1. Qishloq xo’jaligida bozor munosabatlarini shakllantirishning zarurligi va ahamiyati



Download 308 Kb.
bet6/10
Sana15.03.2023
Hajmi308 Kb.
#919250
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
O`ZBЕKISTОNDА АGRАR ISLОHОTLАRNING MОHIYATI, BОSQICHLАRI VА АSОSIY

Beshinchidan, qishloq xo’jaligi yerlarining meliorativ holatini yaxshilashga e’tibor berilmoqda. Yerlarning meliorativ holatini tubdan yaxshilashni ta’minlovchi tadbirlarni kompleks amalga oshirishni rivojlantirish juda muhim hisoblanadi. Hozirgi vaqtda respublika bo’yicha sug’oriladigan yerlarning 45,3 foizi turli darajada, shundan 31,1 foizi kuchsiz, 12,2 foizi o’rtacha, 2 foizi esa kuchli darajada sho’rlangan, 24,4 foiz maydonda esa yer osti suv sathi 2 m va undan yuqorida joylashgan.
Yerlarning sho’rlanish darajasiga ayrim joylarda irrigatsiya tizimining yaroqsiz holga kelganligi, suvdan tejab-tergab samarali foydalanish qoidalarining buzilishi, ekinlarni sug’orish texnologiyasining takomillashmaganligi, yerdan foydalanuvchi subyektlar sonining ko’payishi, ularga ijaraga berilayotgan yer uchastkalarining maydalashib ketganligi va ularning meliorativ tadbirlarni amalga oshirishga mablag’lari yetishmasligi sabab bo’lmoqda.
Suv iste’molchilari uyushmalari va fermer xo’jaliklarining 77 foiz sug’orish tarmog’i tuproq o’zanli bo’lib, 44 foiz tarmoq ta’mirlash va tiklashga, 10 foiz tarmoq esa rekonstruksiya qilishga muhtoj.
Mavjud lotok tarmoqlarining asosiy qismi 30 yildan ziyod xizmat ko’rsatib ularni o’z vaqtida ta’mirlash ishlari amalga oshirilmaganligi, shuningdek, xizmat muddatlarini o’tib ketganligi natijasida ularning 70 foizi rekonstruksiya qilish va almashtirishni talab qiladi. Suv iste’molchilarining suv olish joylari esa aksariyat holda suvni boshqarish va hisobga olish vositalari bilan jihozlanmagan. Natijada irrigatsiya tizimi va sug’orish tarmoqlarining foydali ish koeffitsiyenti o’rtacha 0,63, bir qator hududlarda esa undan ham past bo’lib, asosiy manbalardan olinadigan suvning 35-40 foizi sug’orish tarmoqlarida yo’qotilmoqda.
Bu muammoni yechishda davlatning bevosita ko’magi lozim. Bu muhim tadbirni qishloq xo’jalik korxonalarining o’zlari bajara olmasligi mumkin, chunki ularning texnik-iqtisodiy quvvati yetmaydi. Qishloq xo’jalik korxonalari yerlarining meliorativ holatini yaxshilashda irrigatsiya va melioratsiya davlat hissadorlik tashkilotlarining ma’lum haq evaziga xizmat qilishini yo’lga qo’yish maqsadga muvofiqdir. Mazkur soha bo’yicha amalga oshirilishi lozim bo’lgan ishlarning huquqiy asoslari yaratilgan bo’lib, ular jumlasiga O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2007-yil 29-oktabrdagi “Sug’oriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash tizimini tubdan
takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi PF-3932-sonli farmoni, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2007-yil 31-oktabrdagi “O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi sug’oriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash jamg’armasi faoliyatini tashkil etish to’g’risida”gi PQ-718-sonli qarori, O’zbekiston Respublikasi
Vazirlar Mahkamasining 2007-yil 21-dekabrdagi “O’zmeliomashlizing” davlat lizing kompaniyasini tashkil etish to’g’risida”gi 266-sonli qarori, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2008-yil 19-martdagi “20082012-yillarda sug’oriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash
Davlat dasturi to’g’risida”gi PQ-817-sonli qarori va boshqalarni kiritish mumkin.
Bundan tashqari “Qishloq taraqqiyoti va farovonligi yili” Davlat dasturida belgilab berilgan chora tadbirlarning to’rtinchi yonalishi - 2008-2012-yillarda sug’oriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash davlat dasturida ko’zda tutilgan chora-tadbirlar tizimining izshil amalga oshirilishiga, ya’ni ekin maydonlarining meliorativ ahvolini yaxshilash, faoliyat ko’rsatayotgan irrigatsiya-melioratsiya obyektlarining tegishli texnik holatini ta’minlash, ixtisoslashgan suv xo’jaligi, qurilish va ekspluatatsiya tashkilotlarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, ularni zamonaviy texnika bilan jihozlash masalalariga alohida e’tibor qaratishdir. Bundan tashqari mazkur dasturda sug’orishning tejamli usullarini, jumladan, tomchilatib sug’orishni joriy qilishga ham alohida e’tibor qaratilgan. Unda tegishli asbob-uskunalar va tizimlarni mamlakatimizning o’zida ishlab chiqarishni tashkil etgan holda 2009-2020 yillarda tomchilatib sug’orish tizimlarini joriy etish dasturini ishlab chiqish nazarda tutilgan. Bundan tashqari respublika viloyatlarida 2009-yilda jami 3710 gektar maydonda tomchilatib sug’orishni joriy etish mo’ljallangan edi.
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2013-yil 19-apreldagi PQ-
1958-sonli Qarori bilan tasdiqlangan “2013-2017 yillar davrida sug’oriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash va suv resurslaridan oqilona foydalanish Davlat dasturi” qabul qilingan va u bo’yicha chora-tadbirlar amalga oshirildi.
Sug’oriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash tadbirlarlariga davlat budjetidan ajratilgan mablag’lar 2.1-rasmda keltirilgan.


Download 308 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish