1. Qishloq xo‘jaligida ishlab chiqarish xarajatlari. Ishlab chiqarish xarajatlari va mahsulot tannarxi xaqida tushuncha



Download 61,34 Kb.
bet1/3
Sana25.04.2023
Hajmi61,34 Kb.
#931879
  1   2   3
Bog'liq
13-mavzu. Qishloq xo‘jaligida ishlab chiqarish xarajatlari va mahsulot tannarxi.


3.3.-mavzu. Qishloq xo‘jaligida ishlab chiqarish xarajatlari va mahsulot tannarxi.
Reja:

3.3.1.Qishloq xo‘jaligida ishlab chiqarish xarajatlari. Ishlab chiqarish xarajatlari va mahsulot tannarxi xaqida tushuncha.


3.3.2.Mahsulotlar tannarxi, uning tarkibi.
3.3.3.Qishloq xo‘jaligi mahsulotlari tannarxini rejalashtirish va hisoblash tartibi, tizimi xamda o‘ziga xos xususiyatlari.
3.3.4. Doimiy xarajat. O‘zgaruvchan xarajat.
3.3.5Qishloq xo‘jaligi mahsulotlari tannarxini pasaytirish yo‘llari
Kalit so’zlar: Ishlab chiqarish xarajatlari, mahsulot tannarxi, korxona xarajatlari, qo’shimcha mahsulot, texnologik tannarx, to’la tannarx, reja tannarx,taxminiy tannarx, haqiqiy tannarx, shartli-o’zgaruvchan xarajatlar,shartli-o’zgarmas xarajatlar.
1.Qishloq xo‘jaligida ishlab chiqarish xarajatlari. Ishlab chiqarish xarajatlari va mahsulot tannarxi xaqida tushuncha.
Qishloq xo’jaligi mahsulotlarini ishlab chiqarish tarmoqda ishlab chiqarish resurslari (mehnat, yer, suv va moddiy va boshqa)ni ishlatish bilan chambarchas bog’langan, qaysiki ishlab chiqarish jarayonida qisman yoki butunlay iste’mol qilinadi, ularning qiymati esa tayyor mahsulotga o’tadi. Iste’mol qilingan va mahsulotga o’tkazilgan ishlab chiqarish resurslarining jami yig’indisi mahsulotni ishlab chiqarish xarajatlari deyiladi. Ishlab chiqarish xarajatlari ikki xil bo’ladi: ijtimoiy xarajatlar va korxona xarajatlari. Ijtimoiy xarajatlar bu jamiyatning u yoki bu mahsulot ishlab chiqarish uchun qilingan xarajatlarining jamidir. Ular mahsulot qiymatidan tashkil topadi va o’z ichiga quyidagilarni oladi:
1.Bevosita va bilvosita mehnat haqi xarajatlari (ajratmalari bilan;
2.Yagona yer solig’i;
3.Iste’mol qilingan moddiy resurslar qiymati;
4.Qo’shimcha mahsulot qiymati.
Qo’shimcha qiymat boshqarish, maorif sog’liqni saqlash, mudofaa, kengaytirilgan takror ishlab chiqarish va boshqalarga qilingan xarajatlarni qoplashga sarflanadi. Mahsulotlar qiymatining asosiy qismi korxona xarajatlarini tashkil etadi va uning tarkibiga mehnat haqi, ishlab chiqarishda qatnashgan asosiy vositlarning yillik eskirishi, mashina uskunalar, aylanma vositalarning qiymati, ayrim soliqlar, to’lovlar va boshqalar kiradi. Ma’lumki, mahsulot ishlab chiqarish xarajatlari xo’jalik yuritishning barcha shakllarida mahsulot qiymatining ajralmas qismi hisoblanadi. Xarajatlarning qiymatdan farqi takror ishlab chiqarish jarayonining barcha fazalarida namoyon bo’ladi. Ishlab chiqarish sferasida xarajatlarning shakllanishi qiymat tashkil topishining birinchi etapidir. Bunda ishlab chiqarishning o’zi mehnat jarayoni va qiymat yaratish jarayonining birligi bo’lib harakat qiladi. Bu yerda jonli mehnat jarayoni va qiymat yaratish jarayonining birligi bo’lib harakat qiladi. Bu yerda jonli va buyumlashgan xarajatlar hamda tadbirkorlik yalpi mahsulot, shu jumladan qo’shilgan qiymatni yaratadi. Ishlab ishlab chiqarish sferasida qiymat va korxona xarajatlari o’rtasidagi bog’liklik amaliy ahamiyatga ega. Nooqilona xo’jalik yuritish, ishlab chiqarish resurslaridan yetarli darajada samarali foydalanmaslik tufayli sarflangan barcha turdagi bevosita va bilvosita xarajatlarning samaradorligi pasayadi.
Ijtimoiy xarajatlarning, binobaring qiymatning ma’lum bir qismi sifatida ishlab chiqarish xarajatlari pulda ifodalanadi. Shuning uchun ishlab chiqarish xarajatlariga ishlab chiqarish resurslarining qo’llanilgani emas, balki iste’mol qilingan qiymati kiradi. Ishlab chiqarish xarajatlari tarkibiga mehnat yaratgan jami qiymat emas, balki to’langan bevosita va bilvosita mehnat haqi qo’shiladi. Ishlab chiqarish xarajatlariga yer resusrlari qiymati emas, undan foydalanish bilan bog’liq xarajatlar (yer uchun to’lov, ijara haqi va boshqa), asosiy vositalarning qiymati emas, faqat amortizasiya summasi, moddiy oborot vositalaridan foydalanilgan miqdor kiradi. Korxonaning mahsulot ishlab chiqarish va sotish xarajatlari to’liq tannarxning asosini tashkil etadi.
Demak, mahsulot tannnarxi korxonada mahsulot ishlab chiqarish va sotish uchun sarflangan joriy, ya’ni har yillik pulda ifodalangan xarajatlarning jami yig’indisidir.
Korxonaning mahsulot olish uchun sarflangan hamma ishlab chiqarish xarajatlari yig’indisi yalpi mahsulot tannarxini ifodalaydi.
Asosiy va qo’shimcha mahsulot biriligining tannarxi jami ishlab chiqarish xarajatlarini yalpi mahsulot miqdoriga nisbati bilan topiladi:



