Sinov test
1. Qaysi gapda ot kesim yo`q.
A) Ezgu nom go‘zal chehradan afzalroqdir. (T.Fuller) B) Go‘zallik o‘zini o‘zi payqamagan taqdirdagina yaxshi. (V.O.Kluchevskiy) C) Yaxshi xulq chehra ko‘rkiga qaraganda ming chandon afzalroqdir.
D) Yaxshi xulq sizni maftun etsa, husn faqat diqqatni tortadi. (A.Lamartin)
2. Nogahoniy bitta so’zdan darz ketur dil qasriga,
So’z – ulug` qudrat, eritgay toshni ham muzlarni ham. Ushbu misralar tarkibida nechta kesim mavjud? A) 2 ta B) 3 ta C) 4 ta D) 5 ta
3. Oftob-u oyni alqab necha yozsang, balki oz,
Qadri bo’lg`ay qop-qaro tun ichra yulduzlarni ham. Ushbu misralardagi kesimlar miqdori? A) 2 ta B) 3 ta C) 4 ta D) 5 ta
4. Senga bir so’z aytadurman dilginamda asragan,
Jam etibman bag`riga ming kecha-kunduzlarni ham. Ushbu gapda kesimlar haqida qaysi fikr to`g`ri? A) kesimlar sodda va qo’shma fe’l bilan ifodalangan B) kesimlar fe`lning sifatdosh shakli bilan ifodalangan. C) kesimlar fe’l va ot so`z turkumi bilan ifodalangan D) kesimlar faqat qo’shma fe`llar bilan ifodalangan
5. So’zda hikmat, so’zda ibrat, so’zda millat barqaror,
Yaxshi so’z birlan topursan eng aziz do’stlarni ham. Ushbu misradalardagi kesimlar qaysi so’z turkumlari bilan ifodalangan? A) fe`l bilan B) ot va fe`l bilan C) sifat va fe`l bilan D) sifat va ot bilan
6. Qaysi qatordagi gapda kesim sifatdosh shakli bilan ifodalangan? A) Tilimiz juda boy, chiroyli B) Mirzacho’lda ham cho’lni bo’stonga aylantirayotgan odamlar juda ko’p C) Yigit kishining uyalgani – o‘lgani, eman daraxtining egilgani – singani.
D)Mustaqilligimiz tufayli bag`rimizga shamol tegdi.
7.Qaysi qatordagi gapda kesim ibora bilan ifodalangan? A) Respublikamizdagi eng nufuzli bilim dargohi O’zbekiston Milliy Universitetidir. B) Mustaqilligimiz tufayli bag`rimizga shamol tegdi. C) Baquvvat xotiraning mohiyati –unutmaslik. D) O’sha kuni sovuq qattiq edi.
8. Qaysi qatorda kesim fe`lning harakat nomi shakli bilan ifodalangan? A) Komil insonlardagi oliyjanob xislat – o’tmishni unutmaslik. B) Eshitganlarim haqiqat edi. C) O’qish jafoli, keti vafoli D) Ozod yuraklarda baxt nuri to’lgan.
9. Qaysi qatorda nomustaqil kesimli gap berilgan. A) Razm solsangiz. B) Sen yig`lasang. C) Havo bulut bo’lsa. D) Mehmonlar kelsa, biz ularni yaxshi kutib olamiz
10. Qaysi gap tarkibidagi kesim yamasa fe’l + harakat nomi shaklidan tuzilgan? A) Vazifamiz- a`lo o’qish. B) Baquvvat xotiraning mohiyati – unutmaslik C) Kitob o’qishdan maqsad – anglash D) Aziza – tikuvchi.
11.Qaysi gap tarkibidagi kesim ko’makchi fe’lli so’z qo’shilmasi bilan ifodalangan? A) Bu vohlining teng yarmi mevazor edi. B) O’zingga ehtiyot bo’l, qo’shningni o’g`ri tutma. C) Bosh xonada bolalar uxlab qolishdi. D) Qo’shni xona doimo ozoda bo’ladi.
12. Qaysi qatorda tire noto’g’ri qo’yilgan? A) Tamagirlik – kishining boshiga bitgan balo B) Ko’ngil chopmagan ishni qilish xatar. C) Soz’ga chechanlik – kirishimlik alomati D) Bu qovun – shirin.
Do'stlaringiz bilan baham: |