30. Tohiriylar davrida qaysi shaharlar poytaxt bo‘lgan?
A) Ustrushona va Marv B) Marv va Nishopur
S) Hirot va Samarqand D) Yangikent va Buxoro
31. Qaysi voqea Xuroson va Movarounnahrda bir asrdan oshiqroq hukm surgan xalifalik hukmroligining tugaganligini bildirardi?
A) Movarounnahrda somoniylarning noibligi tohiriylar tomonidan tan olinishi va somoniylarning tohiriylarga tobe sifatida Movarounnahrni idora etish
B) Abul Abbos Abdulloh noibligi davrida tohiriylarning poytaxti Marvdan Nishopur shahriga ko‘chirilishi
S) Somonxudot nabiralarining ayrim shahar va viloyatlarga noib qilib tayinlanishi
D) Ma’mun bilan Amin o‘rtasidagi taxt uchun kurashi
32. Quyidagi ko‘rsatilgan qaysi sabablar tohiriylar hokimiyatiga qarshi xalq qo‘zg‘oloni ko‘tarilishiga olib keldi?
A) mulkdor dehqonlarning jabr zulmi va davlatning og‘ir soliqlari
B) muvaffaqiyatsiz o‘tkazilgan pul islohoti
S) xutbadan xalifaning nomini chiqarib tashlanishi
33.Qachon tohiriylar hukmronligi tugatilib, hokimiyat Safforiylar qo‘liga o‘tadi?
A) 821 yilda B) 873-yilda S) 813-yilda D) 822-yilda
Do'stlaringiz bilan baham: |