1.Qaysi daryo bo‘yida Temuchinga “Chingiz” laqabi berilgan?
A) Onon daryosi B) Ili daryosi
S) Volga D) Murg‘ob
2.1216-yilda Xorazmshoh Sulton Muhammad kim boshchiligida o‘z elchilarini Chingizxon huzuriga yuboradi?
A) Badriddin Qozixon B) Bahouddin Roziy
S) Ibn Kafroj Bug‘ro D) Mahmud Yalavoch
3. 1218-yilning bahorida …
A) Chingizxon va Xorazmshoh o‘rtasida savdo shartnomasi tuzildi
B) Chingizxon Samarqandni sakkiz kunlik qamaldan so‘ng bosib oldi
S) mo‘g‘ul qo‘shinlari Banokat va Xo‘jand shaharlariga hujum boshladi
D) Sulton Muhammad Chingizxon elchilarini Buxoro shahrida qabul qildi
4. Ma’lumki, Chingizxonning Xorazmshoh Sulton Muhammadga yuborgan qimmatbaho mollar ortilgan katta karvoni O‘tror hokimi tomonidan talangan. Shundan so‘ng Chingizxon kimni Xorazmshoh huzuriga elchi qilib yuboradi?
A) Suketu Cherbi B) Xumortegin
S) Inolchiq D) Ibn Kafroj Bug‘ro