1. Qishloq xo’jaligida bozor munosabatlarini shakllantirishning zarurligi va ahamiyati


Qishloq xo’jaligi tarmog’ida amalga oshirilayotgan islohotlarning asosiy boshqichlari va yo’nalishlari



Download 308 Kb.
bet3/10
Sana15.03.2023
Hajmi308 Kb.
#919250
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
O`ZBЕKISTОNDА АGRАR ISLОHОTLАRNING MОHIYATI, BОSQICHLАRI VА АSОSIY

Qishloq xo’jaligi tarmog’ida amalga oshirilayotgan islohotlarning asosiy boshqichlari va yo’nalishlari.

Mustaqillikning ilk davridan boshlab mamlakatimiz qishloq xo’jaligida amalga oshirilayotgan islohotlarni ma’lum xususiyatlariga qarab turli bosqichlarga ajratish mumkin. Bizning fikrimizcha, qishloq xo’jaligida amalga oshirilayotgan islohotlarni quyidagi asosiy bosqichlarga ajratish mumkin:

    • 1991-1995-yillar. Ushbu davr mobaynida tarmoqda amalga oshiriladigan islohotlarning huquqiy asoslari ishlab chiqildi, davlat mulkini davlat tasarrufidan chiqarish amalga oshirildi. Shu yillar mobaynida davlat tasarrufidagi qishloq xo’jaligi korxonalarini xususiylashtirish tugallandi. Tarmoqda faoliyat yuritib kelgan davlat xo’jaliklari va chorvachilik fermalari xususiylashtirildi. Qishloq xo’jaligi tarmog’ida jamoa mulkiga asoslangan tadbirkorlik shakllariga ustuvorlik berildi. Bundan tashqari, ushbu bosqichda qishloq xo’jaligi mahsulotlari yetishtirish hajmi kamayish tendensiyasida bo’lgan. Chunki sobiq ittifoq davrida qo’shni respublikalar bilan o’rnatilgan iqtisodiy aloqalarning mustaqillikka erishilgandan so’ng barham topishi, mamlakatimizda yangicha iqtisodiy tizimni barpo etish bo’yicha islohotlarning boshlanishi va boshqa shu kabi omillar ta’sirida 19911995-yillar mobaynida qishloq xo’jaligi mahsulotlari yetishtirish hajmi 11 foizga kamaygan.

    • 1996-2007-yillar. Qishloq xo’jaligi tarmog’ida amalga oshirilgan islohotlarning ushbu davrida makroiqtisodiy barqarorlikni ta’minlash, iqtisodiy o’sishga erishish bilan tavsiflanadi. Mamlakatimiz qishloq xo’jaligida mahsulot ishlab chiqarish hajmi 1996-yildan boshlab o’sish tendensiyasiga o’zgardi. Tarmoqda faoliyat yurituvchi xo’jalik yuritish shakllarini takomillashtirish, qishloq xo’jaligi mahsulotlari yetishtirish bilan shug’ullanuvchilarda haqiqiy mulkdorlik hissini ta’minlashga e’tibor berildi. Shu maqsadda faoliyat yuritib kelayotgan jamoa xo’jaliklari negizida shirkat xo’jaliklarini tashkil etildi. Shirkat xo’jaliklari ham kutilgan natijani bermagandan so’ng ularning negizida fermer xo’jaliklarini tashkil etish va ularni rivojlantirish bo’yicha islohotlar keng qamrovda amalga oshirildi. Bundan tashqari, davlat buyurtmasi asosida qishloq xo’jalik mahsulotlari ishlab chiqarishni moliyalashtirish tizimi takomillashtirildi.

    • 2008-2016-yillar. Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi yuzaga kelishi va mamlakatimizda inqirozga qarshi choralar dasturining ishlab chiqilishi bilan qishloq xo’jaligi tarmog’ida ham tub islohotlar belgilab berildi. Jumladan, fermer xo’jaliklariga ajratib berilgan yer maydonlarini optimallashtirish bo’yicha tegishli islohotlar amalga oshirila boshlandi, qishloq xo’jaligi yerlarining meliorativ holatini yaxshilash choratadbirlari kuchaytirildi. Bundan tashqari ushbu bosqichda qishloq joylarda ijtimoiy infratuzilmalarni rivojlantirish bo’yicha ham islohotlar boshlandi, ya’ni qishloq joylarda namunaviy loyihalar asosida uy-joylar qurilishi ishlari boshlangan edi.

    • 2017-yildan hozirgi vaqtgacha. Tarmoqda amalga oshirilayotgan islohotlarning ushbu bosqichi mamlakatimiz qishloq xo’jaligida tub burilish davri bo’lib, tarmoqqa bozor munosabatlarinig keng joriy etilishi bilan ajralib turadi. Prezidentimiz Sh.M.Mirziyoyev tashabbusi bilan qishloq xo’jaligi tarmog’ini intensiv rivojlantirish maqsadida tarmoqda tadbirkorlikning yangi shakli bo’lgan klasterlar tashkil etila boshlandi, qishloq xo’jaligida raqamli texnologiyalardan keng foydalanish, innovatsiyalarni joriy etish, resurs tejamkor texnologiyalar va usullarni joriy etishga e’tibor kuchaytirildi. Bundan tashqari, tarmoqda faoliyat yuritib kelayotgan tadbirkorlik subyektlarining faoliyat erkinligini ta’minlash, tarmoqda bozor munosabatlarini joriy etish maqsadida paxta va g’alla uchun davlat buyurtmalarining bekor qilinishi muhim islohotlardan biri hisoblanadi. Fermer xo’jaliklarining faoliyatini diversifikatsiyalash, ko’p tarmoqli fermer xo’jaliklarini tashkil etish, ularda bog’dorchilik, sabzavotchilik, chorvachilik kabi yo’nalishlarni tashkil etish va rivojlantirishga alohida e’tibor berila boshlandi. Mamlakatimiz oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash, qishloq aholisi daromadlarini oshirish maqsadida dehqon xo’jaliklarida ham qishloq xo’jalik mahsulotlari ishlab chiqarishni qo’llab-quvvatlash maqsadida aholiga imtiyozli shartlar asosida kreditlar berish ko’lami kengaytirildi.

Qishloq xo’jaligi tarmog’ida amalga oshirilayotgan islohotlarni quyidagi asosiy yo’nalishlarga ajratish mumkin:

    • yer va suv resurslaridan foydalanishni takomillashtirish bo’yicha islohotlar;

    • qishloq xo’jaligi tarmog’ida mulkiy va tarkibiy islohotlar, mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish;

    • qishloq xo’jaligini moliyalashtirish va krеditlash sohasidagi islohotlar;

    • qishloq xo’jalik mahsulotlarining narxi shakllanishi va uni erkinlashtirish bo’yicha islohotlar;

    • qishloq xo’jaligida soliqqa tortish va to’lash mexanizmini soddalashtirish bo’yicha islohotlar;

    • qishloq xo’jaligida raqamli iqtisodiyotni shakllantirish hamda resurs tejamkor innovatsion texnologiyalarni joriy etish bo’yicha islohotlar;

    • qishloq xo’jaligida bozor munosabatlarini takomillashtirish sohasidagi islohotlar.


Download 308 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish