2-variant
1.Qaysi qatorda maqol berilgan?
A)Har doim bolsin onam B)Bilim baxt keltiradi С)Qat-qat to'nli, qarich bo'yli D)Onajonlar bayrami
2.Egalik qo'shimchasi qaysi so'zda berilgan?
A)Do'stlik B)Gullar С)Vatanim D)Maktabda
3.Kishilik olmoshi to’g’ri berilgan qatorni aniqlang. Men beshinchi sinfda o’qiyman.
A) men B) beshinchi С) sinfda D) o’qiyman
4.Shaxs va narsalarni ko’rsatish uchun qo’llani-ladigan olmoshlar…deyiladi.
A) kishilik olmoshlari B) ko’rsatish olmoshlari C) o’zlik olmoshi D) belgilash olmoshlari
5.Men ,sen kishilik olmoshlariga –ni, -ning,- niki qo’shimchalari qo’shilganda qanday o’zgarish ro’y beradi?
A) bitta –n undoshi tushib qoladi B) bitta –n tovushi orttiriladi C) hech qanday o’zgarish ro’y bermaydi D) tovush o’zgarish hodisasi ro’y beradi
6.Qaysi yuklamalar chiziqcha bilan yoziladi?
A) –chi, -a, -ya B) -mi, -chi C) -mi, -chi,-ya D) -mi, -ku, -ya
7.Shaxs va narsalar,ularning belgisini ajratib ,yakkalab ko’rsatish uchun qo’llaniladigan olmoshlar qatorini aniqlang.
A) men,sen, u, biz B) hamma, barcha, bari C) har kim, har nima, har qaysi D) biz ,siz,ular
8…..Ha,otam joy olmish yurak-yurakdan,
Yerga tushirdilar meni falakdan.
Ustoz-chi ,ko’nglimni burib iymonga,
Ko’tardilar meni yerdan osmonga! Ushbu parcha qaysi rivoyatdan olingan?
A) ”Sumalak” B) ”Husayn Boyqaro va Alisher Navoiy” C) ”Alisher Navoiy” C) ”Ustoz”
9.Ikkinchi bo’ginida a, i, u qisqa unli tovushlari bo’lgan so’zlarga egalik qo’shimchalari qo’shilganda qanday hodisa ro’y beradi?
A) tovushlar tushirib qoldiriladi va yozilmaydi B) tovushlar orttiriladi va yozilmaydi
C) tovush tushish hodisasi ro’y bermaydi D) tovush o’zgarish hodisasi ro’y beradi va yoziladi
10.Qaysi kelishik qo’shimchalari belgisiz qo’llaniladi?
A) bosh kelishik,qaratqich kelishigi B) qaratqich kelishigi,tushum kelishigi C) qaratqich kelishigi,jo’nalish kelishigi D) tushum kelishigi, chiqish kelishigi
11…Tinchlik kuzi,oltin kuz,
Bog’imiz husni ko’rkam,
Dam olishga juda soz,
Soya-salqin,xo’p shinam!... She’rining nomi va muallifini toping.
A)”Oltin kuzim”, Shukur Sa’dulla B)”Tabiat”, Po’lat Mo’min C)”Ustozlar”, Po’lat Mo’min D)”Navroz”, O’roq Saidov
12.Belgisiz qo’llanilgan tushum kelishigini aniqlang.
A) olma yemoq B)daraxt bargi C) uyga kelmoq D) ukamni ko’rmoq
13.Tartib son raqam bilan ifodalanganda,raqamdan keyin …qo’yiladi va ...deb o’qiladi.
A) chiziqcha,-(i)nchi B) chiziqcha,-tacha C) nuqta,-(i)nchi D) tire,-(inchi)
14. -da qo’shimchasi yordamida yasalib,kimda?,nimada?qayerda?soroqlariga javob bo’luvchi kelishik qo’shimchasini aniqlang.
A) bosh kelishik B) qaratqich kelishik C) o’rin-payt kelishik D) chiqish kelishik
15.O’rin-payt kelishigi qo’shimchasi u,bu,shu,o’sha olmoshlariga qo’shilganda, so’zlarda qanday o’zgarish ro’y beradi?
A) bitta –n tovushi orttiriladi B) tovush o’zgarish hodisasi ro’y beradi C) -n tovushi tushib qoladi
D) hech qanday o’zgarish bo’lmaydi
16.”Uch buyuk tabib “hikoyasidagi uchta zo’r tabibni ayting.
A) so’z, til, odob B) poklik, parhez, badantarbiya C) badantarbiya, til, odob D) odob, poklik, parhez
17.Egalik qo’shimchasi K va Q undoshi bilan tugagan so’zlarga qo’shilganda qanday o’zgarish ro’y beradi?
A) so’z oxiridagi harf o’zgaradi B) so’z oxirida hech qanday o’zgarish ro’y bermaydi C) so’zlarda tovush tushish hodisasi ro’y beradi D) so’zlarda tovush orttirilish hodisasi ro’y beradi
18.Aniq o`tgan zamon fe’lining qo’shimchasini aniqlang.
A) -di B) -yap C) -gan D) –moqchi
19.Bo’lishsiz fe’l qaysi qo’shimcha yordamida ifodalanadi?
20.Shahrimizda baland binolar hamda go’zal bog’lar ko’p.Ushbu gapda qanday bog’lovchi qo’llanilgan ?
21.Alisher Navoiy « Xamsa » asarini nechanchi yillarda yozgan ?
22.21-mart kun va tun teng bo’lgan kun. Ushbu gapda sonning qaysi turi qo’llanilgan ?
23. Yosh boladay yetaklashib,
Go’yo atak-chechaklashib
Bir-bir duk-duk bosib hassa
O’tirishar sekin- asta….Ushbu parcha qaysi she’rdan olingan va muallifini toping.
24.Soat uchlarda kelaman. Berilgan gapdagi –lar qo’shimchasi qanday ma’noni ifodalaydi?
25.”Ikki xil yordam” hikoyasining muallifini yozing.
Do'stlaringiz bilan baham: |