1. Qaysi qatorda berilgan gapdagi hisob so'z o'zi yakka holatda mustaqil ot so'z turkumi vazifasida ham qo'llana oladi?
Uch-to'rt qadam narida yotgan aravani endi ko'rdi.
Mehnat-u mashaqqat bilan bir ko'za oltin yig'ganman.
Berilganlarning barchasi to'g'ri
Faqat bir-ikki tilim handalak yedi-yu, uch-to'rt piyola choy ichdi.
Noto'g'ri.
2. Inkor yuklamasi qatnashgan gap berilgan qatorni aniqlang.
Sharifaning haqiqat ufurib turgan gaplariga qarshi na Nozima bir narsa deya oldi, na Nabijon.
Sen na boy erursan va na kambag'al, Yashaysan bir-biring aldab galma-gal.
Ko'kda na yulduz bor, na bir tabassum, Tabiat ingrardi, yig'lardi yum-yum.
Bepayon dash bag'riga yashiringan chashmani na Qahramon, na Bahrom topa olmadi.
To'g'ri!
3. Tovush ikkilanishi yuz bergan yasama otlashgan sifat berilgan qatorni belgilang.
Bilimli biladi bilim hurmatin, Bilimsiz ne bilgay bilim qiymatin.
Yoshroqlari olovga yaqinroq, keksalari bo'lsa, olovdan uzoqroq o'tirishar edi.
Achchiqni achchiq kesar.
Kattaga katta bo'l, kichikka- kichik.
To'g'ri!
4. Olov, chopon, dasta so'zlari o'zbek tili leksikasiga qaysi tildan kirib kelgan?
mug'ul
arab
bu so'zlar o'zbekcha so'zlardir.
tojik
Noto'g'ri.
5. Faqat sof bog'lovchilar uyushiq bo'laklarni bog'lab kelgan gap berilgan qatorni aniqlang?
Bir o'lka bor dunyoda, biroq yozilmagan dostondir bori.
Bilim – boylik, ammo uning boshqa boyliklardan farqi bor.
Jomiy va Navoiy o'rtasidagi yakdillik va do'stlik o'zbek hamda tojik xalqlarining birodarligi va do'stligining yorqin timsolidir.
Qo'chqor akam bilan amakim ancha orqada qolib ketibdi.
To'g'ri!
6. 'To'g'ri so'z asal kabidir,yolg'on so'z sarimsoq piyozdir. Sarimsoq piyoz yeb, og'izni achitma, asal yegin. Yolg'on so'z kasallik kabidir, shirin so'z shifokordir'. So'z haqidagi bunday fikrlar kimning qaysi asarida uchraydi?
A. Yassaviy 'Hikmatlar'
Abu Mansur as-Saolibiy 'Yatimat ad-dahr'
A.Yugnakiy 'Hibat ul-haqoyiq'
N.Rabg'uziy 'Qissayi Rabg'uziy'
Noto'g'ri.
7. Rahmi kelib bulutning Yig'lab to'kar yoshini. Qushlar qochar, majnuntol Ko'taradi boshini.Bulutning orasidan Quyosh kulib qaraydi, Majnuntolning yuvilgan Sochlarini taraydi.( E. Vohidov) Ushbu she'rda nechta metafora usuli bilan ma'nosi ko'chgan birlik mavjud?
3 ta
5 ta
metafora usuli bilan ma'nosi ko'chgan birlik mavjud emas.
4 ta
To'g'ri!
8. Fe'lning vazifa shakllari haqida bildirilgan noto'g'ri hukmni aniqlang.
Ravishdoshning -(i)b, -a(-y) shakllari ko'proq harakatning holati, ba'zan payt, sabab ma'nolarini ham ifodalab keladi.
O'tgan zamon sifatdoshi -i egalik qo'shimchasini olib kelsa, -gani maqsad ravishdoshi vazifasini bajarib keladi.
Sifatdoshning –gan shakli jarangli g' undoshi bilan tugagan fe'l asoslariga qo'shilganda, -qan holida talaffuz qilinsa ham, -gan yoziladi.
Harakat nomi otlar kabi egalik, kelishik va ko'plik qo'shimchalarini oladi va gapda ular bajaradigan gap bo'laklari vasifasida keladi.
Noto'g'ri.
9. Navoiyning 'Во'ldum sanga' g'azalidagi 'Xizr suvi' qanday ma'noni bildiradi?
Ko'ngilda Alloh aks etishiga ishora
Abadiy yashashga, Yaratgan vasliga yetishishga ishora
Alloh sirlariga yetishga bir ishora
Haqiqiy ishqqa yetishishga ishora
To'g'ri!
Noto'g'ri.
10. Ajratilgan bo'lak uyushib gap oxirida kelsa, qanday tinish belgisi qo'yiladi?
ikki nuqta
nuqtali vergul
vergul
tire
Noto'g'ri.
11. So'zlarning so'rog'i va qanday umumlashgan ma'no ifodalashiga ko'ra guruhlarga bo'linishi nima deyiladi?
so'z turkumlari
yordamchi so'zlar
alohida olingan so'zlar
mustaqil so'zlar
Noto'g'ri.
12. Qaysi qatordagi gapda taqlid so'z vaziyat holi vazifasida kelgan?
Yetti qaroqchi yulduzi tik kelganda g'o'ng'ir-g'o'ng'ir ovozdan uyg'onib ketdim.
Endi, ehtimol, dir-dir qaltiragan bolalar yuk ko'tarishga yaramas edi, yaxshiyam Qo'chqor bor ekan, kutilmaganda ajoyib bir ish qildi.
Shunday bo'lsa ham, vujudini tutgan qalt-qalt titroqni bosib hazilomuz qichqirdi.
Namoz g'azabi oshib, dag'-dag' qaltiray boshladi.
To'g'ri!
13. O'zbek tili qaysi til bilan birga turkiy tillar oilasining qarluq guruhiga kiradi?
uyg'ur
qozoq
turk
qirg'iz
Noto'g'ri.
14. Turli katta-kichik marosimlar: bayramlar, tug'ilgan kunlar, to'ylar bilan bir qatorda, do'stona yig'inlar ham bu munosabatlarni tobora mustahkamlab turuvchi vositalardir. Ushbu gapda ikki nuqta ishlatilish sababi to'g'ri ko'rsatilgan javobni belgilang.
Birinchi umumlashtiruvchi bo'lak, keyin uyushiq bo'lak kelganligi uchun
Izohlanish munosabati bo'lganligi uchun
Gaplar orasida zidlanish munosabati bo'lganligi uchun
Bog'langan qo'shma gap bo'lganligi uchun
To'g'ri!
15. Donolar deydi: 'Bolaga mehrni buyruq bilan singdirib bo'lmaydi'. Ushbu ko'chirma gapli qo'shma gap o'zlashtirma gapga aylantirilganda muallif gapning egasi qanday shakli o'zgarishga uchraydi?
qaratqich aniqlovchiga aylantiriladi
hech qanday o'zgarishga uchramay o'zlashtirma gapning egasi bo'lib gap boshida keladi
chiqish kelishigi shaklidagi to'ldiruvchiga aylantiriladi
tushum kelishigidagi sifatdosh yoki harakat nomi bilan ifodalangan to'ldiruvchiga aylantiriladi
To'g'ri!
16. Qaysi javobda o'rin holi nomustaqil hol vazifasida kelgan gap berilgan?
Sayohat vaqtida ko'rgan voqealar haqida batafsil gapirdim.
Men ham kitobdan o'qiganimni aytamanda.
Bu xabarni eshitgan Xayribibining tarvuzi qo'ltig'idan tushib ketdi.
Daladan charchab kelgan Karim tezda uxlab qoldi.
Noto'g'ri.
17. Istiqlol tufayli uning egik boshi baland ko'tarildi, mag'rur ovozi olam uzra jaranglay boshladi. Berilgan gapda nechta sodda yasama so'z mavjud va ular tarkibidagi qaysi qo'shimchalar omonimlik xususiyatiga ega?
3 ta yasama so'z, -ik, -la, -y omonimlik xususiyatiga ega
4 ta yasama so'z, -la, -y,-il omonimlik xususiyatiga ega
2 ta yasama so'z, -ik va –y omonimlik xususiyatoga ega
2 ta yasama so'z, -la va –y omonimlik xususiyatiga ega
Noto'g'ri.
18. Qaysi qatorda berilgan aralash murakkab qo'shma gapning kesimi sodda yasama ot-kesim hisoblanadi?
Quvishga quvdim-u, hali ham ichim achiydi, bola bechora nima gunoh qilibdi.
She'r shuning uchun muqaddaski, uning bir vazni ilohiy, bir vazni insoniydir; uning bir satri osmoniy, bir vazni zaminiydir.
Yer shivirlaydi, yulduz jivirlaydi, bahordan darak keladi.
Butun dunyoga ma'lumki, siz ham shuni unutmangki, orolni saqlab qolish hammamizning burchimiz.
Noto'g'ri.
19. Bu savollardan ma'lum bo'ldiki, aybnoma uydirma emas. Ushbu gap haqida bildirilgan to'g'ri hukmni aniqlang.
bog'lovchisiz qo'shma gap
ega ergash gapli qo'shma gap
to'ldiruvchi ergash gapli qo'shma gap
shart ergash gapli qo'shma gap
Noto'g'ri.
20. Qaysi asarda xizmatkorlar qariyalarni qamchi bilan savalab, otga teskari mindirib,sazoyi qilinganligi holati uchraydi?
Sariq devni minib
Oq kema
Yetti zog'ara qissasi
O'zbeklar
Noto'g'ri.
21. 'Kitob qo'lma-qo'l o'qildi, tik turib o'qildi, ovoz qo'yib o'qildi, kecha-yu kunduz o'qildi'. Seton-Tompsonning qaysi kitobiga shunday ta'rif berilgan?
Jonivorlar haqida hikoyalar
Shimoliy hayvonlar hayoti
Yovvoyi hayvonlar hayoti
Men bilgan jonivorlar
Noto'g'ri.
22. Axborot berish, ta'sir qilish, soddalik, tushunarlilik, ta'sirchanlik va adabiy til me'yorlariga qat'iy amal qilish qaysi uslubning muhim xususiyati hisoblanadi?
badiiy uslubning
rasmiy uslubning
publitsistik uslubning
ilmiy uslubning
To'g'ri!
23. Quyidagi shoirlardan qaysi birining she'riyatida yelda silkinayotgan ko‘klam ko‘kati dovdirab, yiqilib-surinib endigina oyoqqa turayotgan qo‘zichoqqa o‘xshatilgan?
Sh.Rahmon
A.Oripov
Oybek
H.Hayne
Noto'g'ri.
24. Ushbu gaplardagi fe'llarning nisbatini aniqlang.
1. Gul ochildi. 2. Yig'ilish ochildi.
1-gapda o'zlik nisbat, 2-gapda majhul nisbat
1-gapda aniq nisbat, 2-gapda majhul nisbat
1-gapda majhul nisbat, 2-gapda o'zlik nisbat
har ikkala gapda majhul nisbat
Noto'g'ri.
25. Sarpardaning chap tomonida, baland qilib to'shalgan oq kigizlar ustida, boshiga qora telpak, egniga uzun qora chakmon kiygan odam (yo rab! Bu odam Sulton Mahmud G'aznaviy edi) uzala tushib yotadi.Ushbu gap haqida bildirilgan noto'g'ri fikrlar ko'rsatilagan qatorni belgilang
1) egali gap; 2) ajratilgan bo'lak mavjud; 3) uyushiq bo'lak mavjud; 4)kirish so'z qatnashgan;5) kiritma gap qatnashgan; 6)undalma mavjud;
2,4,5
2,3,4,5
2,3,4
4,6
Noto'g'ri.
26. M.Shayxzoda 'Toshkentnoma' dostonida keltirilgan quyidagi misralarda qaysi ijodkorlarga ishora qilib o'tadi?
Biri – she'rimizning o'tli yuragi, Biri – nasr uyining baland tiragi,
Oybek va U. Nosir
Yusuf va G'. G'ulom
Oybek va H. Olimjon
Mirtemir va G'. G'ulom
To'g'ri!
27. Visoli lazzatidin zavq topmog'liq erur dushvor,Firoqi shiddatinda yo'qsa jon bermaklik osondur.(Z.M.Bobur) Ushbu baytda qanday badiiy san'at qo'llangan?
tazod
tashbeh
tashxis
tajnis
Noto'g'ri.
28. Qaysi qatorda imloviy jihatdan to'g'ri yozilgan so'zlar berilgan?
inon- ixtiyor, kishtkishtlamoq, ro'yixushlik
vazxonlik, beharxasha, vag'illamoq
uchmoh, churillamoq, qag'-qag'lamoq vertalyot
inom-ixtiyor, ro'yxushlik, kishkishlamoq
Noto'g'ri.
29. Alifbo ketma-ketligining 17- o'rinida turuvchi tovushiga hosil bo'lish o'rniga ko'ra to'g'ri ta'rif berilgan javobni aniqlang.
portlovchi
jarangsiz
ovozli
til oldi undoshi
To'g'ri!
30. Qadimgi turkiy tilda qo'llanilgan ko'ch so'zining ma'nosi qaysi javobda keltirilgan?
mard, botir, erkin
ko'p
jon, vujud
urug', zot
Noto'g'ri.
31. Totuvlik va milliy birlikka da'vat qilib yozilgan Turdi Farog'iyning 'Tor ko'ngullik beklar' she'ri qaysi janrda yozilgan?
g'azal
masnaviy
murabba'
doston
Noto'g'ri.
32. Bog'dagi chiroyli gullarning tarovati kishini behad hushnud etadi. Ushbu gapda nechta so'z birikmasi mavjud va ularning nechtasi bitishuvli birikma?
4 ta; 2tasi bitishuv
6 ta; 2 tasi bitishuv
5 ta; 2 tasi bitishuv
5 ta; 3 tasi bitishuv
Noto'g'ri.
33. Urushda ikki akasini yo'qotgan shoir iztiroblari dardli ifodasi qaysi shoir ijodida uchraydi?
R.Hamzatov 'Kenja nevaram Shahrizodga'
Sh. Rahmon 'Urush suvrati'
Shuhrat 'Mardlik afsonasi'
S.Zunnunova'Qizimga'
To'g'ri!
34. Zavqiyning 'Shohimardon xotirasi' da qaysi qush chiroyli kuylovchi deb tilga olingan?
bulbul
to'ti
sa'va
kaklik
Noto'g'ri.
35. 'Chang bosgan kiprik tagidagi qo'y ko'zlar' Ushbu o'xshatish kimning qaysi asarida uchraydi?
T. Murod 'Yulduzlar mangu yonadi'
'Alpomish' dostonida
G'.G'ulom 'Shum bola' qissasida
Ernest Seton Tompson 'Yovvoyi yo'rg'a'
To'g'ri!
36. Kanizak, aftidan, shuni aytmoqchi emas edi, shekilli, noiloj 'ha' dedi. (A. Qahhor) ushbu gapda modal so'zlarning qo'llanishi haqidagi qaysi fikr to'g'ri?
gapda ikkita sof va bitta vazifadosh modal so'z qo'llangan
gapda ikkita sof modal so'z qo'llangan
gapda uchta vazifadosh modal so'z qo'llangan
gapda bitta sof va bitta vazifadosh modal so'z qo'llangan
Noto'g'ri.
Do'stlaringiz bilan baham: |