Tahlil etilayotgan davrda poliz, uzum, sabzavot va mevaning tannarxi 3,9; 4,0 va 5,4 martaga, go’sht va pillaniki – 3,2 martaga, g’alla, paxta, tamaki kartoshkaniki 2,0 dan 2,5 martaga, tuxum va sutniki esa 1,8 dan 1,9 martagacha oshib borgan. Albatta, bu yerda taqqoslash joriy baholarda olib borilgani uchun ham tafovut katta chiqadi. Chunki bu davrda tannarx tarkibiga kiruvchi barcha elementlar va moddalarning qiymatlaridagi keskin o’sishlarning va inflyasiya darajasining salbiy ta’siri seziladi.


Mahsulot birligi tannarxidan tashqari ayrim ishlarning (traktor, avtotransport, ishchi hayvon va boshqalar), shuningdek qishloq xo’jaligiga yaroqli yerga ishlov berish, bir bosh hayvondan mahsulot olish xarajatlari ham aniqlanadi.
Xarajatlarning shakllanish etaplariga qarab, tannarx-ning quyidagi turlari mavjud bo’ladi:
1.Texnologik
2.Ishlab chiqarish
3.Kommersiya yoki to’la tannarx
1.Texnologik tannarxiga, mahsulotni ishlab chiqarish texnologiyasi bilan bog’liq bo’lgan, shuningdek, bo’limlarda brigada, ferma va sexlarda ishlab chiqarishni boshqarish va tashkil qilish bilan bog’lik xarajatlar kiradi.
2.Ishlab chiqarish tannarxi texnologik tannarxlarning yig’indisini, korxonani va ishlab chiqarishni butunlay boshqarish bilan bog’liq xarajatlarning (umumxo’jalik xarajatlari) yig’indisini ifodalaydi.
3.Kommersiya yoki to’la tannarx ishlab chiqarish xarajatlarining jamisi va mahsulotni sotish bilan bog’liq bo’lgan, muomala xarajatlarining yig’indisini ifodalaydi. U faqat tovar mahsulot uchun hisoblanadi.
Bundan tashqari, hisoblash xarakteriga qarab quyidagicha tannarx turlari aniqlanadi:
1.Reja tannarxi.
2.Dastlabki, vaqtinchalik va taxminiy tannarx
3.Haqiqiy tannarx
1.Reja tannarxi, bu korxona rejalashtirayotgan davrdagi mahsulot birligiga sarflanishi lozim bo’lgan xarajatlar yig’indisini ifodalaydi.
2.Vaqtinchalik yoki taxminiy tannarx esa 9 oylik haqiqiy xarajatlarni va 4-kvartaldagi reja xarajatlarini o’z ichiga oladi.
3.Haqiqiy tannarx esa yil oxirida korxona xo’jalik faoliyatini yakun qilishda yillik hisobotlar asosida hisoblanadi. U olingan yalpi mahsulot uchun sarflangan haqiqiy xarajatlar asosida hisoblanadi. Mahsulot tannarxi shakllanish joyiga qarab, individual (konkret korxonada, uyushma va boshqa), zona (ma’lum bir zonaning o’rtachasi) va tarmoq tannarxlariga bo’linadi (mamlakat bo’yicha o’rtacha).

Download 61,34 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish