdorligini oshirish, suvni tejaydigan texnologiyalarni joriy etish va fanni rivojlantirish dasturlarini moliyalashtirishni ko`paytirish rejalashtirilgan.
Bugungi kunda ishlab chiqaruvchilarning asosiy manbalardan, masalan, yaxshilangan urug`lik navlaridan foydalanish imkoniyati cheklangan, mahalliy o`simliklardan ko`p turlarining hosildorligi past va tashqi bozor talablariga yetarlicha moslashmagan.
– Strategiyaga muvofiq, davlat ta`lim tizimini rivojlantirishga, ilmiy markazlar va institutlarni isloh qilishga hamda modernizasiya qilishga, axborot va maslahat yordamini joriy etish kabi maqsadlarga mablag` ajratishni ko`paytiradi. Xalqaro standartlarga muvofiq Milliy gen bankini yaratish va o`simliklar yaratuvchilarning huquqlarini himoya qilish tizimini takomillashtirish rejalashtirilgan.
Strategiyada shuningdek, ishonchli statistik ma`lumotlar va bozor axborotlarini to`plash, taqqoslash hamda tarqatish imkonini beradigan raqamli agrooziq-ovqat tizimiga o`tish ham ko`zda tutilgan.
Hosilni sug`urtalash mexanizmlari kuchaytiriladi
Strategiyaning asosiy ahamiyatga ega jihatlaridan biri bog`dorchilikning aniq yo`naltirilgan tarmoqlarini rivojlantirish bo`lib, bu borada O`zbekiston Respublikasi etarli darajada raqobat ustunligiga egadir. Muhim jihatlardan biri – agrosanoat sektori ishtirokchilariga mavjud va yangi ishlab chiqaruvchilar va qishloq xo`jaligi korxonalarining rivojlanishi va gullab-yashnashiga yordam beradigan integrasiyalashgan qo`shimcha qiymat zanjirlarini yaratishda ko`maklashishdir.
Qo`shimcha qiymat zanjirini rivojlantirish uchun qulay muhit yaratish va qishloq xo`jaligi mahsulotlari eksporti hajmini 2018 yildagi 2,3 dan 2030 yilgacha 20 milliard AQSh dollariga etkazish maqsadida, shuningdek, eksport geografiyasini kengaytirish bilan bir qatorda, Strategiyada hosilni sug`urta qilish mexanizmlarini kuchaytirish, jumladan ombor sertifikatlarini joriy etish, JSTning SFS Bitimiga muvofiq milliy tizimni isloh qilish va Xalqaro Epizootik byuroning xalqaro standartlariga muvofiq hayvonlarning sog`lig`ini himoya qilish, Karantin va o`simliklarni himoya qilish Xalqaro Konvensiyasiga qo`shilish nazarda tutilgan.
Shuningdek, pestisidlarni ro`yxatga olish tizimini va pestisidlarning ruxsat etilgan maksimal miqdorini takomillashtirish, shuningdek agrologistik markazlarning yagona tizimini ishga tushirish, yagona savdo tizimini (auksionlar va birjalar) joriy etish, genetik modifikasiyalangan ekinlar va o`simlik navlarini (GMO) sinash uchun maxsus laboratoriya tashkil etish rejalashtirilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |