21. Turk xoqonligi hukmdorining hokimiyati …
A) qishloqlarda eng nufuzli dehqonlar qo‘lida edi
B) xalq hokimiyatiga asoslangan edi
S) barcha huquqlarga ega bo‘lgan yakka hokimlikka asoslangan edi
D) urug‘-aymoq udumlariga tayangan harbiy-ma’muriy boshqaruvga asoslangan edi
22. Ma’lumki, turklarning g‘arbga tomon yurishiga boshchilik qilgan Istami “Yabg‘u xoqon” unvonini olgan. Yabg‘u xoqon nima?
A) o “n ming qo‘shin qo‘mondoni
B) xoqon urug‘idan bo‘lgan el-yurt hokimi
S) buyuk hukmdor, podshoh, imperator
D) xonlarning xoni
23. Ma’lumki, VI asrda O‘rta Osiyo hududlarida o‘ndan ortiq mayda hokimliklar bo‘lgan. Turklar bu hokimliklardan qanday soliqlar undirgan?
A) xiroj va jiz’ya B) xiroj va yasoq
S) boj va yasoq D) zakot va jiz“ya
24. Qanday omillar Turk xoqonligining markazlashgan davlatga aylanishiga imkon bermadi?
1) katta qabilalar yoki qabilalar ittifoqining markaziy hokimiyatga bo‘ysunmaslikka intilishi;
2) janubdan doimiy sosoniylar tazyiqi;
3) eftaliylar avlodlarining hokimiyatni o‘z qo‘liga olishga intilishi;
4) hududlardagi hokimliklarning mustaqil bo‘lishga intilishi;
5) eftaliylar avlodlarining hokimiyatni o‘z qo‘liga olishga intilishi;
6) Turk xoqonligining Vizantiya, Xitoy va Eron bilan munosabatlarining keskinlashishi.
A) 1, 5 B) 1, 3, 6
S) 2, 4, 5 D) 1, 4, 6
Do'stlaringiz bilan baham: |